Andijon viloyati

6422
Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Islomiy qadamjolar


1 Uch buloq ziyoratgohi Baliqchi tumani, Ko‘l MFY, Uchbuloq ko‘cha 8 A -uy N40°53'33,2203" E71°51'16,3234" Ushbu obyekt 2003 yilda tuman hokimligi tashabusi bilan hashar yo‘lida tumanga tashrif buyurayotgan mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan. Baliqchi tumani atamalar kommisiyasi tomonidan 2003 yil 11 sentabrdagi qarori bilan ziyoratgohga "Uchbuloq" nomi berilgan. Ziyoratgohda atoqli sanalar va turli uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Arxitektura qurilishi yo‘nalishida qurilib, atroflari obodonlashtirilsa ushbu qishloq uchun kelajakda kerakli arxitektura yodgorligi bo‘lib qolar edi.
2 Tuzluqmomo ziyoratgohi Baliqchi tumani, Sortepa MFY N40°52'22,3366" E71°53'10,7338" Ushbu obyekt 11 asrdan buyon "Tuzluq momo" ziyorotgohi nomi bilan atalib kelingan. Tuzluq momo ziyoratgohiga xalqimiz dardiga shifo izlab, turli ehsonlar qilib, madaniy dam olish uchun tashrif buyurishadi.
3 "So‘fi ota" dafn etish joyi Baliqchi tumani, Guliston MFY. N40°54'49,1003" E71°52'04,8133" Ushbu obyekt arxitektura yodgorligi bo‘lib, 1850 yili barpo qilingan. Obyektga So‘fi ota deb nom berilgan va mahalliy aholi vafot etgan o‘z yaqinlarini dafn etadilar.
4 Oxun buva ziyoratgohi Baliqchi tumani, O‘rta qo‘rg‘on MFY, Mashrab ko‘cha N40°54'25,0186" E71°48'23,0511" Ushbu obyekt 1200 yildan “Oxun buva” yodgorligi nomi bilan atab kelingan. Ushbu obyektga mahalliy aholi hamda respublikamiz bo‘ylab tashrif buyuruvchi fuqarolar ehson qilish, xayriya qilish hamda ziyorat qilish maqsadlarida tashrif buyurishadi. Ushbu aziz zot Yaratganga yaqin inson bo‘lib, unga qabr tashkil qilingan. Kelajakda ushbu yodgorlikka e’tibor berilsa, yanada tashrif buyuruvchilarga sharoitlari yaxshilansa, ushbu joyga tashrif buyuruvchilar soni ortib boradi.
5 Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi Jalaquduq tumani, Qilichmozor MFY N40°43'49,2200" E72°36'37,4700" Xazrati Qutayba ibn Muslim 72-xijriy (691-melodiy) yili Arab xalifasi Abduraxmon ibn Marvon tomonidan Xurosonga noib etib yuborilgan. 87-xijriy (706-melodiyda) Zarafshon vodiysini egallab, Poykentgacha keladi. 89-xijriy Marv, Keshga, 90-xijriy yili Buxoroni, 93-xijriy yili Xorazm va Samarqandni, 94-xijriy yili Xazrat Shosh (xozirgi Toshkent)ga undan Farg‘ona vodiysiga va Xitoyning Kashqar va Urumchisigacha egallaydi. Hazrat qaysi shaharni fath qilsalar o‘sha yerda Islom dinini targ‘ib qilish va uni mustahkamlash bilan birga masjid va madrasalar, azon aytish uchun minoralar qurdirgan. Ilk bora ular Buxoro va Samarqad shaharlarida qurilgan. Xalifa Yusuf Hajjoj vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Sulaymon ibn Abdulmalik taxt talashib Qutayba ibn Muslim (r.a)ning qo‘shini orasida isyon chiqaradi va Sulaymon lashkarboshisi Vaki’ ibn Hasson Qutayba ibn Muslimni qatl qiladi. Uning boshini Sulaymonga keltiradi. Qutayba ibn Muslimga qo‘shilib tanasi, 11 nafar yaqinlari va farzandlari shu tuproqqa ko‘miladi. Xuroson va Movarounnahr o‘lkalarida Islom dinini mustahkamlash yo‘lida uning joni qurbon bo‘ladi. Qutayba ibn Muslim 715-melodiy yili, bundan 1300 yil muqaddam, bizning aziz diyorimizning Jalaquduq tumani Qilichmozor MFY xududiga dafn qilingan. Aytishlaricha, Sohibqiron Amir Temur bu joylarni ziyorat qilib, Qutayba ibn Muslim (r.a) qabri ustiga Samarqanddan me’mor jo‘natib ko‘rkam va mahobatli maqbara qurdirgan. Bu maqbara 1935-1936 yillarda dahriylar tomonidan buzib tashlangan.
6 Teshiktosh ziyoratgohi Jalaquduq tumani, G‘ayrat MFY N40°52'15,6800" E72°32'53,7200" “Teshiktosh ota g‘ori” ziyoratgohi tepalik hududidagi g‘orda joylashgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu joyga fuqarolar ziyorat qilish maqsadida tashrif buyuradilar. Jumladan, “Teshiktosh ota g‘ori” ziyoratgohining yer maydoni 30 sotihni tashkil qilib, dam olish va ziyorat uchun kelgan aholining bir martalik sig‘imi 90 kishini tashkil qiladi.
7 Toshmasjid Jalaquduq tumani A.Raxmonov MFY. N40°43'49,2200" E72°36'37,4700" Rossiya istilosi davrida Qo‘qonnnig G‘ishtko‘prik maxallasidan Oyimga ko‘chib kelib, muqim yashab qolgan zotlardan Buzrukxonto‘ram bo‘lib, «Toshmasjid» jom’e masjidi qurilishi aynan o‘sha zotga bog‘likdir. Sanai shajaralari Rasulullox (s.a.v) avlodlari Zaynab – Obiddin hazratlariga tutashguvchi Buzrukxon to‘ram bosh turib, 1914 yilda jo’me masjidi kurilishga bosh bo‘ladilar. Payg‘ambarzoda Buzrukxon to‘ram obru-e’tibori yetti iqlimda mashxurligi sharofati bilan eni 17 metr, uzunligi 31 metr, jami 527 kv.m. o‘lchamli masjid loyixasi hozirlandi. Qo‘shni Chang‘iltosh qishloqlik qavmlarga ham qulayligi e’tiborga olinib, hozirgi o‘rnida masjidning tamal toshi qo‘yiladi.
8 Sulton ena Jalaquduq tumani, Qatortol MFY N40°43'30,5540" E72°32'20,3395" Ushbu joyda qabriston mavjud bo‘lib, Sulton ena xam shu joyga dafn qilingan. Rivoyatlarga qaraganda, shu yerlik xukmdorlardan biri Ku Lunjni qizi bo‘lgan Sulton Begim Qutayba ibn Muslimga katta shaharni bosib olish uchun ko‘mak bergan va keyinchchalik birinchilardan imon keltirib, o‘z xalqini ham islomga da’vat etadi. Qutayba ibn Muslimga Sulton begimga uylanadi va uchta farzand ko‘radi. Vaki’ ibn Xassan Qutayba ibn Muslimni qatl qilganidan so‘ng, u qochib ketadi va adirlikka borib g‘oyib bo‘ladi. Keyinchalik shu ziyoratgoh o‘rniga dafn etiladi.
9 Jonobod masjidi Izbosan tumani, Jonobod MFY N40°52'00,7981" E72°14'33,6491" Masjid binosi 1900 yilda barpo etilgan bo‘lib, Janobod qishlog‘i markazida joylashgan. 2006 yil viloyat xokimining №218 –sonli qaroriga asosan madaniy me’ros b’ekti sifatida ro‘yxatga olingan. Xozirda Janobod MFY idorasi sifatida foydalanilmoqda.
10 TURAXONMASJIDI Izbosan tumani, A.Navoiy MFY N40°53'37,4629" E72°14'51,2665" To‘raxon masjidi 1987 yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan masjid binosi bo‘lib, 2006 yili viloyat hokimining topshirig‘iga binoan madaniy meros obyekti sifatida muhofazaga olingan. 2016 yilga qadar “Musulmonlar idorasi” sifatida foydalanilgan, keyinchalik diniy idora faoliyati to‘xtatilib, tadbirkorga faoliyat ko‘rsatish uchun foydalanishga topshirilgan.
11 Poytug‘ Aziz mozori Izbosan tumani, A.Navoiy MFY N40°53'36,6315" E72°15'08,7383" Poytug‘ aziz mozori Poytug‘ shahri A.Temur MFY hududida joylashgan bo‘lib, qachon paydo bo‘lgan davri noma’lum. Qabr-ziyoratgoh hisoblanib, choyxona tashkil etilgan. Viloyat hokimining 2006 yil № 218-sonli qaroriga asosan davlat muhofazasiga olingan. Mazkur ziyoratgoh bugungi kunda ziyoratchilarni qabul qilmoqda.
12 Oqmozor ot aziyoratgohi Izbosan tumani, Birlashgan MFY N40°57'36,2615" E72°14'13,4674" Izboskan tumanidagi Birlashgan MFY hududida joylashgan “Oqmozor ota” mozor-ziyoratgohi 1400 yilda faoliyat boshlagan, 9,1 ga yer maydoniga ega, harakatdagi qabriston hisoblanadi. “Oqmozor ota” ziyoratgohi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
13 Xo‘jaqambar ota ziyoratgohi Izbosan tumani, A.Jom’e MFY N40°55'23,4406" E72°14'28,3679" : Mahalliy ziyoratgoh madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. “Xo‘jaqambar ota” ziyoratgohi 1902 yilda faoliyat boshlagan 2,6 ga yer maydoniga ega, harakatdagi qabriston bo‘lib, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi tomonidan 2018-2021 yillarda restavratsiya qilish uchun taklif etilayotgan madaniy meros obyektlari ro‘yxati”ga kiritilgan hamda davlat tomonidan 250 mln. so‘m miqdorda pul mablag‘i ajratilgan.
14 “Yunus ota” ziyoratgohi Qo‘rg‘ontepa tumani, Jannatmakon MFY. N40°46'04,4059" E72°55'40,9947" Yunus ota ziyoratgohiga 1800-1803 yillar Devonaboy tomonidan asos solinib, Mirzaqul Bo‘lish tomonidan qurilgan. Aytishlaricha Andijonsoy daryosi qurilayotganda daryodan o‘z xolatini yo‘qotmagan mayid topilgan va uni mayidni aziz odam deb o‘sha tepalikka qo‘yilgan deyiladi. Bu yerda xam odamlar farzand so‘rab keladilar, mushkullari oson bo‘lishi uchun ehson qiladilar.
15 Abduraxmonboy madrasasi Qo‘rg‘ontepa tumani, Qirlik MFY. N40°48'48,7143" E72°49'57,2184" Abduraxmonbiy eski masjid binosi 1898 yilda qurilgan bo‘lib sobiq ittifoq davrida xaroba holatiga kelib qolgan. Bino tadbirkor Muqimov Murod sotib olgandan so‘ng bino ta’mirlanib xozirda mini market savdo shahobchasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Binoning xolati qoniqarli.
16 “Bibi seshanba” ziyoratgohi Qo‘rg‘ontepa tumani, Jannatbuloq MFY. N40°44'51,2265" E72°55'46,9000" Bibiseshanba ziyoratgohi 200 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, xozirda bu yerda ziyoratgoh atrofidagi buloq suvlaridan shifo olish uchun qeladilar. Ziyoratgoh atrofida ko‘k buloq, so‘ngal buloq, yara-chaqa buloqlari shifobaxshdir. Ziyoratgoh qadamjodir xar chorshanbakuni bu yerga kelib kokil kestiradi hamda farzand ko‘rmaganlar o‘zlariga farzand tilaydilar.
17 “Fozilmon” ziyoratgohi Qo‘rg‘ontepa tumani, Xonobod massivi, Fozilmon MFY N40°48'51,4500" E72°59'39,6100" Andijon viloyatining qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan eng chekka sharqiy-janubiy hududida joylashgan. Ming bir dardga da’vo bulog‘ining xayotbaxsh tirik suvlaridan necha asrlar davomida ko‘plab odamlar shifo topib keladi. XIII asrda yashab o‘tgan diniy ulamo, Sayid Fozilmon Dehlaviy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, olamdan o‘tgach shu joyga dafn qilingan. XVI asr oxirida kelgan kuchli sel natijasida Fozilmon ota maqbarasi tekislanib, loyqa ostida qoladi. 1805 yilda diniy ulamo, o‘zbek mumtoz adabiyotining vakili shoir Xo‘jamnazar Xolmuxammad o‘g‘li Huvaydoning o‘g‘li Xolmuhammad Eshon ibn Xuvaydo tomonidan qabr o‘rni aniqlanib, maqbara qayta tiklanadi..
18 Quloqbuloq ziyoratgohi Marhamat tumani, Sho‘rqishloq MFY N40°31'55,0094" E72°17'56,7652" Buloq suvi qurigan. Buloq joylashgan xudud mahalliy aholiningziyoratgohi va ular tomonidan exsonlar qilinadi.
19 QO‘YChI HALFA Marhamat tumani, Chilon MFY N40°30'06,4434" E72°22'32,3268" XVIII asrda yashab o‘tgan diniy ulamo bo‘lib. avliyo darajasiga yetishgan shaxs.
20 TABIBMULLA ABDUJABBOR BULOG‘I Marhamat tumani, Shaxriston MFY N40°30'48,0292" E72°21'26,5495" XVIII asrda yashab o‘tgan diniy ulamo bo‘lib. avliyo darajasiga yetishgan shaxs.
21 Xalfa xoji masjidi Andijon tumani Bo‘taqara shaharchasi, “Mart” MFY, Qorabosh ko‘chasi N40°50'30,6916" E72°24'51,7807" Xalfa xoji masjidi 1909 yili barpo etilgan. Madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Xozirgi kunda Otalar choyxonasi sifatida foydalanilmoqda.
22 Matkosim Alam masjidi Andijon tumani Bo‘taqara shaharchasi, “Mart” MFY, Qorabosh ko‘chasi N40°50'44,3660" E72°25'16,7220" Andijon tumani Bo‘taqora qishlog‘i Mart MFY Qorabosh ota ko‘chasida joylashgan. Matqosim A’lam masjidi 1909 yili barpo etilgan. 2015 yilda qayta ta’mirlanib, “Qorabosh ota” jome’ masjidi nomi berilgan.
23 Qarobosh ota ziyoratgohi Andijon tumani Bo‘taqara shaharchasi, “Mart” MFY, Qorabosh ko‘chasi N40°50'36,0113" E72°24'44,6980" Andijon tumani Bo‘taqora qishlog‘i Mart MFY Qorabosh ota ko‘chasida joylashgan. “Qorabosh ota” ziyoratgohi tarixi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
24 Kechkich ota (Mozor buva) ziyoratgohi Andijon tu Yangi obod aholi punkti, “Bekobod” MFY, Bekobod ko‘chasi N40°53'19,1800" E72°24'52,7600" Kechkich ota (Mozor buva) ziyoratgohi diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. Binoning xozirgi holati qoniqarli darajada.
25 Mehmoni Valiy ziyoratgohi Andijon tumani Xartum shaharchasi, “Islomobod” MFY, Mehmon Valiy ko‘chasi N40°43'27,8460" E72°26'42,9756" “Mehmonvaliy” ziyoratgohi diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lib xisoblanadi. Binoning xozirgi holati yaxshi. Lekin obyekt holati ta’mirtalab holatda. Ziyoratgohning e’tiborli tomoni shundaki, bu yerda Mehmon valiy qabri mavjud. Obyektni kelajak yoshlarga yetkazib berish uchun bir qator bino va inshootlar qurish va eskilarini ta’mirlash zarur.
26 Jome’ me’moriy majmuasi (madrasa va minora Andijon shaxar “Erkin” MFY, Abdurauf Fitrat ko‘chasi, 256‒uy N40°47'17,0691" E72°20'42,6178 Jome’ me’moriy majmuasi XIX asr oxirida Muhammadali boy tomonidan taniqli me’mor usta Isaxon Muhammad Muso o‘g‘li loyihasi bilan Farg‘ona vodiysi me’morchilik maktabi milliy an’analari asosida bunyod etilgan. Umumiy maydoni 3 gektardan ortiq. Majmua to‘rtburchak shaklda qurilgan bo‘lib, to‘rtta burchagida gumbaz, g‘arbiy tomonida xonaqox, minora va 50 ta xonadan iborat. 1990-1993 yillarda xonaqoh to‘liq ta’mirlangan. Majmua avval diniy ta’lim dargohi keyinchalik, bozor, urush yillarida esa axoli turar joyi, so‘ng omborxona, 1989-1995 yillar diniy o‘quv madrasa, 1995-2016 yillarda Adabiyot va san’at muzeyi sifatida faoliyat ko‘rsatilad.
27 Ark ichi madrasasi “Zahiriddin Muhammad Bobur” MFY, Bozor ko‘chasi, 21‒uy N40°47'12,3536" E72°20'33,6764" Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi bo‘limi sifatida foydalaniladi. XVI asr
28 Devonaboy masjidi “Muhammad Aliboy” MFY, Islom Karimov ko‘chasi N40°47'17,2812" E72°20'26,3186 Devonaboy masjidi aholisi o‘ta zich joylashgan islom dini rivojlangan Andijon shahrida xayit va juma namozlari o‘qiladigan markaziy masjid hisoblangan. O‘z davrida qurilgan ana shunday markaziy namozgoh bo‘lgan.1870 yil
29 Sirli masjid Andijon shaxar “Namuna” MFY, Shahrixon ko‘chasi N40°46'47,8500" E72°20'40,6600 Mazkur obyekt Andijon shahrining g‘arbida joylashgan bo‘lib, aholi yashash hududida milliy me’morchilik an’analari asosida qurilgan tarixiy yodgorligi hisoblanadi. Ushbu obyekt hususiy mulk hisoblanib, fuqarolarga ijaraga berilganligi sababli, hozirda qarovsiz, ta’mirtalab holatda. XX asr
30 Chinortagi masjidi Andijon shaxar “G‘ayrat” MFY, G‘ayrat ko‘chasi N40°47'23,5721" E72°20'51,7847 Chinortagi masjidi Andijon shahrining eski shahar hududida joylashgan bo‘lib, milliy me’morchilik an’analari asosida qurilgan. Saqlanish holati yaxshi. Bugungi kunda masjid sifatida foydalanilmoqda. XX asr
31 Xonaqo masjidi Andijon shaxar “Hursandlik” MFY, Ostonaguzar ko‘chasi, 71uy N40°45'42,5880" E72°19'44,7419" : O‘zbekistondek jannatmakon o‘lkamizda juda ko‘plab tarixiy obidalar mavjud. Shularni ichida Andijon shahridagi Hursandlik mahallasi Ostonaguzar ko‘chasida joylashgan “Xonaqo” jome masjidi bo‘lib, bu tarixiy obida 1561-yili janob xazrat Sherali Eshon tomonidan qurilgan. Bu yerda 1561-yildan buyon hozirgi vaqtgacha masjid xizmatida bo‘lgan eshon va mahdumlar sulolasi bor.1560 yil.
32 Masjid binosi Andijon shaxar “Gumbaz” MFY N40°47'59,5776" E72°20'05,4835" Mazkur obyekt 1994 yilda bunyod etilgan bo‘lib, mahalliy ustalar tomonidan naqsh, ganch, yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan. Hozirda masjid binosi foydalanilmaydi.1994 yil.
33 Pistamozor ota ziyoratgohi Andijon shaxar “Pistamozor” MFY N40°44'37,1388" E72°21'39,0014" Pistamozor ota ziyoratgohi bo‘yicha rasmiy tarixiy ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu yodgorlik Andijon shahrining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, bu yerga ko‘proq dardmanlar dardiga shifo so‘rab ziyorat qiladilar.
34 Yorkentli shayx ziyoratgohi Andijon shaxar “Gumbaz” MFY, O‘zgarish ko‘chasi N40°47'41,8628" E72°20'01,1004" Andijon shahar Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi qabriston sifatida foydalanadi. Tavsif: Yorkentli shayx XVII asrda yashab o‘tgan ulamo bo‘lib, aytishlaricha Offoq hojaning avlodlaridan bo‘lgan. 1866 yilda Xudoyorxon tomonidan mazkur mozor nomiga inoyatnoma berilgan. XVII asr.
35 Bobo Tavakkal ziyoratgohi Andijon shaxar “Maydonbozor” MFY N40°48'01,2441" E72°20'28,5996" Bobo Tavakkal ziyoratgohi 10-asrlarga oid moddiy madaniy meros obyekti bo‘lib, xalq orasida turli rivoyatlar mavjud. Ya’ni Bobo Tavakkal uzun bo‘ylik, yuzidan nur yog‘ilib turadigan inson bo‘lib, shaharga dushmanlar hujum qilganda uning xaybati bosib, urushlar ham to‘htab qolar.
36 Qo‘chqorli ota maqbarasi Andijon shaxar “Jumabozor” MFY, Bo‘taqara ko‘chasi N40°48'02,1354" E72°21'40,4399" Qo‘chqorli ota ziyoratgohi XVII asrga oid diqqatga sazovor joy bo‘lib, rivoyatlarga qaraganda Andijon shahrini qo‘riqlab turadigan yetti aziz avliyolardan biri bo‘lgan. Oldida har doim qo‘chqori bilan yurgani uchun el orasida “Qo‘chqorli ota” nomi bilan tanilgan bo‘lgan. XVIIasr
37 Oq go‘r ota ziyoratgohi Andijon shaxar “Maorif” MFY, Narimon ko‘chasi N40°46'26,8304" E72°22'00,0596" Yorkentli shayx XVII asrda yashab o‘tgan ulamo bo‘lib, aytishlaricha Offoq xojaning avlodlaridan bo‘lgan. 1866 yilda Xudoyorxon tomonidan mazkur mozor nomiga inoyatnoma berilgan. XVII asr.
38 Mirpo‘stin ota ziyoratgohi Andijon shaxar “Pistamozor” MFY N40°44'37,8664 E72°22'42,5310" Pistamozor ota ziyoratgohi bo‘yicha rasmiy tarixiy ma’lumotlar mavjud emas. Ushbu yodgorlik Andijon shahrining janubiy qismida joylashgan bo‘lib, bu yerga ko‘proq dardmanlar dardiga shifo so‘rab ziyorat qiladilar.
39 Usta pir ota ziyoratgohi Andijon shaxar “Zahiriddin Muhammad Bobur” MFY N40°47'11,3577" E72°20'34,3933 Mazkur yodgorlik Andijon shahrining eski shahar qismidagi hunarmadchilik etnografik hududining oxirida joylashgan bo‘lib, aniq tarixiy ma’lumotlar mavjud emas. Hozirda obyekt ta’mirga muhtoj.
40 Duvoxon aziz ziyoratgohi Andijon shaxar “Zahiriddin Muhammad Bobur” MFY, Bozor ko‘chasi N40°47'05,2032" E72°20'41,1188 Davlat mulki. Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
41 Yalang‘och to‘ra ziyoratgohi Andijon shaxar “Qalandarxona” MFY N40°47'46,7046" E72°21'29,0608" Mazkur ziyoratgohga xalq o‘rtasida “Yalang‘och to‘ra” yohud “Shapaloq to‘ram” nomi bilan mashxur bo‘lgan Mozolxon Qoraxon to‘ra o‘g‘li (1881-1954 y.) dafn etilgan. Ul zot ust-bosh kiymay, doimo yalang‘och, yalangbosh (faqat oq ishton) bilan yurgan ekan. Ularning avlodlari ota tomonidan Xazrati Baxouddin Naqshbandga, ona tomonidan Imomi Xusayniy shajarasiga mansub Xidoyatullo Ofoq xoja nasablariga borib qadaladi.
42 Ahmadali Maxdum masjidi Asaka shahar, “O‘zbekiston” MFY, Toshloq ko‘chasi, 30‒uy N40°38'40,4070" E72°14'31,1432" Asaka shahar, “Toshloq ko‘chasi” 30-uyda joylashgan “Ahmadali Mahdum masjidi” 1854 yilda mahalliy aholi tomonidan krib bitkazilgan, 1939 yilda qayta qurilgan. Hozirgi kunda bir qator davlatlardan masjidga turistlar kelib turadi. 1939 yil
43 Tillaxon masjidi Asaka shahar, “Shodlik” MFY, Tillaxon ko‘chasi, 93‒uy N40°38'16,1241" E72°14'29,6855" Asaka shahar, “Shodlik” ko‘chasi 93-uyda joylashgan “Tillaxon” masjidi 1880 yilda qurilgan. Hozirgi kundagi holati qoniqarsiz. 1880 yil
44 Holid Ibn Valid masjidi Asaka shahar, “Beruniy” MFY, Abdurahmon Jomiy ko‘chasi, 1‒uy N40°38'52,8706" E72°14'46,1781 “Xolid Ibn Valid” masjidi 2004 yilda Asaka shahrida qurib bitkazilgan. Xozirgi kunda Asakadagi eng yirik va ko‘rkam, turistlar ko‘p keladigan masjidlardan biri hisoblanadi.2004 yil
45 Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi Asaka shahar, “Shodlik” MFY, Imom Buxoriy ko‘chasi N40°38'37,6808 E72°15'02,2628 : Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi, xalq tilida asosan “Pistamozor” deb yuritiladi. VII asr Koraxoniy podshohlar davrida 70 yilcha O‘zgan shahri poytaxti hisoblangan. Boburnomada yozilishicha o‘sha davrda O‘zganda yashagan ulug‘ zot Qilich Burxoniddin Said avlodidan bo‘lib payg‘ambarimiz avlodiga borib taqaladi. Z.M.Boburning piri xam o‘sha avloddan bo‘lgan. Qo‘qon xonligi tashkil topgach atrofdagi shahar va qishloqlarga o‘sha ulug‘ zotlarning avlodlaridan yuborilgan. Xo‘ja Abdullox Asakaga kelib o‘rnashib aholiga ilm ma’rifat tarqatgan. Tahminan 1840 yilda vafot etgan.
46 Yetti og‘a‒ini ziyoratgohi Asaka shahar, “Hamdo‘stlik” MFY, Mardlik 3‒tor ko‘chasi N40°39'01,2500" E72°13'23,0200" Asaka shahar Hamdo‘stlik mahallasida joylashgan Yetti og‘a-ini diqqatga sazovor joy bo‘lib, qachondan buyon borligi noma’lum, juda katta tut daraxti bor.
47 Oqsaqol ota ziyoratgohi Asaka tumani Ozod aholi punkti, “Ozod” MFY, Ozodlik ko‘chasi N40°38'50,4200" E72°10'18,4000" . Asaka tumani “Ozod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Oqsaqol ota ziyoratgohining tarixi noma’lum. Ziyoratgohda daraxt orasidan chiqib turuvchi buloq bo‘lib, xalq bu buloqning shifobaxshligi va bir qator kasalliklarga davo topganliklaridan yaxshi niyat ila Oqsoqol ota qabrini ziyorat qilgani kelishadi.
48 Muhammad Siddiq Eshon ziyoratgohi Asaka tumani Xonaqo aholi pnukti, “Xonaqa” MFY N40°39'58,0087" E72°13'47,3847" Muxammad Siddik Eshon Ota 1680 yilda Asaka tumani “Qizilayoq” maxallasida tugilgan. Muxammad Siddik Eshon Ota Buxorodagi madrasada diniy-islomiy bilim olish bilan birga, madrasa mudarrislaridan tibbiy darslar xam olgan. Tibbiyot fanini “Ruxshunoslik” ilmini puxta o‘zlashtirgan. Buxoro madrasasini tugatgandan sung, Bog‘dod madrasasiga o‘qishga yuboriladi.
49 “Ko‘k Qo‘chqorota ziyoratgohi” Bo‘zariq aholi punkti, “Bo‘zariq” MFY, Uzun ko‘chasi N40°36'41,4572" E72°11'35,8916" Davlat mulki.Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
50 Mulla Hidirali masjidi Baliqchi tumani, Chinobod MFY” N40°52'31,5599 E71°58'17,5306 Ushbu obyekt 1996 yili "Mulla Xidirali" jome masjidi nomi bilan atab kelingan. Ushbu obyekt Halq xashari yo‘li bilan qurilgan.
51 Qaqirchek masjidi Baliqchi tumani, Chinobod MFY” N40°47'33,6620 E71°53'42,9244 Ushbu ob’ek 1989 yili xalq hashari tashabbusi bilan qurilgan. 1889 yildan 19927 yilga qadar masjid sifatida foydalanilgan 1960 yilgacha boshlang‘ich maktabi uchun xizmat qilingan.
52 So‘fi ota masjidi Baliqchi tumani, Turkiston MFY N40°54'50,0407 E71°52'00,7077 Ushbu obyekt milodiy I-asrda "So‘fi ota" ziyoratgohi nomi bilan atab kelingan. Ushbu obyektga mahalliy aholi hamda respublikamiz bo‘ylab tashrif buyuruvchi fuqarolar ehson qilish, xayriya qilish maqsadlarida tashrif buyurishadi.
53 So‘fi ota maqbarasi Baliqchi tumani, Turkiston MFY N40°54'49,1003 E71°52'04,8133 Ushbu obyekt arxitektura yodgorligi bo‘lib, 1980 yili barpo qilingan. Obyekt So‘fi ota maqbarasi deb nomlanadi va mahalliy aholi bu yerda kelib qur’on tilovat qiladilar.
54 Xotamxon to‘ra masjidi Baliqchi tumani, Muqanna MFY, Qaqirchek ko‘chasi. N40°54'30,4714 E71°50'42,7939 Ushbu obyekt 1910 yili Saidxonto‘ra tomonidan bunyod etilgan. 1930 yilga qadar jome’ masjid bo‘lgan
55 Masjid binosi Baliqchi tumani, Zakkash MFY, Yoshlar ko‘cha N40°52'49,3809 E71°57'54,0775 Ushbu obyekt dastlab Zakkash MFY Yoshlar ko‘chasida joylashgan bo‘lib, 1776 yili hashar yo‘li bilan qurilgan. “Mamarizo xoji o‘g‘li mulla Xojimad” nomi bilan yuritilgan.
56 Qirg‘izbobo ziyoratgohi Baliqchi tumani, Saxovat MFY, Fidokor ko‘chasi 67-uy N40°50'48,3899" E71°57'50,7702" Ushbu obyekt milodiy I-asrda “Qirg‘iz buva” ziyoratgohi nomi bilan atab kelingan. Ushbu obyektga mahalliy aholi hamda respublikamiz bo‘ylab tashrif buyuruvchi fuqarolar ehson qilish, xayriya qilish maqsadlarida tashrif buyurishadi.
57 Go‘zal ota ziyoratgohi Marhamat tumani, Ziyokor MFY N40°33'57,0578" E72°21'05,4249" VII-VIII asrlar Arab xalifaligi tomonidan Markaziy Osiyoga yuborilgan. Islom dinini targ‘ib qilgan. Yetti pir avliyolardan biri hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda Avliyoni nazari tushgan va ihlos qilgan ko‘r odamni ko‘zi ochilgan. Bugungi kunda Avliyoni qabri joylashgan xududdagi tuprog‘ida xar xil ko‘z kasalliklariga shifo sifatida foydalaniladi.
58 Xo‘jabosmon ota ziyoratgohi Marhamat tumani, Xo‘jaariq MFY N40°33'42,4340" E72°17'37,2673" VII-VIIIasrlar Arab halifaligi tomonidan Markaziy Osiyoga yuborilgan. Islom dinini targ‘ib qilgan. Yetti pir Avliyolardan biri hisoblanadi. Urushlardan so‘ng xar xil kassaliklar tarqagan mahalliy qishloq odamlariga ichimlik suvi va shifobaxsh suv buloqlarini o‘rganib aholiga taqdim qilgan va xozirgi kunda ham ziyoratgoh xududida uchta buloqdan odamlar xar xil teri kasalliklari va ichki yaralarga shifo topish maqsadida foydalanib kelishmoqda.
59 Segazaqum ziyoratgohi Shahrixon tumani, Segaza qum MFY. 39.779522,64.438038 Fayzobod xonaqosi 1598-1599 yillarda mashhur so‘fiy Mavlono Poyanda Muhammad Axsi tomonidan qurdirilgan.
60 Maslahat ota ziyoratgohi Shahrixon tumani, Maslaxattepa MFY 39.751713,64.429599 Mazkur obekt Maslaxat ota diqqatga sazovor joy sifatida madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Xozirgi kunda Shahrixon tumanidagi xarakatdagi qabriston xisoblanadi.
61 Buvanazar buva Shahrixon tumani, Nayman MFY Davri: 1885 yil N40°40'09,4313" E72°07'37,9922" Buvanazar buva Ziyoratgohi 1885 yilda barpo etilgan bo‘lib madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
62 Oq to‘nlik ziyoratgohi Shahrixon tumani, Oqto‘nlik MFY, Okto‘nlik ko‘chasi N40°41'50,1600" E72°06'47,9900" Mazkur obyekt Oq to‘nlik mozori shu vaqtgacha qabriston sifatida foydalanib kelingan.
63 Ko‘kto‘nlik ziyoratgohi Shahrixon tumani, Andijon MFY, Asaka ko‘cha N40°42'28,2600" E72°05'18,7200" Mazkur obekt Ko‘kto‘nlik (hozirda Teraklimozor nomi bilan yurtitidi)shu vaktgacha qabriston sifatida foydalanib kelingan. Mazkur obyekt Shahrixon tumani axolisiga xizmat qiladi.
64 Mushkulkushod ziyoratgohi Shahrixon tumani, Beshmaxala MFY, Qo‘rg‘oncha ko‘chasi 105-uy N40°45'25,7800" E72°00'58,9400" Mazkur obyekt Mushkulkushod mozori shu vaktgacha qabriston sifatida foydalanib kelingan.
65 Xazrati Bilol masjidi Shahrixon tumani, Do‘rman MFY, Do‘rman N40°41'13,4374" E72°09'43,0209" Xazrati Bilol masjidi xozirgi kunda Shahrixon tumani Do‘rman MFY xonaqa masjidi hisoblanib, namoz o‘qish uchun musulmonlar idorasi sifatida foydalanib kelinadi. Mahalliy aholi vakillari tomonidan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
66 Gultepa masjidi Shaxrixon, Andijonlik MFY, Asaka kuchasi 50-uy N40°42'39,8400" E72°04'19,2000" Mazkur obyekt Shahrixon tumani Andijonlik mahalla fukarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, mahalla aholisining namoz o‘qish uchun masjid xisoblanib kelgan
67 Qipchaqqo‘rg‘on masjidi Shahrixon tumani, Markaz MFY, Qipchaqqo‘rg‘on ko‘chasi N40°39'11,7000" E72°09'30,6100" Ushbu obyekt 1909 yili Mamadaliev Nabijon ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi hamda tarix fani o‘qituvchisining monumenti maktab ma’muriyati tomonidan qurilgan. Shu yildan buyon, shu qishloqdagi aholi hamda maktab ma’muriyati tomonidan xotirlanib guldastalar qo‘yilib kelinmoqda. Ushbu obyekt qayta ta’mirlashga muxtoj.
68 Dorilomon masjidi Shaxrixon, Dorilomon MFY, Dorilomon kuchasi N40°44'08,7991" E71°58'00,9206" Mazkur obyekt tarixiyligi saqlab qolingan. Unda ta’mirlash ishlarini olib borish zarur. Mahaliy aholi vakillari toomonidan muntazam obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
69 Gumbaz masjidi Shaxrixon, Nayman MFY, Nayman kuchasi N40°40'10,3500" E72°07'38,6700" Mazkur obyekt Shahrixon tumani Gumbaz MFYda joylashgan bo‘lib, tuman aholisini namoz o‘qishi uchun masjid xisoblangan. Ushbu obyekt Buvanazarxoji eshon Qurbonboy (Oxund) o‘g‘li mablag‘i tomonidan qurilganligi sababli Buvanazar ziyoratgohi ham deb yuritiladi.
70 Ponsod masjidi Shaxrixon tumani, Shahrixon shoh ko‘chasi N40°42'51,0000" E72°03'29,8200" Mazkur obekt Shahrixon tumani markazida joylashgan bo‘lib, tuman aholisini namoz ukish uchun masjid xisoblanadi.
71 Qambar Ota ziyoratgohi Xo‘jaobod tumani, Yangi farg‘ona MFY N40°35'00,8257" E72°45'08,5124" Paydo bo‘lgan davri noaniq. Yangi aniqlangan madaniy meros obyekti hisoblanadi.
72 “Manak ota” ziyoratgohi Xo‘jaobod tumani, Beshqavoq MFY N40°36'48,0409" E72°37'31,6848" “Manak ota” ziyoratgohi tog‘ yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, ajoyib manzaraga ega. Hozirgi kunda ushbu ziyoratgohga viloyatimizning turli tumanlaridan ziyorat qilish istagida kelishmoqda, holati qoniqarli darajada
73 “Imom ota” ziyoratgohi Xo‘jaobod tumani, Tosh ota MFY N40°32'50,3165" E72°36'29,8305" “Imom ota” ziyoratgohi tog‘ yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, ajoyib manzaraga ega. Hozirgi kunda ushbu ziyoratgohga viloyatimizning turli tumanlaridan ziyorat qilish istagida kelishmoqda. Hozirda rekonstruksiya ishlari olib borilmokda
74 Jom’e masjidi Xo‘jaobod tumani,Jom’e MFY N40°40'12,2581" E72°33'30,0800" “Jom’e masjidi” arxitektura yodgorligi 1996 yilda barpo etilgan. Ushbu yodgorlik hunarmandlar tomonidan o‘ymakor naqshlar va o‘chmas ranglar bilan bezatilgan. Hozirda “Jom’e masjidi” tumanning nufuzli masjidlaridan biridir.
75 “Xo‘ja Taqsim ota” ziyoratgohi Paxtaobod tumani, Ma’rifat MFY N41°02'11,3931" E72°20'31,6223" Poytug‘da alimaydon bo‘lgan. Keyinchalik odamlar odamaydon deb xam atashgan. Bu joy o‘rnida sovxoz paydo qilinmay, oldin kichkina-kichkina ko‘lchaklardan iborat bo‘lgan. Hazrati Muxammad alayhisalomning kuyovi hazrati Alisher kofirlar bilan shu joyda to‘qnash kelib, juda katta jang bo‘lgan. Jasadlardan oqqan qon hidi kunning issig‘ida olamni tutib ketgan.
76 “Ovushqa ota” ziyoratgohi Paxtaobod tumani, Teraktagi MFY N40°56'59,7840" E72°30'38,0367" Ovushqa ota 7 og‘aning kichigi Bul zot xaqqida xam hech bir manba yo bir rivoyat yo‘q.
77 “Kuktunli ota” mozori Paxtaobod tumani, Qumshaydon MFY N40°57'27,6051" E72°29'29,6243" Bu muqaddas dargox xaqida xatto rivoyat xam yo‘q. Faqat unga qarab turuvchi Jiyanbekov Mamaraxim akaning so‘zlab berishicha bazi tushlar sabab, bu yerga kelib qolgan va Ko‘kto‘nli ota kabrining tuprog‘idan ko‘k yo‘tal bilan og‘rib kelgan bemorga yalatib qo‘ysa yo‘tal taqqa to‘xtab dardiga shifo bo‘lar ekan. Xaqiqatdan, xam Namanganu-Buxoro, Samarqandu-Xiva, Andijonu-Qo‘qon, Jalolobodu-Toshkentlardan odamlar ixlos qilib kelishib dardiga davo topib ketmoqdalar.
78 “Havaskon ota” ziyoratgohi Paxtaobod tumani, To‘raobod MFY N40°57'25,8279" E72°25'31,6346" Havaskon ota ziyoratgohi qadimdan mashxur bo‘lib qirdan qirgacha odamlar kelib ziyorat qilib ketarkanlar. Bu joy xaqida deyarli aniq ma’lumot yo‘q. Ammo ikki xil rivoyat bor, lekin mazmun-mohiyati bir biriga o‘xshashib ketadi. Har ikki rivoyat xam VII-asr oxiri VIII-asr boshlarida arablarning o‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘lib, bir qadar o‘xshashligi ham mavjud. Birinchi rivoyatda, kunlarning birida u arab suvoriylari bilan otda birga kelib, Farg‘ona vodiysiga tushadi. Vodiyning har turli so‘lim go‘shalari va bog‘-rog‘larini ko‘rib yurib, hozirda o‘zi asos solgan Havaskon otaga kelib qoladi.
79 “Otako‘zi ota” madrasi Paxtaobod tumani, Qo‘rg‘oncha MFY N41°02'28,2248" E72°20'58,8388" Otako‘zi ota madrasi kurilishi xaqida ikki xil taxmin bor. Birinchisi 22 ta xujradan bitta katta xonakodan, ikkinchi xonadan xamda ikkinchi kavatida to‘rtta xujradan tashkil topgan. Bu tarixiy obidaning kurilishi xaqida O‘zbekiston xalk maorifi alochisi Muxammad Yusuf Mirzajonov shunday deydilar
80 “Saxna” masjidi Paxtaobod tumani, Toshqo‘gg‘on MFY N41°02'36,0028" E72°20'34,2548" 1908 yil qurilib bitkazilgan. Davlat muxofazasiga olinganligi to‘g‘risidagi qaror №218.2006 yil. Hozirda maxalla oqsoqollari nomoz o‘qib kelmoqdalar.
81 Qo‘shtepa masjidi Oltinko‘l tumani, O‘rta MFY. N40°49'26,8000" E72°01'30,8500" “Muxammadraximxon” jome masjidi Oltinko‘l tuman Safarobod maxallasida joylashgan. 2011 yil 8 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. “Muxammadraximxon” jome masjidi madaniy meros obyektlari tarkibiga kiradi. “Muxammadraximxon” jome masjidi XX asr boshlarida bunyod etilgan.
82 “Katta oq tepa” masjidi Oltinko‘l tuman Katta oq tepa MFY. N40°47'37,3526" E72°05'33,1110" “Katta oq tepa” masjidi Oltinko‘l tuman Katta oq tepa maxallasida joylashgan. 2011 yil 8 yanvarda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. “Katta oq tepa masjidi” madaniy meros obyektlari tarkibiga kiradi va davlat muxofazasiga olingan. Katta oq tepa masjidi XX asr boshlari bunyod etilgan.
83 “Mulla to‘ychi” ziyoratgohi Marhamat tumani, Yo‘lamatol MFY N40°33'27,0294" E72°23'48,8348" Diniy ulamo bo‘lgan ushbu shaxs, tabib va avliyo darajasiga yetishgan.
84 “To‘ra bobo” ziyoratgohi Marhamat tumani, Ziyokor Shukurmergan MFY N40°30'30,7259" E72°17'58,2838" XVIII asr o‘tgan diniy ulamo Avliyo darajasiga yetishgan shaxs.
85 “Oqbosh ota” ziyoratgohi Marhamat tumani, Oqbosh MFY N40°32'52,3639" E72°16'12,3798" X-XIasrlar diniy ulamo, tabib avliyo maqomiga erishgan inson. Oqbosh ota ziyoratgohi xududida joylashgan buloq suvlaridan foydalanib odamlardagi xar xil teri kasalliklari, so‘gal, yosh bolalarning sochiga oq tushishi va xar xil teri kasalliklarini davolashda foydalangan.
86 “Chashmai muborak” ziyoratgohi Marhamat tumani, Alitepa MFY N40°30'58,0599" E72°21'12,8097" XVII-XVIIIasrlar Mir Arab madrasasi mudarisi taxallusi Mulla O‘roq Eshon dafn etilgan. Dafn etilgan xudud Buloq ziyoratgoh muzey qilingan.
87 “Xotin qum” ziyoratgohi Marhamat tumani, Boboxuroson MFY N40°31'56,1181" E72°22'13,1387" XVIIIasrda Qo‘qon xonini suyukli xotini qattiq kasalga uchragan vaqtda tabiblarni maslahati bilan xonni buyrug‘iga asosan Xitoydan katta karvonda shifobaxsh qum keltirilayotgan vaqtda shu manzilga karvon yetib kelgan vaqtda xon saroyidan xabar keladi xonni suyukli xotini olamdan o‘tganligi va qum kerak emasligi, karvon ortga qaytib ketishligi xaqida ma’lumot olishadi. Karvon qumni shu manzilga to‘kib ortga qaytib ketadi. Mahalliy aholi bu qumni shifobaxshligidan foydalanadi.
88 . “Boboxuroson ota” ziyoratgohi Marhamat tumani, Boboxuroson MFY N40°31'59,1710" E72°22'21,4879" VII-VIIIasrlar Arab xalifaligi tomonidan Dovon davlati tugatilgandan so‘ng Farg‘ona vodiysiga yuborilgan. Yetti pir, yetti avliyoni biri xisoblanadi. Islom dinini targ‘ib qilgan. Boboxuroson ota ramziy qabri joylashgan maqbaraning ichidagi qayrag‘och daraxtini ostidan shifobaxsh suv chiqib turadi. Bu suv xar xil yomon yaralarga shifodir.Bu suvga nopok insonlarni nazari tushsa yo‘qolib qoladi. Shayx Qur’on tilovat qilgandan so‘ng 3 kundan so‘ng yana paydo bo‘ladi.
89 “Bandi ota” ziyoratgohi Marhamat tumani, Roxat MFY N40°30'03,3221" E72°22'56,3670" Dovon davlati poytaxti Ershi shaxrini Qadimiy axoli tomonidan sehr-jodu va tabiiy ofatlarga qarshi qurbonliklar keltirilgan joy. Xozirgi davrda xam islom dini tomonidan sexru jodu qoralanishiga qaramay bu xolat davom yetayotganligi sababli maxalliy axoli tomonidan bandi ota ziyoratgohida sehr- joduga qarshi in’omlar qilinadi.
90 “Oq mozor ota” ziyoratgohi Marhamat tumani, Ziyokor MFY N40°33'46,1899" E72°21'13,1672" X-XI asrlardan buyon mahalliy aholi tanaga tushgan oq dog‘larga tuprog‘idan shifo sifatida foydalanishadi va ixlos qilishadi.
91 “Mirishkor ota” ziyoratgohi Marhamat tumani, Mirishkor MFY N40°36'22,4283" E72°18'33,4417" VII-VIII asrlar Arab halifaligi tomonidan Markaziy Osiyoga yuborilgan. Islom dinini targ‘ib qilgan va Markaziy Osiyoga dehqonchilikni olib kirgan. Avliyo-dehqonlarni piri hisoblanadi.
91 Xristian cherkovlari


92 Rus mozori qo‘ng‘iroqxonasi Andijon shahar, Islomobod MFY N40°45'25,3900" E72°22'49,8600" Rus mozori qo‘ng‘iroqxonasi Andijon shahrining O‘sh ko‘chasida XX asr boshlarida qurilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar yaxshi holatda saqlanib kelinmoqda. Ushbu obyekt qadimiy va takrorlanmas me’morchilik yodgorligi sifatida xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etishi bilan ajralib turadi.
93 Avliyo Nikolay cherkovi Andijon shahar, Mustaqillik MFY. N40°45'23,1885" E72°21'38,6829" Avliyo Nikolay cherkovi yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obyekti hisoblanadi. Mazkur me’morchilik obyekti tarixiy ahamiyatga egaligi hamda eng asosiysi, yurtimizda birdamlik, hamjihatlik, millatlararo totuvlik, turli millat vakillari bilan do‘stlik muhitini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatdagi moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.
94 Obelisk va Xoch Andijon shahar, Bo‘ston MFY N40°47'09,3629" E72°23'23,0414" Obelisk va xoj yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obyekti hisoblanadi. Mazkur me’morchilik obyekti tarixiy ahamiyatga egaligi hamda eng asosiysi, yurtimizda birdamlik, hamjihatlik, millatlararo totuvlik, turli millat vakillari bilan do‘stlik muhitini yanada rivojlantirish maqsadida viloyatdagi moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring