Bugungi kunda sport bilan shug‘ullanish ommalashib bormoqda. Sport salomatlikni mustahkamlaydi va insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi. Jang san’ati bilan shug‘ullanuvchi shaxs, nafaqat o‘zini himoya qilishning barcha vositalariga ega bo‘ladi, balki falsafiy fikrlash va o‘z-o‘zini takomillashtirish asoslarini ham o‘rganadi.
Karate-do ITKF (Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasi) sharq jang san’atining ana shunday falsafiy turlaridan biridir.
Sharq yakkakurashlarining ushbu turining an’anaviy shakliga asos solgan murabbiy Gichin Funkosi (1868-1957). U 1949-yilda Yaponiya karate assotsiatsiyasiga (JCA) asos solgan va Master Funkoshi ko‘plab iqtidorli talabalarga ega edi, ulardan biri Hiditaka Nishiyama edi. Aynan u 1975-yilda Xalqaro an’anaviy karate federatsiyasiga (ITTF-International Traditional Karate Federation) asos solgan. O‘zbekistonda ITKF karate-do federatsiyasi 2004-yilda tashkil topgan.
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasining 2021-yilga mo‘ljallangan kalendar rejasiga muvofiq, 19-21-noyabr kunlari Toshkent shahrida an'anaviy karate-do turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
Turnirda 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, shuningdek, 18 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etadi. Turnir 2022-yilgi xalqaro turnirlar va rasmiy musobaqalar uchun tarkibni aniqlashda ham asosiy omil bo‘ladi.
O‘zbekiston kubogi doirasida 300 ta medallar jamlanmasi topshiriladi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Sport dasturi bilan quyidagi ilova orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh