Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

“Xalqlar do‘stligi kuni”da O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Open air Fest” forumi bo‘lib o‘tadi

26.07.2022 1035

Joriy yil 30-iyulda, “Xalqlar do‘stligi kuni”da Toshkent shahridagi O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Open air Fest” forumi bo‘lib o‘tadi.


“Open Air Fest” ko‘ngilochar konsert dasturi ko‘p millatli mamlakatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni, jamiyatimizdagi turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etiladi. Shuningdek, dastur ezgulik muhitini saqlash, tarannum etish va milliy madaniyat, urf-odat hamda an’analarning o‘ziga xosligini rivojlantirish maqsadini ham ko‘zlaydi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing