Go‘zallik – har bir kishi uchun o‘ziga xos. Bu bilan bahslashib bo‘lmaydi. Masalan, Siz, ko‘p sayohat qilgansiz, quyosh chiqishi va botishini dunyoning turli burchaklarida kutib olgansiz, yangi taomlarni tatib ko‘rgansiz, turli millatga mansub odamlarning hayotini o‘rgangansiz. Siz har bir xalqning o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos haqiqati – Qalbi borligini payqaganmisiz. Biz anchadan beri Sizga xalqimizning qalbi to‘g‘risida tushuntirib berish yo‘llarini izlab yurgan edik. O‘z sayohatingizni ko‘z oldingizdan o‘tkazishingiz (balkim yana bir marotaba) va bu unutilmas tuyg‘ularga burkanishingiz maqsadida.
Xalqimizning qalbi shukronalikda. Biz “Rahmat” aytishni yaxshi ko‘ramiz. Har kuni uyg‘onganimizda “Rahmat” aytish uchun sabab, ahamiyatsiz sabab bo‘lsa ham qidiramiz. Biz bu shukronalik kalimasini shuday yaxshi ko‘ramizki, uyg‘onganimizda, ovqat pishirganda, taksi buyurtma berganimizda, biror narsa sotib olganimizda, uxlayotganimizda rahmat aytamiz. O‘zbekistondagi har qanday nizo sehrli “Maylin, Rahmat” jumlasi bilan hal qilinadi.
Minnatdorchilik so‘zning o‘zi emas, balki harakatdir. Nega biz eng do‘stona xalqmiz? Xalqimiz boshqalarga yaxshilik qilar ekan, uning hayoti ham yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Qushchaga ovqat berish, kimgadir yo‘l ko‘rsatish, notanish bolaga shirinlik berish – bu ahamiyatsiz narsalar emas – bu hayotimiz mazmunlaridan biri – o‘zimizga va atrofimizga baraka berishdir.
Go‘zallik – har bir kishi uchun o‘ziga xos. Bu bilan bahslashib bo‘lmaydi. Ammo bir narsaga aminmiz, xalqimizning go‘zalligi uning qalbida. Hayotda samimiy bo‘lgan, yashashga va bu yo‘ldagilarga muhabbatga to‘la bo‘lgan, hatto qay tarzda yordam berishni bilmasa ham notanish odamga yordam berishga tayyor qalbda.