Foto va Video

Olmaotadagi “KITF”

Qozog‘iston xalqaro KITF ko‘rgazmasi 2001-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi eng yirik professional sayyohlik maydonchalaridan biri bo‘lib, mamlakat turizm sanoatining asosiy tadbiridir. Ko‘rgazma sohasi ekspertlari tomonidan KITF xalqaro B2B sayt standartlariga muvofiqligi uchun UFI (Jahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi) sifat belgisi bilan taqdirlangan.

KITF doirasida xalqaro miqyosdagi tadbirlarni oʻtkazish, jumladan: memorandumlar, bitimlar, davlatlar oʻrtasida mintaqalararo va transchegaraviy hamkorlik dasturlarini imzolash, shuningdek, yalpi majlislar, roudshoular, seminarlar, taqdimotlar va sohaga oid boshqa tadbirlar ko‘rgazmaning Qozog‘iston va Markaziy Osiyo turizm sanoati bozori uchun samaradorligini namoyish etadi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron manzili yoki +998781290990 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Sana: 2024-yil 24-26-aprel

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil 30-martgacha

Manba: https://kitf.kz/uz/

Yana ko'ring