Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Bu qishloq oldinlari Chorboq deyilgan. Xatakning boshlanish qismi Dahana, keyingisi O‘rta Chorboq, adog‘i esa, Julga deb atalgan. Xatak qishlog‘i Surxon davlat qo‘riqhonasi bilan tutash yerda joylashgan. 1986 yilda tashkil etilgan «Surxon» davlat qo‘riqxonasi Ko‘hitang tizmasidagi tog‘-o‘rmon ekotizimi, noyob hayvon va o‘simlik turlari muhofaza qilinadigan bebaho makondir. Umumiy maydoni 23802 gektar, shundan tog‘ o‘rmonlari egallagan hudud 9284 gektarni tashkil etadi.
«Surxon» davlat qo‘riqxonasi o‘simlik turlariga juda boy. Ushbu hududda 800 turdan ortiq o‘simlik turi uchraydi. 40 dan ortiq o‘simlik turi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan. Tubergen lolasi, Surxon lolasi, ilonbarg piyoz, qizil yer astragali, Boysun astragali, shirachning bir necha turlari va boshqa o‘simliklar shular jumlasidandir. Qo‘riqxonaning pastki qismi adir mintaqasiga mansub. Bu yerlarda eng ko‘p tarqalgan o‘simlik turi – rang (iloq), qo‘ng‘irbosh, mayinshuvoq, qo‘ziquloq, lolaqizg‘aldoq, andiz, shirach, itburun, na’matak, dalachoy, tog‘ piyozi va boshqalar hisoblanadi. Mazkur mintaqadagi o‘simliklar efemerlar bo‘lib, yozda qurib qoladi.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida el bahosi, qo‘zigul, uloqo‘ti, zavata, andiz, yelkesar, qontepar, chuchmomo, ipor, takasoqol, mashop kavrak, uljon kavrak, jo‘gio‘ti, shungul, tog‘ piyozi, anzur, sarimsoq piyoz, shahriyoz guli, qoqi, oq parra, chayir, alqor va boshqa turfa giyohlar, o‘rik, olma, yong‘oq, do‘lana, bodom, uzum, na’matak (hulul), nok, jiyda, xurmo, gilos, olcha, shaftoli, tug‘dona, gurdoli, noshvoti singari daraxtlar o‘sadi.
Qo‘riqxonada sut emizuvchi hayvonlarning 20 dan ortiq, qushlarning 70 dan ortiq, sudralib yuruvchilarning 15 dan ortiq, suvda va quruqlikda yashovchi jonivorlarning ikkita, baliqlarning ko‘pgina turlari uchraydi. Hayvonlarning 17 turi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga, yana to‘rtta turi xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan. Morxo‘r yoki burama shoxli echki, Buxoro tog‘ qo‘yi, bo‘z echkemar, Turkiston kapchabosh iloni, burgut, boltayutar, Turkiston silovsini va boshqalar ana shunday jonivorlar sirasiga kiradi.
Qo‘riqxonada kaklik, yovvoyi cho‘chqa, jayron, bo‘rsiq, qora va oq laylak, tasqara, tog‘ suvsari, ko‘lvor ilon, jayra, yovvoyi cho‘chqa, yumronqoziq, tulki, shoqol, bo‘ri; qushlardan bulbul, musicha, boyo‘g‘li, qorapodabon, potma chumchuq (sinchalak), mullato‘rg‘ay, sassiqpopishak, qirg‘iy, burgut, kalxat, chug‘urchuq, kaklik, chil, to‘tiqush, xunbaydavlat, kakku, qaldirg‘och, qizilishton va boshqalar uchraydi.
Xatak qishlog‘i noyob san’at turi – badashni saqlab qolgan hudud sanaladi. Aytish kerakki, aholining kundalik hayoti, mehnat faoliyati, to‘ylari, marosimlari va bayramlarida aytiladigan qo‘shiqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri qadimgi musiqiy yo‘nalish — badash tarkibida bo‘lgan. Badash atamasi qadimgi turkcha badar so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yengil shovqin»; «urmoq»; «musht bilan urmoq» kabi ma’nolarni anglatadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.