2025-yil 1-10-yanvar kunlari “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi

25.12.2024 294

2025-yil 1-10-yanvar o‘quv ta’tili kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkaziladi. Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlarni respublikamizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishlariga chorlaymiz.

Ushbu haftalik doirasida “Uzbekistan Airways” AJ hamda “Uzbekistan Helicopters” MChJ (Silk Avia brendi) tomonidan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)lari uchun mahalliy aviaqatnovlarida iqtisodiy toifadagi “V” va undan yuqori bo‘lgan tariflaridan 2024-yil 23-dekabridan 2025-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlariga 50% chegirma taqdim etildi.

Shu bilan birga, yurtimizda “Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan respublikadagi joylashtirish vositalari hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, yuritimiz aholisi “Yoshlar turizmi haftaligi” davomidan maroqli dam olishini tashkil etish maqsadida respublikada o‘tkaziladigan tomosha va spektakl, ommaviy ko‘ngilochar va sport tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirildi.

Haftalikda faol ishtirok eting – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing