"Turon" sanatoriysi

7601

"Turon" sanatoriysi Toshkent shahrining go‘zal hududlaridan birida, dengiz sathidan 360 metr balandlikda joylashgan.

Sanatoriy asosan qon aylanish tizimi, asab tizimi kasalliklari, shuningdek, urologik va ginekologik kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ixtisoslashgan.

 Sanatorium

Sanatoriyda reabilitatsiya bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Ushbu bo‘limda o‘tkir miokard infarktidan keyin bemorlarda yurak faoliyatini tiklash bo‘yicha ishlar olib boriladi. Reabilitatsiya bo‘limi xalqaro standartlar asosida jihozlangan. Davolash muolajalari asosan bevosita bo‘limda olib boriladi. Yurakning faoliyatida (ishlashida) yuzaga kelgan o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish kompyuter EKG, sutkalik xolter monitor va veloergometr yordamida amalga oshiriladi. Bo‘limda  fizioterapevtik muolajalar, psixoterapiya seanslari, individual davolash jismoniy terapiya mashg‘ulotlari va massaj o‘tkaziladi. Agar kerak bo‘lsa, dam oluvchilar respublikaning yetakchi professorlaridan tavsiyalar va maslahatlarni olishlari mumkin.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring