Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

Ubaydulla Vohidov

186

Ubaydulla Vohidov 1979-yil 29-fevralda Toshkent shahrida, san’at va hunarmandchilik an’analari meros bo‘lib qolgan oilada tug‘ilgan. Yoshligidan oiladagi erkaklar uni o‘ymakorlik san’atiga qiziqtirib, bu hunarning sirasrorlarini o‘rgatganlar. Ularning rahbarligi va ustozligida Vohidov bu qadimiy san’atning nozik qirralarini puxta egallab, o‘ymakorlik san’ati olamiga kirib ketadi. Uning mukammallikka bo‘lgan intilishi va hunarmandchilikka bo‘lgan muhabbati hunarmand sifatida shakllanishining asosiy omillari bo‘ldi.

Ayni paytda Ubaydulla Vohidov o‘z hunari bilan sidqidildan shug‘ullanib, shahardagi ko‘plab xaridorlarni xushnud etayotgan noyob mahsulotlarni yaratmoqda. Uning asarlari orasida nafis o‘yilgan oyna ramkalaridan tortib, o‘ymakor stollargacha bo‘lgan turli xil durdonalarni ko‘rishingiz mumkin. O‘ymakor usta turli buyumlar yaratish uchun yog‘och tanlashda juda qattiq talablar qo‘yadi.

Uning ta’kidlashicha, mahsulotning shakli, naqshlari va sifati yog‘och turiga bog‘liq. Biroq, o‘ymakorlik jarayoni nafaqat iste’dod va mahoratni, balki ulkan sabr va toqatni ham talab qiladi. Har bir mahsulot mukammal darajada tayyor bo‘lishi uchun ko‘p soatlik mehnat va buyumning mayda-chuyda qismlariga e’tibor talab qilinadi. Ubaydulla Vohidov o‘z hunarini muntazam takomillashtirib, yangi uslublarni o‘rganib, ularni sinagan holda, o‘zining go‘zalligi bilan ilhom-lantiruvchi va hayratga soluvchi san’at asarlarini yaratadi.ры и качество изделия. Однако процесс резьбы требует не только таланта и умения, но и высокой степени терпения и выдержки. Каждое изделие требует многочасового труда и внимания к деталям, чтобы достичь идеального результата. Убайдулла Вахидов постоянно совершенствует свое мастерство, исследуя новые техники и экспериментируя со стилями, чтобы создавать произведения искусства, которые вдохновляют и поражают своей красотой.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring