Foto va Video

Minskdagi “ОТДЫХ-2024”

26-Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rgazma-yarmarkasi “ОТДЫХ-2024” “Turizm va hordiq” turkumi bo‘yicha Belorussiyadagi eng yirik sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlari, mintaqalari va sayyohlik kompaniyalari uchun o‘z xizmatlarini taqdim etadigan xalqaro biznes platformasi hisoblanadi. 

Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilari jahon turizm assotsiatsiyalari vakillari yangi mijozlar va hamkorlar topish, biznes-dasturning noyob tadbirlarida soha tendensiyalari bilan tanishish imkoniga ega. Bu sayyohlik marshrutlarini reklama qilish, yangi turlar, eski hamkorlar bilan uchrashuvlar va yangi biznes aloqalarini o'rnatish uchun samarali biznes platforma hisoblanadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 18-20-aprel

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 10-aprelgacha

Manba: https://tourexpo.by/

Yana ko'ring