O‘zbek qizlarining modasi qanday o‘zgargan

4101

Sharqona qizning go‘zalligi – bu nafis yuz xususiyatlari, muloyim tabassum, ichki kamtarlikni o‘zida yashirgan hayoli ko‘zlar, olijanoblik va sharqona tarbiyadir. Qadim zamonlardan beri insoniyatning kuchli tomoni sharqona ayolning go‘zalligini kuylab keladi va go‘zallar esa o‘z navbatida, o‘zlarining go‘zalligi va jozibali ko‘rinishi bilan erkaklarni hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Turli vaqtlarda, tarixiy o‘zgarishlar va moda tendensiyalariga rioya qilgan holda, o‘zbek qizining qiyofasi o‘zgarib borardi. Ayniqsa XX asrda uslub o‘zgarishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi. O‘zbek ayollarining kiyimlari tez fursatda o‘zgarib bormoqda. Ammo o‘zbek modasining asosiy xususiyati o‘zgarmas bo‘lib qolaveradi – asrlar davomida faqat sharqona go‘zallikka xos bo‘lgan jozibali tasvirlarni yaratib bergan ajoyib o‘zbek matolari, milliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan sodiqlik.

Baxmal, xon-atlas va adrasdan tikilgan hashamatli liboslar, ikat uslubida to‘qilgan kiyimlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan ajoyib zargarlik buyumlari, tillaqoshlar, bosh kiyimlari: do‘ppilar va choponlar har doim o‘zbek ayollarining sevimli libosi bo‘lib kelgan. Milliy liboslar to‘plamiga ko‘ylak va lozimlar kiradi, bunday liboslar har doim matoda yorqin va rangli naqshlar bilan bajarilgan.

O‘zbekistonlik dizayner va rassom, The Beauty Bar Tashkent @beautybartashkent, go‘zallik saloni asoschisi Nodira Arapova vizajistlar, rassomlar va stilistlar jamoasi bilan badiiy loyihani tayyorladi. 4 daqiqadan ko‘proq vaqtga cho‘zilgan qisqa klip 1900 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda o‘zbek kiyimlarining moda yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zgarib kelganini namoyish etdi.


XX asrning boshlarida o‘zbek ayoli begona ko‘zlardan paranji ostida yashiringan edi. Paranjini tashlagandan so‘ng u asta-sekin tashqi dunyoni yana-da ochiqroq qabul qila boshladi. 30 yillarda o‘zbek ayoli g‘urur bilan milliy matolardan tikilgan yorqin ko‘ylaklarni kiyib, sochlarini turmaklab, boshini do‘ppi bilan bezatgan. 40 yillarda, butun dunyoda qiyin bo‘lgani kabi o‘zbek ayoli uchun ham oson bo‘lmagan, liboslari iloji boricha kamtarona bo‘lganligi bunga misol bo‘la oladi. Ammo 50 yillarga kelib, yana o‘zbek ayoli o‘sha davrning moda liboslarini kiyib, o‘ziga zeb bera boshladi. O‘zbek ayoli obrazi ko‘proq Yevropacha bo‘la boshladi. Aynan o‘sha paytda o‘zbekistonlik ayol birinchi marta laklangan etiklar va qimmatbaho mo‘ynadan tikilgan palto kiydi.

60 yillarda ayol bo‘yinining go‘zalligini marvarid shodalari bilan bezagan qirq kokilini mohirona turmaklagan bo‘lsada, lekin baribir o‘zining sevimli atlas va ipak matolarini kiyishda davom etib, milliy naqshlardan voz kechmadi.

70 yillarda ayol soch uzunligi bilan ko‘proq tajriba o‘tkazishni boshladi. Endi u uzun sochlardan voz kechib, zamonaviy tarzda sochlarini qirqishdan qo‘rqmadi. Bo‘yanish yana-da yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘lib, kiyimlar qulaylik va soddalikka urg‘u berib, iloji boricha qulay va kamtar bo‘la boshladi.80-90 yillarda o‘zbek ayolining uslubida jinsi kiyimlar kirib kela boshladi, qulay krossovkalar va kalta, paxmoq sochlar ustunlik qildi.

2000 yillarda ayol qiyofasi yana-da jozibali ko‘rinishga ega bo‘ldi – moda olamining porloq varaqlaridan tushgandek yorqin qichqiriqli tasvirlar paydo bo‘ldi. Ammo yangi asrning ikkinchi o‘n yilligida maftunkor tasvirlar noziklari bilan almashtirildi. Yumshoq bo‘yanish, xotirjam ohanglar va milliy bosmali yoqimli liboslar ayolning qadr-qimmati, qalbining pokligi va ajoyib jozibadorligini taʼkidlab keldi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring