Foto va Video

2021 yil– “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan

20.08.2021 1048

Joriy yilning 1-avgustidan O‘zbekistonda aholining jismoniy tayyorgarligi darajasini baholash tizimi joriy etildi.

Tizimni tashkil etishdan Asosiy maqsad:

- Aholining jismoniy qobiliyatini oshirish;

- Sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish; 

- Jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirish;

- Iroda va ishonchni rivojlantirish;

- Jismoniy jihatdan mustahkam kadrlar zaxirasini tayyorlash;

- Respublikamizda aholini sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish;

- Aholining jismoniy tayyorgarligi darajasini baholashning xalqaro standartlarini joriy etishdir.

Ushbu tizim bo’yicha mamlakatimiz aholisi 15 turdagi, shu jumladan yugurish, suzish, turnikda tortilish, snaryad uloqtirish kabi Jismoniy sinovlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

Jismoniy sinovlarda Yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin. 

Sinov ishtirokchilari toifa, unvon, moddiy sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

Loyiha tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing