Foto va Video

Ustyurt platosi - massagetlarning sirli maqbarasi

2562

Ishonasizmi, yo‘qmi, lekin bu kosmik suratlar shu yerda, O‘zbekistonda, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi bepoyon mintaqada, to‘g‘rirog‘i, Qoraqalpog‘iston shimolida joylashgan Ustyurt platosida olingan. Qariyb 20 mln. yillar oldin tabiiy hodisalar va ofatlar bu g‘ayritabiiy go‘zallik yaralishiga sabab bo‘lgan. Bir necha o‘n yillar davomida bu yerda 60 dan ortiq ibtidoiy manzilgohlar va 1000 ga yaqin me’moriy yodgorliklar topilgan.

Tadqiqotchilar va sayyohlar uchun asosiy jumboq “Ustyurt o‘qlari” deb atalib, ular faqat qush parvozi balandligida bo‘ladi. Tabiatning bu sirli hodisalari qanday paydo bo‘lganligi haqida bugungi kunda aniq ma’lumot mavjud emas.

Lekin tarixiy manbalarga ko‘ra, bu yerda ming yillar muqaddam massagetlar qabilalari yashagan va buni qadimgi karvonsaroylar va skif qabrlari qoldiqlari ham tasdiqlaydi. “Massaget” soʻzi “Mas”, “Saka” va “Ta” toponimlaridan kelib chiqqan boʻlib, “Buyuk skif qoʻshini” degan maʼnoni bildiradi. Qadimgi dunyo olimi Gerodot yozganidek, Ossuriyaning buyuk shohi Kir bu yerni egallashga uringani uchun juda koʻp mablag‘ sarflab, massagetlar malikasi To‘marisning qoʻlidan halok boʻladi. 2000 yildan ortiq vaqt mobaynida qadimgi massagetlarning tosh qabrlari cho‘lning o‘rtasida, na tabiat, na odam tegmagan holda harakatsiz turadi. Kim biladi deysiz, balki bu o‘qlar bevosita Massagetlar qabrlari bilan bog‘liqdir. Ehtimol, yaqin kelajakda olimlar Ustyurt platosining buyuk sirini ochishga muvaffaq bo‘ladilar.

Fotosurat manbaasi: Meros fondi

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring