Zul-Kifl maqbarasi

475

Qurʼoni Karimda zikr etilgan 25 payg‘ambardan biri Surxondaryoda dafn etilganligini bilasizmi?

 Surkhandarya

Zul-Kifl maqbarasi Termiz yaqinidagi meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, miloddan avvalgi XI-XII asrlarga oid bo‘lib, butun dunyodagi ko‘plab musulmonlar uchun qiziqarli va o‘ziga xos ziyoratgoh joyi hisoblanadi. Afsonaga ko‘ra, Qurʼoni karimda eslatib o‘tilgan 25 payg‘ambardan biri bu yerda dafn etilgan.Mausoleum of Zul-Kifl

Milodiy VII-VI asrlarda yashagan Zul-Kifl payg‘ambar bu hududda mashhur tarixiy shaxs hisoblangan. Balxlik olim, XVII asr faylasufi Mahmud ibn Valiyning mashhur “Baxrul axror” asarida payg‘ambarning dafn qilingan joyi haqida birinchi marta xabar berilgan. Unda buyuk payg‘ambarning taniqli mutafakkir Hakim at-Termiziy bilan uchrashuvi haqida hikoya qilinadi.

Qadimgi afsonada aytilishicha, Amudaryoning narigi sohilida yashagan avliyo o‘z muridlariga quyidagicha vasiyat qilgan: “Men o‘lganimda, tanamni va tobutni Amudaryoga tushiring. Mening tobutim qayerda to‘xtasa, meni o‘cha yerga dafn etinglar”. Shogirdlar uning irodasini bajo keltirdilar va tobutni daryoga tushirdilar. Amudaryo qanchalik tezoqar bo‘lmasin Ollohning irodasi bilan tobut oqimga qarshi suza boshladi. Bundan ajablangan muridlar daryo bo‘ylab tobutga ergashib boraverdilar. Amudaryoning ikki qismga ajraladigan joyida paydo bo‘lgan orolga yaqinlashgandan so‘ng tobut to‘xtaydi. Muridlar ustozining iltimosini amalga oshirishdi. Tobut bu orolga dafn etilgandan so‘ng, odamlar uni payg‘ambar oroli deb atay boshlashdi.

Mausoleum of Zul-Kifl

Amudaryo sohilida joylashgan Orol-Payg‘ambar qo‘riqxonasining janubiy qismida kichik ansambl shaklida maqbara qurilgan bo‘lib, gumbazli katta masjid, janubiy qirg‘oqqa tutashgan kichik ibodatxonadan va g‘arbiy tomonda ikkita xonadan iborat.

Masjid gumbaz va peshtoq bilan milliy uslubda bezatilgan. Mehrob girix tarzida o‘yma ganch naqshlari bilan bezatilgan.

Qo‘riqxonaning ajoyib tabiati, orolning sirli tarixi, nomidanoq dunyoning ko‘plab sayohatchilarini o‘ziga jalb qiladi. Amudaryoning shovqini bilan yuvilgan tarix nafasini his eting, O‘zbekistonning janubiy chegarasidagi ushbu noyob joyga tashrif buyuring va dunyoda hamma narsa ham unutilib ketilmasligini tushunasiz.

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring