Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni turizm sohasida strategik hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

05.05.2026 11

Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi Abdulaziz Aqqulov Acwa kompaniyasi asoschisi va direktorlar kengashi raisi hamda Saudiyaning Vision Invest kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan boshchiligidagi Saudiya Arabistoni delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv oliy darajadagi muloqotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, uning doirasida avvalroq delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi.

Muzokaralar davomida zamonaviy turistik klasterlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, energetika yechimlarini integratsiya qilish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy shaharsozlik yondashuvlarini qoʻllash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida qoʻshma ishchi guruh tuzish, amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda ustuvor investitsiya loyihalarini belgilash boʻyicha aniq kelishuvlarga erishildi.

Janob Abunayyan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qiziqish bildirdi va oʻzbek delegatsiyasini 2026-yil oktyabr oyida Ar-Riyod shahrida oʻtkaziladigan investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, yuqori darajadagi xavfsizlik hamda mamlakatning ochiqligi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratayotgani alohida ta’kidlandi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar