Anatomicá Magazine 2 yoshga to‘ldi

23.12.2021 799

2021-yilning yana bir ajoyib yangiliklaridan biri Anatomicá jurnali 2 yoshga to‘ldi. 22-dekabr Oʻzbekiston tasviriy sanʼati galereyasida tashkil etilgan ushbu tadbirda jurnal tahrir hay’ati va muharrirlari, OAV vakillari, bloggerlar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi va bayram keng nishonlandi.

O‘zbekistonda salomatlik va go‘zallikka bag‘ishlangan ushbu Anatomicá jurnali sog‘lom bo‘lish, go‘zal ko‘rinish, o‘zimiz bilan uyg‘un yashash har birimizning istagimizdir. Mamlakatimizda estetik va sog‘lomlashtirish xizmatlariga bo‘lgan talab esa aql bovar qilmaydigan darajada oshib bormoqda.

Bugungi kunda, umumiy va tibbiy estetik masalalarda har qanday ma’lumot mavjud ammo hamma narsa ham mutaxassislardan tasdiqlangan oqilona va obyektiv maslahatlarga muhtojligicha qolaveradi. Ushbu jurnalda ana shunday maslahat va oqilona yechimlarni taklif etuvchi mutaxassislar hayotingizni o‘zgartirishga kerak bo‘luvchi maslahatlar bilan o‘rtoqlashadilar. Anatomicá jurnali har qanday qiziqarli loyiha g‘oyalarni o‘z nashrlari sahifalarida – go‘zallik, salomatlik va hayot sifati bo‘yicha qo‘llanmada amalga oshirish uchun muhokama qiladilar.


Anatomicá jurnal o‘quvchilariga qulaylik yaratish maqsadida o‘zining www.anatomica.uz veb-sahifasida ham jurnalning electron ko‘rinishini namoyish etib bormoqda.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing