Foto va Video

Singapurdagi “ITB Asia”

ITB Asia, Osiyoning yetakchi sayyohlik ko‘rgazmasi, turizm sanoati uchun har yili o‘tkaziladigan B2B ko‘rgazma va konferensiyadan iboratdir. U huddi o‘zining bosh tadbiri bo‘lmish ITB Berlin kabi Osiyo-Tinch okeani turizm sanoati uchun asosiy voqelikka aylanadi.

Tadbirda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, Amerika, Afrika va Yaqin Sharqdan minglab ko‘rgazma kompaniyalari ishtirok etib kelmoqda. Tadbirda sanoatning barcha sohalari, jumladan, davlatlar, aviakompaniyalar va aeroportlar, mehmonxonalar va dam olish maskanlari, tematik bog‘lar va attraksionlar, kiruvchi turoperatorlar, kiruvchi DMClar, kruiz yo‘nalishlari, spa-markazlar va turizm texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa kompaniyalar ishtirok etadi.

Bugungi kunda ITB Asia turizm sanoati yuqori vakillarining asosiy uchrashuv joyi va mijozlar bilan sifatli biznes aloqalari uchun forum hisoblanadi. Bu yerda sayohat qiymati zanjirining barcha bog‘inlaridagi xalqaro eksponentlar, shuningdek,
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining yetakchi sayyohlik kompaniyalari va rivojlanayotgan kichik va o‘rta biznes korxonalari MICE, dam olish, korporativ sayohat va sayohat texnologiyalari bozorlarining yetakchi xalqaro xaridorlari bilan uchrashadilar.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 23-25-oktyabr

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 23-sentyabrgacha

Manba: https://www.itb-asia.com/about

Yana ko'ring