O'zbekistonda COVID-19 X

“Uch buloq” va sirli “Teraklar mozori”

1064

“Uch buloq” – Andijon viloyati, Andijon – Namangan magistralining janubiy tomonida joylashgan ziyoratgoh. So‘lim go‘sha, to‘rt burchakli bog‘ va gulzordan iborat. Bog‘ning markaziy qismida, ziyorat vaqtida namoz o‘qish uchun ayvon barpo qilingan. Ayvon, milliy uslubdagi yog‘och o‘ymakorligi naqshlari bilan bezatilgan.

Bu joydagi uchta buloqning paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar saqlanmagan. Biroq, mahalliy xalq orasida, bu joylarga sayid Burxoniddin Qilich tashrif buyurgan degan afsonalar yuradi. Uning tashrifidan so‘ng, bu yerda ko‘olab teraklar o‘sib chiqqan. Mahalliy aholi daraxtlarni kesishmagan. Teraklar o‘sgan sayin ularning eski shoxlari yerga tushib shu yerning o‘zida chirigan. Shuning uchun ham u yerni “Teraklar mozori” deb atay boshlashgan ekan.

U yerda paydo bo‘lgan uchta buloq bir-biridan 1-1,5 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib ular termal xusuiyatga ega. Ko‘pchilik ziyoratchilar bu yerga aynan buloq suvidan ichish uchun keladilar. Buloqlarning suvi og‘riqdan xalos etib ko‘pgina illatlardan davolaydi deb hisoblashadi.

Onlayn-tur

 

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring