Foto va Video

Andijon viloyati bo‘ylab sayohat uchun top -8 joy

35512

Andijon viloyati – buyuk Boburning vatani, O‘zbekistonning maydoni bo‘yicha eng kichik, lekin aholi zichligi bo‘yicha eng katta viloyatidir. Mintaqaning tarixi miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lgan qadimgi Dovon davlatidan boshlanishini ko‘pchilik bilmasa kerak. O‘sha vaqtlardan bu yerda sunʼiy sug‘orish, chorvachilik bilan qishloq xo‘jaligi rivojlantirdi, bundan tashqari, ushbu mintaqa “samoviy otlar” yashash joyi bo‘lgan.

Andijon viloyatida 400 dan ortiq sayyohlik obyekti mavjud – bu muzey va istirohat bog‘lari, arxeologik va tarixiy obidalar, musulmonlar uchun ziyoratgohlar, shuningdek, ajoyib iqlim imkoniyatiga ega go‘zal dam olish maskanlari.

Siz Andijon viloyatini yangicha nazar bilan ko‘rishingiz uchun quyidagi joylarga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz: qadimiy istehkomlar tarixi, qadimiy meʼmorchilik obidalari, milliy uslubda mehmonxonalarda dam olish va yashash, mahalliy madaniyat va urf-odatlar bilan tanishish, dorboz o‘yinchilarining chiqishlarini tomosha qilish va mahalliy hunarmandlarning ajoyib mahsulotlarini sotib olishni taklif etamiz.

Mingtepa manzilgohi

Qadimiy shahar xarobalari Andijon viloyatining Andijon shahridan 38 km. uzoqlikdagi Marhamat tumanida joylashgan. Bular qadimgi Ershi shahrining xarobalari bo‘lib, miloddan avvalgi V-IV-asrlardan eramizning IV asrgacha mavjud bo‘lgan Dovon davlatining poytaxti bo‘lib xizmat qilgan. Ershi keyinchalik Mingtepa nomini olgan. Qachonlardir Buyuk Ipak yo‘li ushbu savdo shahri orqali o‘tgan. Qadimgi Dovon poytaxti xitoy yozma manbalarida eslab o‘tilgan, bu yerda hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlangan va aynan shu yerda mashhur “samoviy otlar” Xitoy imperatorining saroyi uchun olib ketilgan, hatto bu haqda Iskandar Zulqarnaynning o‘zi orzu qilgan.


Imom Ota maqbarasi

Bu joy azaldan o‘zbeklar orasida ziyoratgoh sifatida mashhur bo‘lib kelgan. Maqbara Imom Muhammad Hanafiy sharafiga nomlangan. O‘zbekistonda Islom dinining paydo bo‘lishining tadqiqotchilari Muhammad Xanafiy Bobo Xuroson taxallusli Xuroson hokimi Hazrat Alining o‘g‘li bo‘lib, O‘rta Osiyo hududida Islomning kirib kelishiga qo‘shgan hissasi uchun unga Imom-ota taxallusi berilgan.

Islomiy ziyoratgoh XVIII asrda qurilgan va XIX asr oxirida qayta taʼmirlangan. Tarixiy joy 1982 yilda arxitektura yodgorligi sifatida davlat himoyasiga olingan.

Xonobod sanatoriysi

Xonobod shahri Andijon viloyatining sharqiy qismida, Qoradaryo daryosi sohilida, dengiz sathidan 850 M balandlikda, go‘zal hududda joylashgan. Bu yerda 10,5 gektar maydonda Xonjbod nomli tibbiyot muassasasi joylashgan.

Xonobod sanatoriysi – kislorodli va ionlangan havo tufayli yuqori va pastki nafas yo‘llari, asab tizimi, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan iqlimiy kurortdir. Xonobod sanatoriysida surunkali oshqozon-ichak, ginekologik va urologik kasalliklarga, periferik asab tizimining kasalliklariga, shuningdek suyaklar va bo‘g‘imlar kasalligiga chalingan bemorlar davolanadi. Zamonaviy uskunalar va malakali mutaxassislar yuqori sifatli davolanishni taʼminlaydi.

Davolanish maskanida qarag‘ay, terak, eman, akatsiya, yong‘oq, kashtan, zarang va boshqa daraxtlar o‘sadi. Mintaqaning tabiiy-iqlim sharoiti ionli havoning kislorod bilan to‘yinganligi ideal manbai bo‘lib, bu nafaqat turli xil kasalliklarni davolash uchun, balki yaxshi dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Jome me’moriy majmuasi

Andijon shahrining eski qismida joylashgan Jome me’moriy majmuasi 1885-1892-yillarda hukmdor va xoqon Muhammadaliboy tomonidan qurilgan. Eski majmuada Farg‘ona vodiysining islom shaharsozlik an‘analariga binoan madrasalar, minoralar va xonaqolar mavjud. Loyiha muallifi o‘sha davrning taniqli me’mori Isaxon Muhammad Muso o‘g‘li bo‘lgan.

Majmuaning umumiy maydoni 2 gektardan oshadi. 2 gektarlik kompleks to‘rtburchak shaklida, to‘rt burchagida gumbazlari bilan birga qurilgan. G‘arbiy tomonida 50 xonadan iborat xonaqo, minora joylashgan.

Jome me’moriy majmuasi 1902-yildagi Andijon zilzilasidan keyin saqlanib qolgan noyob me’moriy yodgorliklardan biridir.

Kompleks 2000-yillarning boshlarida to‘liq ta’mirlanib, davlat himoyasiga olingan.

Qutayba  ibn Muslim maqbarasi

Qadimiy maqbara Jalaquduq tumani Paxtakor qishlog‘ida, Andijon shahridan 28 km. uzoqlikda joylashgan.

Arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim Bohiliy 715-yilda yangi saylangan xalifa Sulaymonga itoat etishdan bosh tortgan isyonchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Uning qabri joylashgan qabriston tarixchi Narshaxiy tomonidan “Mozorbuva” nomi bilan tilga olinadi.

Ahmadbekxodja mehmonxonasi

Eski mehmonxona Andijon shahrida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining sharqiy tomonida joylashgan. 1905-1907-yillarda Andijon shahridagi yirik paxta zavodi egasi Ahmadbekxo‘ja Temurbek o‘g‘li buyrug‘iga binoan qurilgan. Qurilishda O‘zbekistonning taniqli me’morlari va quruvchilari ishtirok etgan, jumladan: xalq me’mori Yusufali Musayev, usta Toshxon, usta Yahyo va boshqalar. Mehmonxonani bezatish ishlari, naqshkorlik va ganch o‘ymakorligi bo‘yicha o‘sha davrning eng yaxshi rassomlari ishlashgan. Xonalarning ichki bezaklari Farg‘ona vodiysiga xos bo‘lgan “vassajuft” uslubida yaratilgan bo‘lib, ular naqshda joylashgan geometrik va guldor naqshlar bilan hammani hayratga soladi. Boloxonaning shiftidagi ajoyib naqshlar bugungi kungacha asl, juda yaxshi holatda saqlanib kelgan. Binoni to‘liq qayta qurish XX asrning 70-yillarida amalga oshirildi.

Qadimiy Qalʼa

Andijon shahridagi Dukchi Eshon mahallasida noyob inshoot – qadimgi Qalʼa joylashgan. Ushbu majmua 1880-1881 yillarda Andijon shahrida chor Rossiya qo‘shinlari uchun mudofaa qalʼasi sifatida qurilgan. Qalʼa devorlarining balandligi 10 metrdan oshadi, shuning uchun Andijonning har bir tumani va ko‘chasi aniq ko‘rinib turardi. Qalʼaning ichida askarlar uchun kazarmalar, qurol-aslahalar, oshxona va artilleriya bazasi bo‘lgan mudofaa inshooti joylashgan edi. O‘sha davrda qalʼaga Rus podshohining Turkiston doimiy batalyonining 250 dan ortiq harbiy rotasi joylashishi mumkin edi. Yuz yillar davomida qalʼa ko‘plab voqealarning guvohi bo‘lgan, shulardan biri 1898 yilda Andijonda Dukchi Eshon boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni.

Yunusali ota G‘oziyevning milliy uyi

O‘z xalqiga quvonch va zavq bag‘ishlaydigan, o‘z hayotini xalq hunarmandchiligiga bag‘ishlaganlardan biri - Yunusali ota G‘oziyevning milliy uyi haqiqatan ham sayyohlar tashrif buyuradigan eng sevimli joylaridan biriga aylandi.

Milliy uslubdagi eski o‘zbek uyi zamonaviy dam olish maskaniga aylantirilgan. Bu yerda dorboz ustalarining yorqin tomoshasi va qo‘l mehnati buyumlarining ajoyib namunalarini namoyish etish orqali dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarning eʼtiborini tortib, hayratga soladi.

Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan ushbu taniqli uyning hovlisida kichkina ariq oqadi. Ariqda suzib yurgan turli xil baliqlar har bir tashrif buyurgan kishining ko‘zini quvontiradi.

Dunyoning istalgan burchagidan tashrif buyurgan har bir mehmon, bu noyob uyning hovlisiga osoyishta joylashtirilgan, yog‘och karavotlarda dam olib, Yunusali otaning o‘zi yaratgan ajoyib muhit va atmosferadan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Uyning kirish qismidan boshlab, hovlining betakrorligi sizni hayratga soladi: pechak bilan qoplangan o‘rindiqlar, ulkan tut daraxtiga o‘rnatilgan osma yog‘och karavot, keng va xushbo‘y olma daraxtlari ostida - bolalar maydonchasi, atirgul butalari bilan o‘ralgan kichik bog‘, shaxmat o‘yini uchun 8 kishilik kichkinagina o‘rindiqqa mo‘ljallangan ayvonchalar.

Bir so‘z bilan aytganda, sayyohlar va dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ayni paytda Yunusali ota boshchiligidagi “Andijon samosi” dorbozlar jamoasi mehmonlar uchun turli xil ko‘rinishlar uyushtirmoqda. Hovlining markazida baland dor (arqon) o‘rnatilgan. Bu yerda bolalar uchun ham yorqin va rang-barang sirk namoyishlari tashkil etiladi.

Ushbu imkoniyatlarning barchasi dorda yurishni o‘rganishni boshlaganlar uchun ajoyib sanʼat maktabi vazifasini o‘tamoqda.

Yunusali otaning so‘zlariga ko‘ra, bu maktab yosh va yangi dorbozlar uchun mahorat sirlarini ochib beradi.

Ushbu mahorat nafaqat oila, qishloqda, balki butun Andijon viloyatida taniqli, hurmatga sazovor deb tan olingan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring