Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 5-aprel kuni Boku shahridagi “Fairmont” mehmonxonasida AIFT-2023 ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kechki qabul bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qabulda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashrafxanov Baxrom, shuningdek, “Milliy PR-markazi” DUK direktori Samandarova Dilfuza so‘zga chiqdi.
Mazkur tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Hukumati vakillari, turli mamlakatlarning elchilari, ko‘rgazma ishtirokchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.
Qabul davomida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati taqdimoti, “Xorazm” xalq ansambli san’atkorlari chiqishlaridan iborat madaniy dastur, xalq amaliy san’ati va milliy taomlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmonlarga mamlakatimizning mashhur oshpazi – Chustiy tomonidan tayyorlangan mazali palov tarqatildi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh