Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekiston AQShning “New York Travel and Adventure Show 2025” turizm ko‘rgazmasining “Eng yaxshi yangi ishtirokchisi” deb e’tirof etildi

234

Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ilk bor AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tayotgan “New York Travel and Adventure Show 2025” turizm ko‘rgazmasida qatnashmoqda.

Ushbu nufuzli tadbirda AQShning barcha shtatlari delegatsiyalari bilan bir qatorda Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Pokiston, Maldiv orollari, Marokash, Italiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, Kanada, Gruziya, Yamayka, Xorvatiya, Nikaragua, Beliz, Kosta Rika kabi 40 dan ortiq davlatlar turizm administratsiyalari va turistik kompaniyalari vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqdalar.

O‘zbekiston delegatsiyasi MDHga a’zo davlatlardan yagona ishtirokchi sifatida mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni tashkil qilmoqda. Jumladan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va qator mahalliy turistik operatorlar ishtirokida yaratilgan milliy pavilonda O‘zbekiston turizm salohiyati bo‘yicha keng ko‘lamli taqdimotlar hamda xorijiy davlatlar turizm sohasi vakillari bilan ikkitomonlama muzokaralar o‘tkazilmoqda va tegishli kelishuvlarga erishilmoqda.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz “Ko‘rgazmaning eng yaxshi yangi ishtirokchisi” deb e’tirof etildi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida milliy kuylar va raqslar orqali o‘zbek xalqining boy va turfaxil madaniyati va an’analarini aks ettiruvchi madaniy dastur hamda turli tarqatma materiallari ishtirokchilarga taqdim etildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring