Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Turkiya tashqi ishlar vaziri Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

14.07.2021 705

15-16-iyul kunlari Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Muammolar va imkoniyatlar” bo‘lib o‘tadi. Keng ko‘lamli tadbirda Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, jumladan, Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniy Jayshankar va Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va boshqalar ishtirok etadi.

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bugun “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi. Mevlut Chavusho‘g‘lining O‘zbekistonga tashrifi Farg‘ona viloyatidan boshlanadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri 14-iyul kuni Farg‘onaga Istanbuldan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz bilan uchib keladi. Kun davomida vazir Marg‘ilondagi hunarmandlar markaziga, Qo‘shtepa tumanidagi qovun plantatsiyasiga, Xudoyorxon saroyiga va Qo‘qondagi jome masjidiga tashrif buyuradi.

Mevlut Chavushog‘lu shu kuni Farg‘ona shahriga tashrif buyurib, keying manzilga ya’ni xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga jo‘nab ketadi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing