Foto va Video

Toshkent shaxri

1595


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 “Hazrati Imom” majmuasi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi 41.337401, 69.239442 Toshkentning eski mahallasi Sebzorda asrlar bo‘yi qurilib kelgan tarixiy-meʼmoriy obidalarning to‘liq majmuasidan iborat Xazrati Imom maydoni joylashgan. Tarixiy binolar ansambli islomning Toshkentdagi birinchi imomi va targ‘ibotchisi Kaffol ash-Shoshiy mozori atrofida paydo bo‘la boshladi va maydonga "Hazrati Imom " nomi berilgan. Abubakr Muhammad ibn Ali Ismoil al-Kaffol ash-Shoshiy 903 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U islom ilohiyoti ustunlaridan bo‘lgan imom al Buxoriy va Muxammad at-Termiziyning maʼnaviy izdoshi deb hisoblangan.
2 “Shayx Xovandi Tohur” (Shayxontohur) majmuasi Toshkent shahar, Shayxantohur tumani, M.Uyg‘ur ko‘chasi 22 41.306971, 69.255002 Shayx Xovandi Tohur maqbarasi, ziyoratxona va go‘rxonadan iborat. Mavjud yodgorlik 15-asrga oid ko‘hna maqbara poydevori ustiga 18–19-asrlarda qurilgan; bunda Movarounnahr¬da 14-asr oxiridan rivojlangan ikki xonali bo‘ylama maqbara-majmua tarhlari saqlab qolingan.Maqbaraning bino yuzasidan sal chiqib turuvchi kichik peshtog‘i bor, ichki devorlari chuqur ravoqli. Xonalar gumbazlar b-n yopilgan; go‘rxona gumbazi qo‘shqavat bo‘lib, 12 qirrali asosga o‘rnatilgan.
3 “Xo‘ja Allambardor” majmuasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Komolon mozori 41.305820, 69.230109 Xo‘ja Allambardor majmuasi Komolon mahallasi hududidagi qabriston ichida joylashgan. Majmua hozirgi kunda maqbara, chillaxona, eski va yangi masjid binolaridan va kattagina hovlidan iborat. Maqbara Markaziy Osiyo islom dinining dastlabki targ‘ibotchilaridan biri, imom Abubakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol Shoshiyning bobokaloni Xo‘ja Abdulaziz Alambardorga atab qurilgan.
4 “Suzuk ota” majmuasi Toshkent shahar, Shayxantohur tumani 41.318002, 69.224333 Majmuaning kirish qismida avtoturargoh, muzey, do‘kon, kutubxona, ichkarida “Suzuk ota” maqbarasi va undan so‘ng masjid bunyod etilgan. Majmuaga kiraverishda yo‘lning ikki tomonida hunarmandlar uchun ikki qavatli o‘ttiz to‘rtta namunali uy-joy qurildi.
5 “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, (So‘galli ota va Go‘zal ko‘chalari kesishmasi) 41.259340, 69.186363 Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetib, bugungi kunda 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi.
6 “Xayrobod Eshon” majmuasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Zargarlik va Al Xorazmiy ko‘chasi kesishuvi 41.275803, 69.195116 Xayrobod Eshon majmuasi meʼmoriy yodgorligi (18–19-asrlar). Xayr¬obod Eshon mablag‘iga usta Qoraxo‘ja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarihli (7,5x7,7 m), bezaksiz, pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Masjid to‘rtburchak xonali (12,5x16,5 m), oldi va shimoliy tomonidan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va navoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islomiy naqshlar bilan bezatilgan. 20-asrda taʼmirlangan.
7 “Islom ota” masjidi Toshkent shahar, Yashnobod tumani 41.277086, 69.309358 2016 yil 7 oktyabr – hijriy Zulhijja oyida muborak Juma kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida muhtasham «Islom ota» jomeʼ masjidi qayta qurilishdan so‘ng faoliyat boshladi. Masjid binosi 2015 yil bahor oyida chiqqan yong‘idan butunlay kuyib, tamoman yaroqsiz holga kelgan edi. Binoninng qoldiqlarini buzish jarayonida bunga yana bir bor amin bo‘lindi. Shu bois, masjid mutasaddilari va mahalla faollarining taklifiga binoan, Toshkent shahar hokimligi masjidni tubdan boshqa qurishga ruxsat berdi.
8 “Minor” masjidi Toshkent shahar, Yunusobod tumani. Kichik halqa yo‘li 41.335334, 69.275056 Masjidga “Minor” nomining berilishi uning shu nomli mahallada joylashganligi sabablidir. “Minor” aslida arabcha “manor” so‘zidan olingan bo‘lib, “mayoq”, “balandlik” kabi maʼnolarga dalolat qiladi. Masjid barcha zamonaviy shart-sharoitlar va qulayliklarga ega.
9 “Orifjonboy” masjidi Toshkent shahar, Toshkent siti 41.336435, 69.259462 Ikkinchi Jahon urushi paytida (1939-1945) masjid binosida harbiy komissarlik vazifasini o‘tagan. Urushdan keyin binoda qishloq xo‘jaligi texnikumi joylashgan. 1991-1992 yillarda hozirgi kungacha bino masjid kabi ishlaydi.
10 “Xo‘ja Axror Vali” masjidi Shayxontohur tumani, “Gulzor” mahallasi, Haqiqat ko‘chasi, 22 41.323836, 69.237654 Xo‘ja Ahror Vali juma masjidi Chorsu maydonida joylashgan Registon ansamblining asosidir. Bu - Toshkentdagi O‘rta asrlar oxirlarida O‘rta Osiyoda urf bo‘lgan hovli tipidagi juma masjidining yagona namunasidir. Masjid to‘rtburchak shaklida, sharqiy- g‘arbiy ko‘ndalang o‘qi oxirida joylashgan yirik hajmdagi binoli maydon bo‘lib, bu kattaligi bo‘yicha O‘zbekistondagi uchinchi juma masjidi deyishning o‘zi kifoya. Uni shu turishdagi ikkita masjid - Samarqanddagi Bibi-xonim va Buxorodagi Kalyongina yo‘lda qoldiradi.
11 “Abulqosim madrasasi” Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 41.306774, 69.239970 Abulqosim madrasasi Toshkentning qadimiy va qadrli bo‘lgan madaniy yodgorliklardan biridir. XIX asrga oid mazkur madrasa bugungacha Abulqosim eshon, Maʼdixon qozi, Yangi mahalla madrasasi kabi nomlar bilan yuritilgan. Mazkur madrasa shahrimizning Beshyog‘och dahasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalqlar do‘stligi maydonlarining orasida joylashgan.
12 “Ko‘kaldosh madrasasi” Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, S mavzey 12-daxa 41.323319, 69.235817 “Ko‘kaldosh” madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo‘ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida “Ko‘kaldosh” madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining baʼzi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi. Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Bunga dalil sifatida tarixchilar 1569-1570 yillarda yozilgan vaqfnomani keltiradilar. Unga ko‘ra, Toshkent hokimi Sulton Darveshxon bir karvonsaroyni madrasaga vaqf qilib bergani aytilgan.
13 “Qo‘yliq ota” maqbarasi Toshkent shahri, Bektemir tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 41.238914, 69.321868 Qo‘yliq otatahminan1564 (hijriy 983)yili vafot etadi va bozor yonidagiqabristonga qo‘yiladi. U kishining nabirasi Olim Shayx Azizxon qarindoshlari bilan birgalikda Qo‘yliq ota qabri ustiga moʻjazgina maqbara qurishadi. O‘tgan asrning elliginchi yillarida Qo‘ylik ota maqbarasi buzilib ketish holiga kelib, suv ostida qolish xavfi tug‘iladi. Shuningdek daryo ustiga Yangi ko‘prik qurilib, Farg‘ona yo‘lini unga to‘g‘irlash zarurati paydo bo‘ladi. O‘shandan so‘ng Kuyliq otaning hokini boshqa joyga, hozirgi o‘rniga ko‘chiriladi va mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, 1994 yildamahsus loyiha asosida maqbara qurilgan.
14 “Muin Xalfa bobo” maqbarasi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 85-uy 41.337008, 69.240289 Muin Xalfa bobo maqbarasi Toshkentdagi XIX asrga oid meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, Samarqandlik xalfa (binokor usta) Muin maqbarani o‘zi uchun qurdirgan. Maqbara bir xonali, usti gumbazli bo‘lib, peshtoqi biroz oldinga chiqib turadi. Ichida Muin boboning va o‘g‘li Umarxonning qabrlari bor.
15 “Shayx Zayniddin bobo” maqbarasi Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha dahasi, Sag‘bon 41.322739, 69.204790 Shayx Zayniddin bobo 1164 yilda Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Shayx Zayniddinning otalari — Shayx Shahobiddin Abu Xafs Umar Suxravardiydir. U kishi atoqli olim va jamoat arbobi bo‘lib, “suxravardiyya” tasavvuf tariqatini yaratganlar. «Avoruf ul-maorif» nomli mashhur kitobning muallifi.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring