Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Ustyurt platosi geogliflari

340

Bi zamonlar bu yerda qadimgi Tetis okeani bo‘lgan, hozir esa balandligi 350 metrgacha bo‘lgan alohida tizma va qoyalardan iborat qurigan dengiz tubi yastanib yotibdi. Ustyurt bir necha sabablarga ko‘ra hamon yaxshi o‘rganilmagan: asosiy yo‘llardan borish qiyinligi va uzoqligi, noqulay iqlim sharoiti (qishi sovuq va yozi issiq), chuchuk suvning yo‘qligi.Misol uchun, o‘tgan asrning 80-yillarida yassitog‘ning topografik xaritasini vertolyotda suratga olish paytida o‘q shaklidagi sirli geogliflar kashf etilgan.


Platoda bunday geogliflarning paydo bo‘lishi haqida ikkita ikki taxmin mavjud:

1. O‘qlar tashqi ko‘rinishidan valli, uchi o‘qsimon xandaqqa o‘xshaydi. Ehtimol, qadimgi suv inshootlari ichimlik suvini to‘plash uchun xizmat qilgan, chunki o‘qning oxiridagi suv omborini eslatuvchi chuqurcha hozirgacha saqlanib qolgan.

2. Arxeolog olim Lev Leonidovich Galkinning fikricha, o‘qlar mollarni o‘tlatish uchun mo‘ljallangan.

O‘qlar hududida arxeologik yodgorliklarning butun bir majmuasi, dafn marosimlari va mozor qo‘rg‘onlarning izlari topilgan, ularning ba’zilari X asrga oiddir. Ustyurtning asosiy landshafti chuchuk suv va o‘simliklardan xoli sahro hududi.

Yana ko'ring