Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

IBTM World 2026 Barselonada

IBTM World 2026 в Барселоне

2026-yil 17–19-noyabr kunlari Fira Barcelona Gran Via ko‘rgazma markazida (Barselona, Ispaniya) ishbilarmonlik turizmi va MICE (Meetings, Incentives, Conferences and Exhibitions) sohasidagi dunyoning eng yirik tadbirlaridan biri — IBTM World 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasining milliy stendi tashkil etilib, u mamlakatning turizm salohiyatini targ‘ib qilish hamda ushbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratiladi.

Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish O‘zbekistonning sayyohlik mahsulotlari va xizmatlarini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan kelgan xalqaro xaridorlar, tadbir tashkilotchilari, mehmonxona tarmoqlari, aviakompaniyalar hamda turizm sohasining boshqa vakillariga taqdim etish imkoniyatini beradi.

O‘zbekiston milliy stendida ishtirok etish uchun turizm sohasi vakillari, jumladan, turoperatorlar, mehmonxonalar, sayyohlik majmualari, DMC-kompaniyalar va boshqa tegishli tashkilotlar taklif etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun fair@nationalprcentre.com elektron pochta manzili yoki +998 93 835 32 23 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tadbir sanasi: 2026-yil 17–19-noyabr.

Shuningdek ko‘ring