10 kun davomida mazali taomlar! Toshkentda ajoyib gastronomik festival bo‘lib o‘tadi!

26.07.2022 1531

29-iyuldan 7-avgustga qadar Hyatt Regency mehmonxonasi va Milliy kutubxona yaqinidagi maydonchalarda 10 kun davomida “Tashkent Food Fest” gastrofestivali bo‘lib o‘tadi, unda tashrif buyuruvchilar mazali taomlar, taniqli yulduzlarning chiqishlari va ko‘ngilochar shoulardan bahramand bo‘lishadi.


Festivalda uzoq vaqtlardan beri Toshkent aholisi va mehmonlari tomonidan e’tirof etib kelinayotgan milliy va Yevropa taomlarining 60 dan ortiq gastronomik brendlari, steykxauslar va kofe do‘konlari namoyish etiladi.

Oziq-ovqat festivalida bunday issiq havoda birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarga alohida e’tibor beriladi. Taomlar bayramida 10 ta taniqli muzqaymoq va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda.


Lekin O‘zbekistonda palovsiz bayram bayrammi? “Osh markazi” nomi bilan mashhur “Besh qozon” restoranining oshpazilari har kuni besh xil qozonda 5 xil usulda palov tayyorlashadi.

Tadbirning barcha 10 kuni mobaynida tadbir mehmonlarini o‘zbek estradasi yorqin yulduzlarining chiqishlari, sovrinli o‘yinlar, raqs shoulari va boy ko‘ngilochar dasturdan iborat katta bayram kutmoqda.

Sana: 29-iyuldan 7-avgustgacha

O‘tkazilish joyi: Milliy kutubxona yonidagi maydon

Kirish bepul.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing