Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Turizm qo‘mitasi BMT Turizm tashkilotining maxsus mukofotini qo‘lga kiritdi

84

Yaponiyada o‘tkazilayotgan “Tourism EXPO Japan-2025” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida BMT Turizm tashkilotining Turizm bo‘yicha maxsus mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu mukofot “Global turizm etikasi Xartiyasi”da aniq belgilangan korporativ va mintaqaviy ijtimoiy mas’uliyat kabi mezonlarga asoslangan noyob, innovatsion va dolzarb bo‘lgan loyihalarga beriladi.

Turizm qo‘mitasiga “Turizm qishloqlari loyihasi – turizmni barqaror rivojlantirish” loyihasi uchun “BMT Turizmning maxsus mukofoti” topshirildi.

Loyiha mahalliy tabiat, turmush tarzi, madaniyati va anʼanalarini hurmat qilish va ulardan foydalanish, shu bilan birga davlat va xususiy sektor bilan destinatsiya jozibadorligini oshirish, ish oʻrinlarini yaratish, barqaror turizm va uzoq muddatli mintaqaviy rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsadida amalga oshirilgan saʼy-harakatlar uchun taqdim etildi.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda  O‘zbekistonning "Sentob" turizm qishlog‘i UN Turizm tashkiloti tomonidan eng yaxshi turizm qishlog‘i sifatida eʼtirof etilgan edi. Bugungi tadbirda ham ushbu loyiha eng yaxshi sayyohlik qishlog‘i sifatida tanlab olindi va bu boshqa xorij davlatlaridagi turistik qishloqlar uchun namuna sifatida qayd etildi.

Yana ko'ring