Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

Al-Kuvaytning katta ekranlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda

17.02.2025 286

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga rasmiy tashrifi arafasida Al-Kuvayt shahri markazidagi mahalliy aholi va sayyohlar bilan eng gavjum bo‘lgan ko‘chalarning LED ekranlarida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga oid videoroliklar namoyish etilmoqda.

57 ta LED ekranlarda namoyish etilayotgan videolavha mamlakatimizning turizm salohiyati, xususan, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, betakror arxitekturasi, an’analari va san’ati, shuningdek, mamlakatda turizmning turli yo‘nalishlari, jumladan, ekstremal va qishki turizm uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida hikoya qiladi.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar