Geografik va fazoviy joylashuvi: Yer sayyorasi, Yevrosiyo qit’asi, Markaziy Osiyo.
Maydoni: 447,4 ming kv. km.
Aholisi: 38 million kishi
Millatlar: mamlakatda 134 dan ortiq millat vakillari yashaydi, ammo aholining asosiy qismi o‘zbeklardir (83,8%).
Hududlar: 13 viloyat + Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Mashhur shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon, Farg‘ona, Mo‘ynoq.
Poytaxti: Toshkent.
Til: asosiy til – o‘zbek tili, xalqaro aloqa tillari - rus, ingliz.
Din: O‘zbekiston – dunyoviy davlat, aholining ko‘p qismi musulmon. Shuningdek, mamlakatda xristianlik, buddizm va boshqa dinlarning vakillari istiqomat qiladi.
Soat mintaqasi: UTC +5.
Internet zonasi: .uz.
Xalqaro telefon kodi: +998.
Pul birligi: so‘m.
Iqlimi: Qishi yumshoq, yozi issiq.
ENG
RUS
CN
JPN
ARA
FRA
DE
POR
ESP
TUR
ITA
HIN
MAL
O‘zbekiston – quyoshli mamlakat, yilning istalgan vaqtida bu yer chiroyli.
1 yanvar – Yangi yil
O‘zbekistondagi barcha davlat muassasalari 8 soatlik ish tartibida ishlaydi.
Bu O‘zbekistonga sayohat qilishning eng tezkor yo‘lidir. Mamlakatning asosiy aeroporti Toshkentda joylashgan. I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar floti zamonaviy havo kemalariga ega. Ekonom va biznes-klasslarning zamonaviy va qulay salonlari, multimediya xizmatlari, mazali taomlar, samimiy styuardessalar – bunday qulayliklarning barchasiga O‘zbekiston aviakompaniyalari samolyotlarida parvoz qilganda ega bo‘lish mumkin.

O‘zbekistonda jamoat transportining birinchi turlaridan biri bugungi kunda mashhurlikda aviaparvozlardan kam emas. Agar Siz O‘zbekiston shaharlarining go‘zallaridan zavqlanmoqchi yoki, aytaylik, Toshkentdan Samarqandga, u yerdan esa Buxoroga yoki, hatto, Xivaga yetib bormoqchi bo‘lsangiz, unda temir yo‘lda sayohat qilish qulayroq bo‘ladi. Eng mashhur va tezyurar poyezdlardan biri bu "Afrosiyob" tezyurar poyezdi bo‘lib, u bir kechayu kunduzda ikki marta qatnaydi.
Agar siz O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib qolsangiz, shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – katta bo‘lmagan tarmoqqa ega Toshkent metrosiga albatta tashrif buyuring. Bu yerda o‘z yo‘lingizni osongina topishingiz mumkin bo‘lib, shu bilan birga, har bir bekat aholi uchun poyezdlarni kutish joyi bo‘lsa, sayyohlar uchun noyob san’at galereyasidir.
Mamlakatimizda O‘zbekistonning barcha shaharlari va qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan shaharlararo va xalqaro avtobuslar har kuni va har soatda qatnaydi.
Shahar bo‘ylab harakatlanishning eng qulay va tejamkor usullaridan biri – bu shahar transportidir.
Siz taksi xizmatlaridan shahar bo‘ylab aeroportga va temir yo‘l bekatiga borish yoki, masalan, kun bo‘yi qiziqarli joylarga ekskursiya qilish, shahardan tashqariga chiqish yoki do‘stlaringiz bilan ulkan mamlakatimizning boshqa shaharlariga borish uchun foydalanishingiz mumkin.
Shoshilinch xizmatlar:
Biror mamlakatning hozirgi maqomi va obro‘sini u bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan mamlakatlar soni bo‘yicha baholash mumkin.
O‘zbek tilini o‘rganish juda qiyin, ammo agar siz ushbu quyoshli mamlakatda eng ko‘p ishlatiladigan bir nechta iboralarni bilsangiz, unda qiynalmaysiz. Shuning uchun qiynalmaysizki, o‘zbek mehmondo‘stligi azaldan butun dunyoga mashhur bo‘lib kelgan hamda bu yerda samimiy va e’tiborli insonlar yashaydi.
Eng ilhomlantiruvchi, biroq toliqtiradigan sayohat turi – bu bolalar bilan oilaviy dam olishdir.
O‘zbekistonda T-6 bojxona deklaratsiyasining yagona shakli tasdiqlangan bo‘lib, uning namunasi respublikaning barcha bojxona punktlari va aeroportlarida mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining bojxona punktlari, aeroportlardan o‘tayotganda barcha zarur hujjatlar: chipta, viza bilan pasport, T-6 deklaratsiyasi, hayvonlar, o‘simliklar, dori-darmonlar va pullarni olib o‘tish uchun ruxsatnoma mavjudligiga va xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qiling.
Shunday qilib, siz O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirgansiz, lekin uy hayvoningizni yoki sevimli fikusingizni o‘zingiz bilan olib ketmoqchisiz. Siz tegishli hujjatlarni tayyorlashingiz hamda veterinariya va fitonazorat bo‘yicha yo‘lovchilar uchun belgilangan qoidalar bilan tanishishingiz kerak bo‘ladi. Uy hayvonlari va manzarali qushlarni tashishda siz uy hayvonining pasporti va uning sog‘lig‘ini tasdiqlovchi veterinariya guvohnomasiga ega bo‘lishingiz lozim. Ushbu hujjatni yashash joyingizdagi istagan veterinariya xizmatidan olishingiz mumkin.
Siz O'zbekistonga keldingiz va bu yerda 1 sutkadan ko‘proq turishni rejalashtirmoqdasiz, Siz 3 kun ichida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
Demak, siz ro‘yxatdan o‘tdingiz va endi qayerga joylashishni tanlashingiz kerak. O‘zbekistonda turli xil joylashtirish vositalarining keng tanlovi: hashamatli otellar tarmoqlari va zamonaviy mehmonxonalardan tortib, milliy uslubdagi mehmon uylari, o‘tov va kemping lagerlarigacha mavjud. O‘zbekistondagi mehmonxonalarga joylashish uchun sizga kerak bo‘lgan yagona narsa – bu fuqarolik pasporti, bron qilish uchun talon (agar mavjud bo‘lsa) va joriy kurs bo‘yicha to‘lov xolos.
Rimliklarning “In vino veritas” maqolidan farqli o‘laroq: "Haqiqatni ovqatdan izlang", – deb qo‘yamiz.
O‘zbek xalqining madaniyati va hayoti to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish uchun mahalliy bozorga borishni unutmang. Bozor – bu insonlarning barcha toifasi to‘planadigan alohida bir dunyodir. Bu yerda siz nafaqat turli xil tovarlar: suvenirlar, mevalar, sabzavotlar, ziravorlar, non, oziq-ovqatning mo‘l-ko‘lchiligidan, balki yana odamlar bilan muloqot qilishdan va biron bir savdo markazida yoki mahalliy gipermarketda topa olmaydigan alohida, samimiy muhitdan bahramand bo‘lishingiz mumkin. Agar siz esdalik sovg‘alari va suvenirlarni sotib olishni istasangiz, Toshkentdagi Chorsu bozoriga, Samarqanddagi Siyob bozoriga yoki Buxorodagi Toki-Zargaronga albatta boring. Yana Rishton kulollari hunarmandlarining ustaxonalariga yoki Marg‘ilondagi “Yodgorlik” ipak fabrikasiga tashrif buyurishingiz mumkin. Bular O‘zbekistonning haqiqiy xazinalaridir.
AQShning Gallup instituti versiyasiga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston dunyodagi eng xavfsiz beshta mamlakat qatoriga
Bizga bolaligimizdan ovqatlanishdan oldin qo‘limizni yuvish o‘rgatilgan bo‘lib, bu shaxsiy gigiyenaning eng muhim qoidasidir. O‘zbekistonga kelganingizda, hamma joyda eng oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish: ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish, ho‘l salfetka yoki antiseptik gellardan foydalanish, issiq havoda dushdan ko‘proq foydalanish, qaynatilmagan suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik, tekshirilmagan ovqat va ichimliklarni, ayniqsa ekzotik muassasalarda iste’mol qilmaslik lozim.
O‘zbekiston – dunyoviy mamlakatdir. Bu yerda ortodoksal Islom yo‘q, lekin Islom dini bu mamlakatda asosiy din hisoblanadi. Agar siz mahalliy masjidga kiradigan bo‘lsangiz, ba’zi qoidalarga amal qilishingiz kerak. Masjidga borishda bosiqlik va hurmat talab etiladi, u yerda ibodat vaqti bo‘lmaganda uni ko‘zdan kechirish yaxshidir. Shuningdek, inson nimani kiyishi ham juda muhim: shortiklar, kalta futbolkalar va mini-yubkalar bu yerda ma’qul ko‘rilmasligi aniq, ayollar esa masjidga boshlarini yopib kirishlari kerak.
