Foto va Video

Mo‘ynoqda STIXIYA festivali bo‘lib o‘tmoqda

1073

2022-yilning 6-8-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida “STIXIYA” elektron musiqa, san’at va ilm-fan festivali O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Fakultet akustikasi” MCHJ bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu festival ilk bor 2018-2019 va 2021-yili keng miqyosda tashkil etilib kelinngan bo‘lib, joriy yilda festival 4-marotaba o‘tkazilmoqda va Markaziy Osiyo miqyosdagi noyob madaniy va ko‘ngilochar tadbirga aylanib ulgurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zgacha tashkillashtirilgan festivalda sahnalar soni 3 tani (texno, progressiv va etno) tashkil etadi. Festivalda ishtirok etish istagida bo‘lgan musiqachilar (DJ) soni oldingi yillarga nisbatan 5 barobarga oshgan. Festival doirasida Mo‘ynoqning rivojlanishiga qaratilgan qo‘shimcha loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ko‘ngilochar tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar soni oldingi tashkil etilgan festivalga kelgan mehmonlar sonidan 2 barobarga ko‘payganini sezish mumkin. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonning mahalliy san’atkorlari festivaldagi yorqin chiqishlari mehmonlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad yurtimizga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini oshirish, ichki turizmni yanada faollashtirish, hududga bo‘lgan e’tiborni jamlash va mavjud muammolarning yechimini topish, O‘rta Osiyo mintaqasida noyob bo‘lgan ommaviy tadbirni yaratish va boshqa shu kabi turizm rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazuvchi yo'nalishlarni qamrab olgan.

So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar kabi, turizm sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Respublikada ichki Turizmni ommalashtirish, xorijiy turistlar oqimini jalb qilish maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator qarorlar, loyihalar amalga oshirilmoqda, yangi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Turistik mavsum mobaynida dunyoning qator davlatlaridan ko‘p sonli xorijiy turistlar oqimini jalb qilishi uchun bugungi kunda yurtimiz yetarli turistik salohiyatga egadir.

«Mo‘ynoqdagi "Stixiya" festivali O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi mashhur shaharlarida o‘tkazilmaydi. Bu yildan yilga mintaqaga katta foyda keltirishi mumkin. Ikkinchi ijobiy jihati shundaki, festival mahalliy aholini o‘z hududi naqadar go‘zal va sayyohlik maskani ekanligi haqida gapirishga undaydi, shu sababli ham bu festival muxlislari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Menimcha, bu mahalliy aholi uchun sayyohlarga moslashish va ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun ajoyib imkoniyat, bu ularning moliyaviy ahvolini ham anchagina yaxshilash imkoniyati demakdir», — deydi Sofi Ibbotson.


Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlari alohida turistik manzilgohlar bo‘lib hisoblanadi va ular qatoriga Nukus shahri, Chimboy tumani, Qoraqalpg‘istonning janubiy hududi (Ellikqal’a, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlari) va albatta Mo‘ynoq tumani ham kiradi. Ushbu tumanlarni hududning turistik salohiyati va o‘ziga xos muhitdan kelib chiqgan holda alohida turistik yo‘nalishlarga ega.

So‘nggi yillarda ko‘p sonli turistlar oqimini jalb qilish maqsadida Mo‘ynoqda “NavrUz” etnofestivali, “STIXIYA” xalqaro elektron musiqiy, san’at va ilm-fan festivali, Ustyurt tekisligi bo‘ylab “RALLY-MUYNAK” ekstremal avtopoygasi kabi madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar ko‘p sonli mehmonlarni jalb qilish bilan birga Orol ekologik fojiasiga dunyo e’tiborini tortishda katta ahamiyatga ega.


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring