Foto va Video

Zangi ota maqbarasi

3775

Agar Toshkentga borib qolsangiz, albatta Toshkent viloyatining diqqatga sazovor joylarining eng yaqini, poytaxt markazidan atigi 20 km. uzoqlikda joylashgan tarixiy meʼmoriy yodgorlik – Zangi ota majmuasini ziyorat qiling.

Bu joyda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Hayot tashvish va muammolaridan osongina chetlashish va ruhiy farog‘at dengiziga sho‘ng‘ish mumkin.

Historical architectural monument - Zangi-ota complex

Yodgorlikni qurish Amir Temur davrida boshlangan. Afsonaga ko‘ra, maqbara dastlab islom dini peshvosi Ahmad Yassaviy sharafiga qurilgan, ammo qurilish hech yurishmagan, binoning devori har safar o‘pirilib tushavergan. Aholining aytishiga ko‘ra, Amir Temurning tushiga Yassaviyning o‘zi kirib, maqbara uning sodiq izdoshi Oy Hoji sharafiga qurilishi kerakligini aytgan. Ko‘p o‘tmay maqbara qurib bitkazilgan, XIV asrda esa madrasa va masjid qurilgan.


Shuningdek, bu yerda din peshvosining rafiqasi Ambarbibining maqbarasi ham joylashgan. Tevarak atrofdagi hududning ko‘pgina ayollari Ambarbibini o‘zlarining homiylari deb hisoblashadi. Afsonada aytilishicha, turmush qurmoqchi bo‘lgan qizlar maqbarani yetti marta supurishlari lozim. Bu uchun hatto maxsus supurgi ham bor. Homilador bo‘lishni orzu qilgan ayollar bu yerda yana bir anʼanaviy marosimni – maqbarani soat yo‘nalishi bo‘yicha uch marta aylanib o‘tishlari kerak.

 architectural monument - Zangi-ota complex

Shunday qilib, agar siz mahalliy diqqatga sazovor joyni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, Zangiota tumaniga xush kelibsiz.

Xarita

Onlayn sayohat

 

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring