Foto va Video

Yurtimiz bo‘ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari o‘tkaziladi

14.06.2022 1883

Yurtimiz bo‘ylab “Yoshlar kuni” oldidan “Yangi nafas” yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan 2022-yil 26-iyun sanasida mamlakatimizning Farg'ona, Namangan, Samarqand, Guliston, Chirchiq, Jizzax, Farg‘ona, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

“1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz” shiori ostida 3 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada har bir shaharda 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Yugurish musobaqasi nafaqat aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini keng yoyish, odamlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, jipslashtirishga, balki yildan yilga ommaviylashib borayotgan salomatlik tadbirlarining darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi mas’ul xodimi Kamoliddin Ro‘zamuhammedov. – Avvallari yurtimizda marafon yoki yugurish musobaqalari bitta hududda tashkil etilgan bo‘lsa, bu safargi ommaviy sport tadbiri bir paytning o‘zida 8 ta shaharda o‘tkaziladi. Barchasida yugurishga bir vaqtda start berilishi musobaqaning nufuzini, uning qamrovini belgilaydi. Mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan mutaxassislarning yangicha formatda ishlash ko‘nikmasini oshiradi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing