Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Islom madaniyatining poytaxti
Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.

Bilingki, Buxoroda bo‘lmaganlar ko‘p narsani yo‘qotadilar.
Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
✔️Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik, (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan "sakkizinchi mo''jiza" sifatida tan olingan);
✔️Ark qalʼasi;
✔️ Somoniylar maqbarasi;
✔️ Chashmai Ayub maqbarasi;
✔️ Magaki-Attari masjidi.
✔️ Mirzo Ulug‘bek madrasasi,
✔️ Miri-Arab madrasasi,
✔️ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar.
Bu yerdagi yozni issiq va qurg‘oq deb taʼriflash mumkin, shuning uchun yilning bu faslida Buxoroga sayohat qilganda o‘zingiz bilan soyabon va quyosh nuridan saqlovchi krem olishni unutmang. Buxoroda qish juda yumshoq, ammo iliq narsalarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang.
Buxoro ko‘chalarida ko‘plab turli xil esdalik do‘konlarini va ustaxonalarini topishingiz mumkin. Baʼzida barcha suvenirlar bir xil bo‘lib tuyuladi, ammo bu unday emas! Har bir sotuvchida sizni ajablantiradigan narsa bo‘ladi! Buxoro – O‘zbekistonning to‘quv poytaxti! Agar siz zamonaviy va didli, hamda milliy kiyim-kechaklar olishni istasangiz, unda, albatta, Buxoroga tashrif buyurishingiz lozim! Do‘konlarning aksariyati Labi-Hovuz oldida va mashhur Poi Kalon ansambli yonidagi savdo toqlarda joylashgan. Tayyor kiyimlar bilan bir qatorda siz iqat matosini o‘zini ham xarid qilishingiz mumkin. Bunday matoni Armani savdo uyi o‘z kolleksiyasida ham ishlatgan. U arzon emas albatta, lekin o‘z narxiga arziydi. Buxoro gilamlari bilan ham mashhur. Gilamlarning sifati Hindiston, Pokiston va Eronnikidan kam emas va baʼzan ulardan ham yaxshiroq! Ekzotika shinavandalari uchun Buxoro maxsus mahorat bilan yasaladigan cholg‘u asboblari yoki qo‘lda yasalgan pichoqlarni taklif qilishi mumkin.



O‘zbekistondagi barcha shaharlarining asosiy taomlaridan biri bu palov. Agar siz mamlakatimizning barcha hududlarini aylanib chiqsangiz, bu taomning xilma-xilligi sizni hayratda qoldiradi. Har bir shaharda odamlar sizni mamlakatdagi eng yaxshi palov shu yerda ekanligiga ishontirishadi. Faqatgina hammasini tatib ko‘rgandan so‘ng, sizga qaysi biri yoqishini anglay olasiz. Buxoro oshi "Oshi sofi" deb ham ataladi, pishirish usuli tufayli parhez taom hisoblanadi. U o‘ziga xos tarzda tayyorlaniladi, undagi masalliqlar Andijon yoki Toshkentdan farqli o‘laroq bir-biriga aralashtirilmaydi. Yana bir xususiyati shundaki, u faqat mis qozonda pishiriladi. Buxoro taomlariga halisa yoki qayish kabi taomlar kiradi. O‘zbek oshxonasi haqida ko‘proq maʼlumotni ushbu havolada o‘qishingiz mumkin.



Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.
P.S. O‘zbekistonning diniy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishda ayollarga tananing ochiq joylarini (yelkalari, bel va oyoqlari) yopishlari tavsiya etilishini yodingizda saqlang. Bunday joylar tegishli shartli belgilar bilan alohida belgilangan. ☪️☦️✡️✝️
Ark – ming yillik tarix davomida ko‘p marta buzilib qayta qurilgan va har safar yana-da yaxshiroq va mustahkamroq bo‘lgan qadimiy qalʼa. Hozirda siz uning ulug‘vorligidan shaxsan bahramand bo‘lib, uni o‘z xotirangizda mustahkamlab qo‘yishingiz mumkin!
☪️ Somoniylar maqbarasi Buxoroning tarixiy qismida joylashgan. U Markaziy Osiyo islom meʼmorchiligining yorqin namunasi. U Somoniylar davlatining ikkinchi amiri Ismoil Somoniy tomonidan qurilgan.

☪️ Chor-Minor nomi bilan ham tanilgan Xalfa Niyozqul madrasasi 1807-yilda ochilgan. Uning g‘ayrioddiy ko‘rinishi tufayli, bu maqbara shahar aholisiga ham mehmonlarga ham birdek yoqadi.
Eng moʻtadil hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ulug‘vor shaharning yoshi 2500 yildan ortiq bo‘lib, uning hududida ko‘plab qadimiy masjidlar, madrasalar va islom avliyolarining maqbaralari mavjud. Qadim zamonlardan beri odamlar barcha musulmon shaharlarga osmondan ilohiy nur tushsa, faqat Buxorodan bu nur yerdan osmonga qarab ko‘tarilishini aytadilar. Shuningdek, Buxoro X asrning mashhur tarixchisi Narshaxiy tomonidan deyarli tarixi to‘liq hujjatlashtirilgan Markaziy Osiyodagi yagona shahar hisoblanadi. O‘z asarlarida u biron bir shaharning Buxoro kabi ko‘p nomlari yo‘qligini ko‘rsatadi. V asrda Xitoyda u Nyumi deb nomlangan, keyinchalik Tan imperiyasining manbalarida u An, Ansi, Buho va Buhe deb nomlangan. Lekin tarixda ko‘pincha Buxoro nomi bilan atalgan. Etimologlarning fikriga ko‘ra, bu nom sug‘diylarning «buharak» so‘zidan kelib chiqqan va “baxtli joy” deb tarjima qilingan.
Hozir Buxoro hududida bir asrdan ko‘proq vaqt oldin qurilgan, turli davrlarga tegishli bo‘lgan 140 dan ortiq yodgorliklar, dahalar va mavzelar saqlanib qolgan. Buxoro nazm va ertaklar shahri deb ham ataladi, chunki butun eski shahar afsonalar va hikoyalar bilan o‘rangan! Aytgancha, shaharning tarixiy qismi 1993 yilda YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Turistlar uchun mashhur yo'nalishlar
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
ПОЛЬЗОВАТЕЛЬСКОЕ СОГЛАШЕНИЕ
1. Определение
Настоящее Пользовательское соглашение (далее — Соглашение) является Публичной офертой в соответствии со статьёй 367 Гражданского кодекса Республики Узбекистан от 21.12.1995 (https://lex.uz/ru/docs/111181#162763) и регулирует порядок использования материалов и Сервисов сайта Государственного унитарного предприятия «Национальный PR-центр» (далее — Предприятие), размещённого на веб-сайте и поддоменах Национального Туристического Информационного Центра: https://uzbekistan.travel/ (далее — Сайт).
Посетитель и (или) Пользователь подтверждает, что ознакомлен, полностью и безоговорочно принимает все условия настоящего Соглашения и обязуется их соблюдать.
Использование Сайта Пользователем означает полное принятие данного Соглашения «как есть» в форме акцепта.
Соглашение вступает в силу с момента посещения любой страницы Сайта и (или) регистрации на Сайте и действует бессрочно во время пользования Сервисами Сайта.
Настоящее Соглашение обязательно для исполнения всеми Посетителями и Пользователями без каких-либо изъятий и дополнительных согласований.
Пользователь обязуется самостоятельно проверять актуальную редакцию Соглашения на Сайте перед использованием Сервисов.
2. Предмет Соглашения
Предметом настоящего Соглашения являются правила использования материалов Сайта и предоставление Посетителю и (или) Пользователю возможности использования Сервисов Сайта.
Предприятие является правообладателем исключительных прав на Сайт в целом и на его составные части, включая все виды контента: логотипы, товарные знаки, тексты, статьи, аннотации, иллюстрации, фотографии, графику, аудио- и видеофайлы, пользовательские интерфейсы, дизайн, структуру, программы, базы данных.
Я прочитал(а) и соглашаюсь с условиями использования сайта и политикой конфиденциальности.