Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

O‘zbekiston pavilyoni EXPO-2025 ko‘rgazmasida mavzuni eng yaxshi yoritganligi uchun oltin medallga sazovor bo‘ldi

102

Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tayotgan EXPO-2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni Xalqaro ko‘rgazmalar byurosining (BIE) "Mavzuni eng yaxshi yoritganligi" nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yaratilgan "Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati uchun laboratoriya" nomli ekspozitsiya xalqaro hakamlar hay’atining yuqori bahosiga sazovor bo‘ldi. Ushbu baholanishda ekspozitsiyaning noyob g‘oyasi, fikrning chuqurligi va forumning asosiy mavzusiga zamonaviy yondashuvga alohida e’tibor qaratildi.

Ekspertlarning fikricha, milliy pavilon boy madaniy meros, innovatsion yondashuvlar va barqaror rivojlanish tamoyillarini muvaffaqiyatli birlashtirgan holda ko‘rgazmaning eng ta’sirchan maydonlaridan biriga aylandi.

Ushbu yuksak mukofot O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘z madaniyati va innovatsion salohiyatini ilgari surishga ijodiy va strategik yondashuvi, shuningdek, jahon kreativ iqtisodiyotidagi mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.

Manba: anons.uz

Yana ko'ring