Surxondaryo viloyati

1149


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Rasmi (ob’ektning tashqi tomondan ko‘rinishi)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1 Murchbobo maqbarasi Termiz shahar, “At-termiziy” ko‘chasi 37.207958, 67.282788  
Mazkur masjid 1930-yillarda Termiz shahrida yashab o‘tgan Imom Aliboy boshchiligida halq tomonidan xashar yo‘li bilan barpo qilingan. Mazkur masjid nomlanishi yon atrofidan o‘sib chiqqan murch giyoxi bilan bog‘lik bo‘lib, ushbu masjidga «Murch bobo» nomi berilgan va shu nom bilan atalishiga sababchi bo‘lgan zot Sayyid Abdulvali Samarqandiy Al-Mulakkab (taxallusi) murch bobodir.
2 Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi Termiz tumani, “Al-Hakim At-Termiziy” MFY 37.266241, 67.189061
Al-Hakim at-Termiziy 9-asr oxiri 10 asr boshlarida vafot etgan. Uning qabri ustida maqbara qurilgan. Va mana shu maqbara atrofida 9-15 asrlarda al- Hakim at-Termiziy meʼmoriy majmuasi buyod etilgan. Masjid, maqbara, xonaqoh, qorixona kabi binolardan iborat ushbu majmua turli davrlarda qurilgan.
3 Zulkifl maqbarasi Termiz tumanining chegara hudida 37.294430, 67.155844
Termiz yaqinidagi meʼmoriy yodgorlik (11-12 asrlar). Rivoyat qilinishicha, bu yerga Qurʼoni karimda tilga olingan 25 payg‘ambarlardan biri Zulkifl payg‘ambar dafn etilgan. Zulkifl mil.avv. 7-6 asrlarda yashab o‘tgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning qabri Iroqning Kifl shahrida joylashgan, G‘aznaviylar davrida Zulkifl qabri orolga ko‘chirib keltirilgan va maqbara hamda masjid barpo etilgan.
4 Qirqqiz qalʼasi Termiz tumani, “A.Navoiy” MFY 37.266921, 67.289864
Surxondaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik bo‘lib 9-10 asrlarda bunyod etilgan. Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Tadqiqotchilar tomonidan ushbu yodgorlik o‘tmishda qanday vazifada foydalanganligi haqida turli farazlar mavjud. Shahar tashqarisidagi zodagon saroyi, qizlar madrasasi, xonaqoh, karvonsaroy va hokozo. O‘rta asrlarda Termiz shahrining tashqarisida joylashganligi qalʼa shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi.
5 Kokildor xonaqohi Termiz tumani, “Namuna” MFY 37.260410, 67.298667
Kokildor xonaqohi – Termiz (Namuna qishlog‘i)dagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Aloulmulk Xudovandzoda (Termiz hukmdori) ko‘shki, “Azizon”, “Azlar eshon”, “Kokildor” (kokil qirqish udumi) deb nomlangan. Tadqiqotchilarning fikricha xonaqoh 16 asrda Shayboniylardan Abdullaxon II davrida bunyod etilgan.
6 Sulton Saodat majmuasi Termiz tumani, “Namuna” MFY 37.263188, 67.309181
Termiz sayidlaring dafinalari joylashgan mahobatli maqbaralar majmuasi hisoblanadi. IX-asrda Vatanimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shgan Termiz sayyidlari xonadoni shakllanadi. Markaziy Osiyo sayyidlarining ko‘pchiligi o‘zlarining kelib chiqishini shu xonadon bilan bog‘laydilar.
7 Abu Iso Termiziy maqbarasi Sherobod tumani, “U.Turopov” SFU 37.675877, 67.080157
Abu Iso Imom Termiziy to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sullamiy Bug‘iy Termiziydir. U 824-892 yillarda yashagan bo‘lib, Bug‘ qishlog‘ida (hozirgi Sherobod tumani) dafn etilgan.
8 Said Otaliq madrasasi Denov tumani, “N.Mirzayev” ko‘chasi 38.276284, 67.891324
Said Otaliq madrasasi – 16 asrning eng katta madrasalaridan biri bo‘lib, Denov shahrida joylashgan meʼmo-riy yodgorlik. Qurʼon suralariga monand 114 ta hujradan iborat qilib qurilgan ikki qavatli inshoot.
9 Xoja Alouddin Attor maqbarasi Denov tumani 38.228661, 67.906732
Xoja Alouddin Attor - asl ismi Muhammab ibn Muhammab Buxoriy. Otasi xushbo‘yliklar tijorati bilan shug‘ullanganligi bois sulola “Attor” laqabini oladi. Xoja Alouddin o‘rta bo‘yli, bug‘doyrang, istarali, kamtar, iqtidori va farosati baland, suhbati taʼsirli, xulqi ko‘zal kishi edi. Alloma hijriy 802 (mil. 1400) yili rajab oyining yigirmanchi kuni vafot etdi. Qabri hozirgi Denov shahrida. Qabrining shimol tarafida mustaqillik yillari aholi tomonidan kichikroq masjid qurilgan.
10 So‘fi Olloyor maqbarasi Oltinsoy tumani, “Katta Vaxshivor” QFY 38.328951, 67.621573
So‘fi Ollloyor tariqat arbobi va mutasavvuf shoir hisoblanadi. U 1644 yilda Kattaqo‘rg‘onning Minglar qishlog‘ida tug‘ilib, 1724 yilda Oltinsoy tumani Vaxshivor qishlog‘ida vafot etgan. So‘fi Olloyor 1713 yilda Vaxshivor qishlog‘ida masjid qurdirgan. Masjidning umumiy tarhi (14,0x16,2 m), xonaqoh (11,1x9,7 m), ikki tomonlama ayvon hamda qo‘shimcha xonalardan iborat. Devori sinchli paxsadan, tomi to‘sinli. Xonaqohdagi mehrob ravog‘i ancha chuqur, ravoqqa bo‘rtma chiziqlar qilingan. Ayvondagi ustun, xonaqohdagi ustun o‘yma rangli naqshlar bilan bezatilgan.
11 Oqostona bobo maqbarasi Uzun tumani, “Teplak chinor” QFY 38.301290, 68.018876
Oqostona Bobo maqbarasi – Surxondaryo viloyati Uzun tumani Telpakchinor qishlog‘idagi meʼmoriy yodgorlik (10 asr oxiri – 11 asr boshlari). Maqbara chorsi xonali (tashqi o‘lchami 9x8,7 m., ichkisi 5,65x5,80 m.), tarzlariga g‘ishtlar mavj shaklida terilgan. Shimoli-sharqiy tarzidagi ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat janubiy qismidagisi saqlangan. Poygumbazi g‘o‘lasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bag‘allari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan.
12 Takiya ota maqbarasi Qiziriq tumani, “Takiya” MFY 37.582222, 67.183056
XII-asrga oid Takiya ota maqbarasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Takiya mahallasida joylashgan. Tuman markazidan janubga qarab 13 km masofada, Qorasuv o‘zanidan shimoliy sharq tomonda 12 km uzoqlikda joylashgan.
13 Saʼid Vaqqos maqbarasi Sherobod tumani, Guliston MFY 37.683722, 67.012694 Saʼid Vaqqos – asli ismlari Ahmab ibn Abu Saʼid Vaqqos Termiziy. Bu olimning tug‘ilish va vafot yillari, ijodiy faoliyati haqida maʼlumot yo‘q. U kishi xazrat Imom Abu Iyso at-Termiziy yashagan Bug‘ qishlog‘i yaqinida dafn etilgan. Imom Termiziy kabi termizlik sayyidlar xonadonidan bo‘lgani taxmin etiladi. Olimlar fikricha, Sheroboddagi Abdulloh Saʼid Vaqqos maqbarasi 11-12 asrlarda barpo etilgan. Demak, Abdulloh Saʼid Vaqqos Termiziy bundan ancha oldinroq yashagan.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring