Foto va Video

“Fars News”: O‘zbekiston 2023-yilda 7 million sayyohni qabul qilishi kutilmoqda

15.02.2023 437

Eronning yetakchi axborot agentligi saytida “O‘zbekiston 2023-yilda 7 million sayyohni qabul qilishi kutilmoqda” sarlavhasi ostidagi maqola e’lon qilindi.

“O‘zbekiston hukumati 2023-yil oxirigacha mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonining sezilarli darajada ortishini kutmoqda”, - deyiladi nashrda.

Nashriyot BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ipak yo‘li idorasi direktorining maslahatchisi Shuhrat Isakulovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi: “Kutilayotgan o‘sish sur’ati 34 foizni tashkil etadi va sayyohlar soni 7 millionga yetadi. Masalan, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 6,7 million sayyohni tashkil etdi va pandemiya munosabati bilan keskin tushib ketdi.

MDH mamlakatlari orasida Rossiya eng yirik va eng muhim bozor hisoblanadi, chunki 2022-yilda O‘zbekistonga 600 mingdan ortiq rossiyalik sayyohlar tashrif buyurgan.

“Pandemiya turizm sanoatiga ta’sir ko‘rsatdi, ammo so‘nggi yillarda barqaror tiklanish tendentsiyasi kuzatilmoqda”, - deyiladi maqolada. - 2022-yilda O‘zbekistonga 5,2 million sayyoh tashrif buyurdi. Eng ko‘p sayyohlar Turkiyadan 75,6 ming, Koreya Respublikasidan 19,9 ming, Germaniyadan 17,7 ming, Hindistondan 16,8 ming, Qo‘shma Shtatlardan 13,1 ming, Fransiyadan 11 ming, Buyuk Britaniyadan 10,5 ming, Ozarbayjondan 10,4 ming, Italiyadan 8,8 ming” – qayq etiladi Eron axborot agentligi xabarida.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing