Urgut tumanining tasavvur qilib bo‘lmaydigan go‘zalligi

988

Samarqand viloyatida joylashgan noyob hudud – Urgutda bahor qanday gullaganini bir qarang! Qushlar har yondan sayrab turibdi, havo ziloldek toza va bahor gullarining xushbo‘y hidlariga to‘lgan. Aprel mahalliy tabiatni yorqin va boy ranglarga bo‘yadi. Zarafshonning ulug‘vor tog‘lari go‘zal manzarani qo‘riqlayotganga o‘xshaydi.


Ushbu hududning diqqatga sazovor joylaridan biri qadimgi Chor Minor bog‘i. Bog‘ hududida ellikka yaqin ming yillik chinor daraxtlari o‘sadi, haybatli daraxtlarning yo‘g‘onligi 16 metrga yetadi. Har bir daraxt moziydan yetib kelgan elchiga o‘xshaydi. O‘zining ajoyib poyalari va qayrilib chiqib qolgan ildizlari bilan bog‘ning o‘ziga xos qiyofasini yaratadi.

Shunday daraxtlar birining tagida tabiiy g‘or paydo bo‘lgan. Daraxtning tanasi shu g‘orning shipi bo‘lib xizmat qiladi, devorlarning bir qismi esa g‘isht bilan mustahkamlangan. Kirish va chiqish joyiga o‘yma naqshlar bilan bezatilgan qulflanadigan eshik o‘rnatilgan, ichkariga faqat qorovulning ruxsati bilan kirish mumkin. G‘orning ichki qismi keng va shinam, o‘nga yaqin odam bemalol sig‘ishadi.

Chinor daraxtlari joylashgan bog‘ ulkan chakalakzor bo‘lib, uning eng quyi qismida ziloldek toza suvning ichida oltin baliqlar suzib yurgan buloq joylashgan. Ushbu muqaddas buloqning suvi qadimgi chinorlarni oziqlantiradi, deb ishoniladi.

Mintaqaning betakror tabiati gilam to‘qish bilan shug‘ullanadigan odamlarning ishlarida aks etadi. Gilamdagi har bir naqsh o‘ziga xos sirli maʼnoga ega. Hunarmand ustalar atrofdagi tabiat mavzularidan ilhom olishadi. Bunday mavzular jumlasiga anor naqshlari, “medalyonlar” va «mumkataklar», geometrik naqshlar, daraxtlar va guldastalar, hasharotlar, hayvonlar va qushlarning tasvirlarini kiritish mumkin. Bo‘yoq materiallari uchun faqat gullardan va o‘simlik ildizlaridan olingan tabiiy bo‘yoqlar ishlatiladi.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring