Foto va Video

Somoniylar maqbarasi haqida 10 ta ajoyib fakt

1287

Buxoro haqida cheksiz gapirish mumkin. Bu shaharning yodgorliklari, me’morchilik durdonalari, ziyoratgohlari o‘zining qadimiy tarixi, sirliligi va go‘zalligi bilan maftun etadi. Ismoil Somoniy maqbarasi ham bundan mustasno emas. Somoniylar sulolasi hukmronligi davridan buyon, 10 asr davomida maqbara sukut saqlab turibdi. Quyida biz dunyodagi eng mashhur oilaviy xilxonalardan biri haqidagi 10 ta ajoyib faktlarni jamladik.

  • Somoniylar maqbarasi kub shaklidagi bino boʻlib, tepa markazida yarim sharsimon gumbaz, burchaklarida toʻrtta kichik qubba joylashgan. Qabr pishiq gʻishtdan qurilgan.
  • Yodgorlik devorlari enli (1,8 metrgacha) bo‘lganligi sababli yaxshi saqlangan. Qalin devorlar binoni vayronagarchilikdan himoya qilgan. Maqbara devorlari o‘ziga xos naqshli tekis sirtga ega.
  • Uning jabhasi yo‘q, maqbaraning hamma tomonlari bir xil. Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida bu turdagi bino markazlashgan inshoot deb ataladi.
  • Maqbara tepasi boʻylab oraliq ravoq choʻzilgan boʻlib, uning ichida qirqta deraza tirqishlari mavjud.
  • Ustalar meʼmoriy loyihalashda aralash usulda g‘isht terish, ya’ni g‘ishtlarini turli ko‘rinishda joylashtirish orqali badiiy kompozitsiyaga erishganlar. Jahon me’morchiligining hech bir yodgorligida bunday bezak uchramaydi.
  • Kun davomida quyosh nuri yo‘nalishiga qarab maqbara devoridagi naqshlar o‘z shakli va rangini o‘zgartirib turadi. Ayniqsa, oy yorug‘ida bu manzara betakror ko‘rinish kasb etadi.
  • Ismoil Somoniy hayotligida otasining qabri ustiga maqbara qurdirgan. Keyinchalik uning o‘zi ham shu yerga dafn etilgan.
  • Afsonaga ko‘ra, yodgorlikni Chingizxon vayron qilmagan, chunki u maqbarani o‘rab turgan katta qabriston tufayli maqbarani payqamagan.
  • Maqbara qurilishining taxminiy vaqti 892-907-yillar oralig‘ida bo‘lgan. Yodgorlik bir necha bor qayta ta’mirlangan.
  • 1993-yilda Somoniylar maqbarasi YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring