Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Qatarning "Al Jazeera" telekanali O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekistonda suratga olish ishlarini olib bormoqda

26.05.2025 273

O‘zbekistonning turizm salohiyatini arab mamlakatlarida keng targ‘ib qilish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Qatarning nufuzli “Al Jazeera” telekanali ijodiy guruhi yurtimizga tashrif buyurdi.

O‘zbekistonga tashrif davomida telekanal ijodiy guruhi Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahrida tasvirga olish ishlarini olib bormoqda. Ular o‘zbek madaniyati, urf-odatlari, turizm qishloqlari, madaniy meros obyektlari, hunarmandchiligi, milliy taomlari, shuningdek, turizm sohasida amalga oshirilgan so‘nggi islohotlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishmoqda.

Ushbu ko‘rsatuv orqali millionlab teletomoshabinlar nafaqat O‘zbekistonning boy madaniyati, tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari va mehmondo‘stligi haqida keng tasavvurga ega bo‘ladi, balki mamlakatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga va xalqaro maydonda O‘zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar