Veb-portalda texnik ishlar olib borilmoqda!

Farg'ona viloyati

3684


Ziyoratgoh nomi
Manzili (joylashgan joyi)
Geolokatsiyasi (google maps kordinatorlari)
Izoh (ob’ekt to‘g‘risida qisqacha ma’lumot)
1. Islomiy qadamjolar


1. Amir Hizr Valiy Podshohpirim ziyoratgohi Farg‘ona shahri, Yormozor MFY N40°24'46,9440" E71°45'15,6694" Maʼlumotlarga ko‘ra, bu yerga Amir Temurning kuyovi Abduvali Xizr Podshoh dafn etilgan. Vaqfnomalardan birida keltirilishcha, hijriy 824(1418) yili Amir Xizr Valiy mozori oldidagi masjid va madrasa taʼmir etilgan.
2. Xo‘ja Maʼoz va Mo‘yi Muborak yodgorligi ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Xo‘ja Maʼoz MFY, Xo‘ja Maʼoz ko‘chasi,43-uy N40°26'58,9526" E71°44'31,7737" Ziyoratgoh Xo‘ja Mag‘iz maqbarasi, Mo‘yi Muborak xonaqohi, chillaxona, Marg‘ilon beklari dahmasi, masjid, darvozaxona, Hidoyatilloh Oppoq Xo‘ja xonaqohi kabi inshootlar majmuidan iborat.
3. Puri Siddiq ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Yo‘rmado‘z MFY, Navoiy ko‘chasi, 159-uy N40°28'58,2963" E71°44'34,9850" Pir Siddiq (Kaptarxona) majmuasi maqbara, masjid, kaptarxona, minora va darvozaxonadan iborat bo‘lgan. Majmuadagi kaptarxona binosi masjid binosi bilan deyarli bir vaqtda, yaʼni XIX asrning ikkinchi yarmida qurilgan.
4. Kirgil azizlar ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Nadirmat MFY, Bobodexqon ko‘chasi, 2-uy N40°27'26,4511" E71°45'43,8843" Ziyoratgoh 1933 yilda qurilgan. milliy uslubda qurilgan maqbara, chillaxona, ayvonlardan iborat.
5. Xoja Forso ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Xoja Forso MFY, Xoja Forso ko‘chasi, 65-uy 40°29'14,16"N 71°43'34,28"E Naql qilishlaricha tasavvuf tariqatining ulug‘ namoyandalaridan biri, tarixchi va ilohiyotshunos Xoja Muhammad Porso Marg‘ilonga tez-tez kelib turganlari sababli ham Marg‘ilon xalqi u kishiga atab qadamjo sifatida mozor ko‘targan.
6. Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmuasi Marg‘ilon shahar, Pichoqchi MFY, Xiyobon ko‘chasi N40°26'39,5218" E71°43'10,3933" 2000 yili buyuk alloma Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligi munosabati bilan Marg‘ilon shahrida bunyod etilgan.
7. Sayyid Abdullohxon ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Charog‘on MFY,Jo‘raxon Sultonov ko‘chasi, 50-uy 40°29'18"N 71°42'48"E Bu ziyoratgohda tariqat rahnomalaridan biri Ulug‘ Xon nomi bilan mashhur Qo‘qon xoni Xudoyorxonning kuyovi Sayyid Abdullaxoning avlodi Valixon to‘ra ham dafn etilgan. Shu sababli bu yerni “Ulug‘ Hazrat bobo ziyoratgohi” ham deb atashadi.
8. Ulug‘ mozor ziyoratgohi Marg‘ilon shahar, Mashad MFY,Orol bo‘yi ko‘chasi,
1-uy
40°28'46,86"N 71°42'38,94"E Aholi, orasida «Ulug‘ mozor», «Quruq mozor», «Chaqqa mozor» nomi bilan mashhur bo‘lgan. Naql qilishlaricha, bu yerga Imom Abdulaziz ibn Abdurazzoq ibn Nasr ibn Jaʼfar ibn Sulaymon ibn Sukkon al- Marg‘inoniy dafn etilgan.
9. Mo‘yi muborak ziyoratgohi Qo‘qon shahar, Nurafshon MFY,Sarmozor qabristoni hududida N40°33'15,9300" E70°56'08,5900" Xonlik tarixida Sulaymonxon o‘tirgan paytida-1762-1763 yillarda, hajga borgan hojilar vositasida Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (sollallohu alayxi va sallam)ning ikki muborak mo‘ylari olib kelinadi. Mo‘ylarning biri Xo‘qandda qoldiriladi.
10. Sayid Abdulaziz al-Bag‘dodiy daxmasi Qo‘qon shahar, G‘alchasoy MFY,Kamalak ko‘chasi,117-уй 40°31'50,88"С 70°58'11,31"В Tasavvuf namoyandasi Abdulaziz Bag‘dodiy bu hududga hovli-joylar, masjid va honaqoh qurdirgan. U taxminan 1850 yilda vafot etib, xonaqoh yaqiniga dafn etilgan. Avlodlari ham u kishining yaqiniga qo‘yilganlar
11. Oq mozor buva ziyoratgohi Bog‘dod tumani, Qorako‘l MFY,Dasht mahallasi 40°27'37,97"N 71°07'04,15"E Oqmozor Eshonbuva maqbarasini dastlabki qurilgan yili 1750-1850 yillarga to‘g‘ri keladi. Xozirgi maqbara 1993-yilda Qayumov Raximjon va Solijonov Shokirjon xomiyligida qayta qurilgan.
12. Usmon ibn Ahmad ziyoratgohi Bog‘dod tumani, Qorako‘l MFY 40°28'14,12"N 71°09'59,56"E Usmon ibn Axmad ziyoratgoxi XIX asrda mahalliy aholi tomonidan xashar yo‘li bilan qurilgan. Usmon ibn Axmad xaqida xech qanday malumot yo‘q Maqbara xolati yaxshi saqlangan darvozaxona,binolari yaxshi saqlangan.
13. Oqmozor Eshon buva ziyoratgohi Bog‘dod tumani, Chuvalanchi MFY N40°29'05,7805" E71°07'33,2114" Maʼlumotlarga ko‘ra, maqbara XVII asrda barpo etilgan. U yerga qo‘yilgan shaxsning ismi Xotamboy ota bo‘lib (1650 y), undan so‘ng to‘rtta eshon buva birin - ketin qo‘yilgan.
14. Ummat buva ziyoratgohi Beshariq tumani, Shaytonko‘l MFY 40°23'13,92"N 70°39'44,55"E Rivoyat qilishlaricha, Ummat buva o‘z davrida mashhur tabiblardan biri bo‘lgan. Bu joy XX asrga tegishli bo‘lsada, aslida taxminan VI-VII asrlardan buyon odamlar ziyorat qilib dardlariga shifo olib keladilar.
15. Botirxon eshon ziyoratgohi Beshariq tumani, Pastki Yakkatut MFY N40°24'16,8146" E70°30'44,6553" Maʼlumotlar ko‘ra, bu yerga XIX asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan Botirxon eshon laqabli Sayyid Xo‘jaxon dafn etilgan. Botirxon eshon maqbarasi XIX asrning ohirida gumbazli qilib kurilgan.
16. Oq mozor buva ziyoratgohi Beshariq tumani, Vorux Dasht MFY, Dasht mahallasi 40°27'37,97"N 71°07'04,15"E Maʼlumotlarga ko‘ra, mozor devorining rangi oqqa bo‘yalgani uchun shu nom bilan atalgan. Shuningdek, ziyoratgohda shifobaxsh qum bo‘lib, terisiga oq tushganlar davo istab kelgani uchun ham shu nom bilan atalgani ehtimoldan holi emas
17. Mashhadi maydon ziyoratgohi Beshariq tumani, Chorbog‘ MFY 40°25'34,50"N 70°36'31,02"E XIX asr Qo‘qon xonligi davriga doir turli hujjatlarda qishloq nomi Shahid maydon va Mashhadi maydon nomi bilan atab kelinganligi bois ziyoratgoh ham aynan shu nom bilan el orasida mashhur bo‘lgan.
18. Bibi Ubayda ziyoratgohi Buvayda tumani, Buvimozor MFY N40°40'11,6155" E71°06'18,2310" Bu yerdagi qabristonga vodiyda musulmonlikni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan ayol, Farg‘ona vodiysiga Islom dinini yoygan arab sarkardasi Saʼd ibn Usmonning turmushdoshi Bibi Ubayda dafn etilgan. Bu joyda keyinroq katta qabriston va ziyoratgohga aylanib ketgan.
19. Boyazid Bastomiy ziyoratgohi Buvayda tumani, Arab MFY N40°40'58,8427" E71°02'48,7877" O‘rta asrlar meʼmoriy yodgorliklaridan biri bo‘lgan Bastom buva ziyoratgohi Qo‘qon xonligi tarixiga doir arxiv hujjatlarida ziyoratgoh Sulton Boyaz Bistomiy, Sulton Bayoz Bistom nomlari ostida qayd etilgan.
20. Muhammad Jalil Podshohpirim ziyoratgohi Buvayda tumani, Begabod MFY N40°37'45,8867" E71°10'05,6914" Poshsho Pirim kompleksini o‘zagini Farg‘ona vodiysida islom dinini targ‘ib qilgan Shoh Jalil daxmasi tashkil etadi Kompleks XV asrda qurilgan peshtoqli-gumbazli darvozaxona, XX asrda qurilgan ochiq masjid va XV-XVI asrlarga oid qabr va dahmalardan iborat bo‘lgan.
21. Bandikushod ziyoratgohi Buvayda tumani, Oqqo‘rg‘on MFY N40°37'22,3880" E71°04'53,6011" Aytishlaricha, Bandikushod tobeʼinlardan bo‘lib Shoh Jarir oilasining qo‘riqchisi, otboqari bo‘lgan. Bandikushod “Bandlarni yechuvchi zot” degan maʼnoni anglatadi. Bandikushod ziyoratgohi XIX asrga oid bo‘lib, 2015 yillarda qayta qurilgan.
22. yodgorligi Dang‘ara tumani, Qashqar MFY N40°33'23,3859" E70°50'50,6093" Rivoyatlarga ko‘ra bu yerga Mirzo Boburning Oltin Beshikxon ismli farzandining oltinchi avlodi, XVII asrda yashab o‘tgan Tangriyorbiy – Shohmastbiy, yaʼni Chomochbiy dafn eilgan.
23. Yer masjid ziyoratgohi Dang‘ara tumani, G‘alaba MFY N40°32'57,9812" E70°54'50,0180" XVII asrda shayx Axmad Yassaviy avlodi Sayyid Azlarxon to‘ra shu yerni obod qiladi. Qo‘qon xoni u yerga masjid qurdirib, 50 tanob yerni masjidga vaqf qilib beradi. Shundan so‘ng, u yerlar qishloq nomi o‘rniga yeri masjid deb atalib, masjid Azlarxon to‘ra xotirasi bilan “Yermasjid buva” deb atala boshlanadi.
24. Hob buva ziyoratgohi Dang‘ara tumani, Istiqlol MFY, Quduq qishlog‘i N40°44'07,9652" E70°58'23,1175" XIX asrga tegishli ushbu ziyoratgohning tarixi Xazrat Alining to‘rtinchi avlodlari Xabibullo otaning ismlari bilan bog‘liqdir.Xudoyorxon davrida maqbara bunyod etilgan. Ziyoratgoh “Laylak mozor” deb ham ataladi.
25. Kishnog‘ich ota ziyoratgohi Dang‘ara tumani, Katta Amirobod MFY, Guliston qishlog‘i N40°36'02,3631" E70°51'34,8445" Manbalarga ko‘ra XVII asrga taalluqli bo‘lgan bu ziyoratgohda joylashgan maqbaraga Sayyid Jalolxon to‘ra o‘g‘li Sayyid Aʼzamxon to‘ra dafn etilgan. Vafotlaridan so‘ng bu kishi dafn etilgan joyga maqbara qurishgan.
26. G‘oib Eran buva ziyoratgohi Dang‘ara tumani, Tangriqul MFY N40°31'18,3762" E70°52'47,3423" G‘oyib Eran boboning haqiqiy ismi Xoja Ruhiddin Eran binni Xoja Rukniddin Ali shayhdir. “Yassaviya” sulukida tasavvufning barcha bosqichlariga ko‘tarilib, valiylik darajasiga yetgan shayxlar Eran deb atalgan. Xoja Ruhiddin tahminan XVII asrlarda yashab o‘tgan.
27. Xo‘ja Abu Turob buva ziyoratgohi Dang‘ara tumani, Doimobod MFY N40°38'47,0407" E70°48'00,8940" Tasavvuf namoyandalari keng tarqalgan Farg‘ona vodiysida Imom Muhammad Boqirning avlodlari yashab qolgan va shu yerga dafn etilgan bo‘lishi mumkin. Qo‘qon xonligi davrida uning qabri ustiga maqbara qurilgan.
28. G‘oib Eranazizlar ziyoratgohi Yozyovon tumani, Istiqlol MFY N40°37'07,92 E71°46'12,41 Maʼlumotlarga ko‘ra G‘oyib Eran azizlarning asl ismlari Shayx Ahmad bo‘lib, Qorasaqol ziyoratgohiga qo‘yilgan qori Abdulloxning otasi ekanlar. Shuning uchun ham har ikkala maqbara yoshini IX-asrdan boshlab deb belgilash mumkin.
29. G‘oib ota ziyoratgohi Yozyovon tumani, Xonobod MFY N40°38'02,5873" E71°44'47,7254" Rivoyatlarga ko‘ra, G‘oyib buva (asl ismi nomaʼlum) Shohimardonga ketayotib, o‘z birodari Rejab buvani dafn etib qaytayotgan odamlardan voqeani eshitgach, “bizning joyimiz ham shu yerda ekan”, deb otini yo‘ldan o‘ng tomonga burib ketadi. Odamlar qarashsa, ot izi bor, o‘zlari yo‘q. Shu asosda G‘oyib buva deb atalib, ziyoratgoxga aylangan.
30. Zulfiqor ota ziyoratgohi Yozyovon tumani, Guzarboshi MFY N40°36'45,90 E71°50'19,22 Zulfiqor ota zamonasining o‘qimishli kishilaridan bo‘lib, “Shams-ul islom” nomli kitob yozganligi maʼlum. Xiyoratgoh milliy uslubda qurilgan Maqbara, binolardan iborat.
31. Allohiaʼlam ota ziyoratgohi Yozyovon tumani, Guliston MFY N40°39'53,68 E71°42'13,76 Allohiaʼlam ota ziyoratgohi xamda uning yonidagi ko‘xna qabiristonga oxirgi marta 1946-yilda marxum qo‘yilgan. Maqbara esa XIX-asrda barpo etilgan bo‘lib, 1920-yilda buzib yuborilgan. 1999 yilda qishloq axli kengashib maqbarani qayta tiklangan.
32. Qori Soqiy ota ziyoratgohi Yozyovon tumani, Qorasoqol MFY N40°36'36,9090" E71°44'05,2062" Aytishlaricha, Qoriyi-soqqo hozirgi maqbarasi o‘rnida g‘oyib bo‘lgan va keyinchalik bu nom xalq orasida Qorasoqol azizlar nomi bilan mashhur bo‘lgan ekan”.
33. Xalfa buva ziyoratgohi Yozyovon tumani, Soyyoni MFY N40°37'57,7130" E71°44'49,8824" Ziyoratgoh Mamanazar (Muhammadnazar, Manazar ham deyiladi) Xalfa nomi bilan bog‘liqdir. Hozir bu yerda muhtasham maqbara, maxsus muzey hamda ziyoratgoh majmuasi yaratilgan.
34. Buzruk ota ziyoratgohi Yozyovon tumani, Takalik MFY N40°43'07,1734" E71°39'38,3661" Buzruk ota ziyoratgohning tarixi ham islom dinining o‘lkamizga ilk kirib kelishi davri bilan bog‘liq degan ilmiy taxminlar yuradi. Buzruk ota shaxsining kim ekanligi aniqlanmagan.
35. Do‘sti Xudo yodgorligi ziyoratgohi Oltiariq tumani, Zilol MFY N40°19'18,8112" E71°22'24,0659" Ziyoratgohga dafn etilgan shaxsning ismi Atoulloh bo‘lib, uning qo‘li tekkan daraxt yoki ko‘kat serdaromad manbaga aylangan. Taqdir taqozosi bilan u Bo‘rboliqqa kelib qo‘nim topgan va shu yerda dafn etilgan.
36. Moy qo‘l buva ziyoratgohi Oltiariq tumani, Oqbo‘yra MFY N40°25'53,6328" E71°34'29,9517" Oddiy xalq tilida Mo‘yka buva, Mo‘ka buva xam deyiladi. Bir mahallar bu yerdagi buloq o‘rnida kattagina ko‘l bo‘lgani, suvning usti moydek yiltirab turgani uchun uni “Moyko‘l” buva deyilgan.
37. Bobo Qambar ziyoratgohi Oltiariq tumani, Fayziobod MFY N40°24'57,4349" E71°37'07,5489" Hazrat Alining otboqari Hazrat Bobo Qambar dafn etilgan. Islom dunyosida Hazrat Alining mashhurligi Bobo Qambarning xam dovrug‘ini keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. Shu sababdan Qambar ota bilan bog‘liq ziyoratgohlar ham Hazrat Ali ziyoratgohlaridek ko‘plab uchraydi.
38. Bobo Ahtam ziyoratgohi Oltiariq tumani, Fayziobod MFY N40°24'58,4333" E71°37'15,6360" Ziyoratgoh Oq ota mozori deb ham yuritiladi. Tarkibida masjid va mozorni mujassam etgan. Bu mozorni sahoba Bobo Axtamning qadamjoyi degan taxminlar xam bor. Bobo Axtam tabiblarning homiy piri deb ham hisoblangan.
39. Ziyrak momo ziyoratgohi Oltiariq tumani, Bo‘ston MFY N40°26'03,2777" E71°27'50,3549" Rivoyatlarga ko‘ra bu yerda mavjud bo‘lgan qadimiy shahar malikasi o‘ta ochiqqo‘lligi bois Tangri uning ziragi ko‘ziga o‘tkir nur ato etgan, boshqa rivoyatga ko‘ra malika vafot etishidan oldin suyukli ziragi bilan dafn etishni vasiyat qilgan.
40. Sarimsoqxo‘ja ziyoratgohi-Qutbiniso ona namozgohi Oltiariq tumani, Qo‘rg‘oncha MFY N40°21'22,0755" E71°26'39,0496" Ushbu ziyoratgohning kirish qismida Qutbiniso ona namozxonasi joylashgan, ikkita maqbara, darvozaxona, minora, bog‘ va taxoratxonalar mavjud. Maqbaralarning biri “Sarimsoq avliyo ota maqbarasi” va ikkinchisi g‘oyibdan qo‘yilgan qabr.
41. Valixonto‘ra Oltiariq tumani, G‘ayrat MFY N40°20'59,3046" E71°25'32,2754" Valixonto‘ra Sayyid Abdullaxon xojaning Raxmatulloxxon xoja ismli o‘g‘li avlodidan bo‘lib, 1864-1950 yillarda yashab o‘tgan. Shu yerga dafn etilgan. Valixonto‘ra ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbaralar, binolar iborat.
42. Умочота зиёратгоҳи Oltiariq tumani, Povulg‘on MFY N40°22'43,6591" E71°32'26,3902" “Umoch ota”ni atamasini “Omochchi ota” so‘zi bilan bog‘langan, degan taxminlar bor. Yaqin o‘tmishda “umoch” degan taom bo‘lgani, baʼzi bir yoshi ulug‘ onaxonlar hozirda ham pishirib turishadi.
43. Langar ota ziyoratgohi Qo‘shtepa tumani, Langar MFY N40°31'46,3600" E71°39'12,3900" Mazkur nom bilan bog‘liq joy nomi XIX asr boshlariga oid bo‘lib, shu davrda karvon yo‘llarini tartibga soluvchi chorraxadagi bu joy ilohiylashtirila boshlangan. Shu nomdagi arxeologik obyekt ustiga qurilgan maqbara dastlab temuriylar davriga mansub.
44. Sarmozor ziyoratgohi Qo‘shtepa tumani, Sarmozor MFY 40°26'31,65"N 71°41'53,07"E Bu mozor Eshon Abdurahimxoja (q.s.) hazrat(taxminan XVIII asrning boshlarida tavallud topgan (hozirgi avlodlari so‘ziga ko‘ra, 1730-40 yillarda tug‘ilib, 1800 yilning boshlarida vafot etgan)ning marqadi hisoblanadi.
45. Mundaliq ota ziyoratgohi Quva tumani, Mustaqillik MFY N40°30'13,0036" E72°05'34,8109" Mundaliq ota ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan maqbaradan iborat. Ziyoratgoh shu nomli arxeologiya yodgorligi hududida joylashgan.
46. Saʼd Vaqqos ziyoratgohi Quva tumani, Yangi hayot MFY N40°29'14,2024" E72°04'35,7932" Bu joy Saʼd ibn Abu Vaqqos nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u shaxs payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) shaxsiy qo‘riqchilaridan biri bo‘lganligi maʼlum.
47. Xo‘ja Hasan ziyoratgohi Quva tumani, Turkravot MFY N40°33'41,6906" E72°02'59,6304" Maʼlumki, Xoja Hasan Ofoqxojaning o‘g‘illaridan biri bo‘lib, garchand Farg‘onadan olisdagi Qoratol qishlog‘ida (Tojikiston respublikasi) vafot etsada, keyinchalik mahalliy xalq uning qadamjolari sharafiga shu joyda ziyoratgoh barpo etganlar.
48. Xoja Ahror Valiy qadamjolari ziyoratgohi Quva tumani, Iftixor MFY N40°10'26,8888" E71°43'37,3526" Bu joy ramziy ziyoratgoh sifatida tiklangan bo‘lib, uning kelib chiqishi to‘g‘risida aniq maʼlumot keltirilmaydi. Uni Xoja Ahrori Valiyni Andijonga o‘tib borishda to‘xtab o‘tgan joyi sifatida aziz bilishadi.
49. Tol mozor ziyoratgohi Quva tumani, Tolmozor MFY N40°29'04,3467" E72°04'46,1371" Tolmozor ziyoratgohi shu nomdagi arxeologiya yodgorligi ustida joylashgan. XX asrga taalluqli. Ziyoratgoh milliy uslubda qurilgan Maqbara, binolardan iborat.Tarixi haqida ilmiy asoslangan maʼlumot mavjud emas.
50. Qorong‘uliq ota ziyoratgohi Quva tumani, Gulobod MFY N40°33'20,7179" E72°04'12,4651" Ziyoratgoh tarixi haqida ilmiy asoslangan maʼlumot mavjud emas.
51. Xo‘ja Ilg‘or va Mulla Ismatulloh qori ziyoratgohlari Rishton tumani, Xo‘ja Ilg‘or MFY 40°20'38,16"N 71°16'15,51"E Tadqiqotchilarning fikricha, XIX asrda shu yerlik taniqli shaxs – Xo‘ja Ilg‘or sharafiga qurilgan. “Xo‘ja Ilg‘or” va “Mulla Ismatulloh qori” maqbarasi, chuqurligi 3-4 metrlik g‘or, qachonlardir talabalar uchun boshpana vazifasini o‘tagan hujralar va chillaxona, yuz yillik tut daraxti mavjud.
52. Hazrat Xizr qadamjolari ziyoratgohi Rishton tumani, Bo‘ston MFY 40°23'57,62"N 71°15'07,63"E Maʼlumotlarga ko‘ra, Ushbu ziyoratgoh Hazrati Xizr va Ilyos alayhissalomning uchrashgan joyi – qadamjosi sifatida qadrlanadi.
53. Yigitpirim ziyoratgohi Rishton tumani, Cho‘ng‘ara MFY 40°14'35,48"N 71°02'04,83"E Mazkur ziyoratgohda dafn etilgan shaxsning ismi nomaʼlum. Yigitpirim Eri Hubbi, Xubbi xoja kabi nomlar bilan qo‘shib aytiladi. Bu joyda So‘x daryosining katta o‘zani joylashganligi yuqorida fikrlarni asosli ekanligini ko‘rsatadi
54. Xo‘ja Ro‘shnoiy ziyoratgohi Rishton tumani, M.Topivoldiyev MFY 40°22'12,56"С 71°16'33,50"В Rivoyatlarga ko‘ra, mazkur ziyoratgohning paydo bo‘lishi xalqni islomga daʼvat qilgan bir ulug‘ avliyo bilan bog‘liq. Avliyoning vafotidan so‘ng qabridan nur taralib turgani uchun bu qabrning nomini “Xo‘ja Rushnoiy” deb atashgan ekan.
55. Sohibi Hidoya ziyoratgohi Rishton tumani, Chinnigaron MFY 40°22'13,19"N 71°17'05,56"E Ushbu ziyoratgoh Islom olamida dong taratgan mashhur yurtdoshlardan biri – fiqh ilmi, Islom huquqshunosligi ilmining allomalaridan biri Burhoniddin Ali ibn Abduljalil Al-Farg‘oniy Ar-Roshidoniy Al-Marg‘inoniyning (1123-1197 yillar) nomlari bilan bog‘liq.
56. Abdulla Ansoriy ziyoratgohi Rishton tumani, Ariqbo‘yi MFY N40°22'25,2747" E71°18'01,4709" Ziyoratgohning nomlanishi Eron tasavfuf shoiri Xoji Ansoriy Abdulloh ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Abumansur Muhammad (1006-1089yy). shaxsi bilan bog‘liq. ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbara, binolar, ayvonlardan iborat.
57. Chillaxona ziyoratgohi Rishton tumani, Oq yer MFY 40°22'27,25"N 71°15'39,75"E Chillaxona XIX barpo etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra u yerda uch aka- uka yashagan. Biri diniy ulamo, biri tabib bo‘lgan. Xozirgi qabr o‘rnida g‘or mavjud.. Chillaxona yaxshi holatda saqlanmoqda.
58. Xo‘jai Bob ziyoratgohi Rishton tumani, O‘yrat MFY N40°24'09,2900" E71°11'17,0700" Naql etishlaricha 17 asrga doir bo‘lgan mazkur ziyoratgohda Xo‘jai bob deb xalq tomonidan atalgan yetti aka-uka azizlarning biriga atab marqat ko‘tarilgan.
59. Xo‘ja Orif ziyoratgohi So‘x tumani, Qalʼa MFY N39°56'45,0512" E71°08'32,2340" Maʼlumotlarga ko‘ra, Xojai Orif asosan din masalarni to‘g‘ri targ‘ibu tashviq qilib ommani tug‘ri yo‘lga hidoyat qilar ekanlar. Xudoyorxon davrida Qo‘qonda 40 yil madrasada mudarrislik qilgan.
60. Qulfi Zanjirkushod ziyoratgohi So‘x tumani, Xushyor MFY N39°54'06,0736" E71°03'55,7589" Rivoyatlarga ko‘ra Xo‘jayi zulfi Zanjirkushod to‘rt aka-uka bo‘lib, Samarqandning Dahbed qishlog‘ida kelishgan ekan. Qabr ustida 10-12 metrli usha zamon memorchilikiga xos maqbara bo‘lgan. Keyinchalik 2002-2003 yillarda eski maqbara o‘rniga yangi maqbara qurildi.
61. Sulton Mahmud G‘aznaviy ziyoratgohi So‘x tumani, Gaznov MFY N40°09'47,6752" E71°03'34,5355" Mahalliy rivoyatga ko‘ra, Sulton Mahmud G‘aznaviy bu yerdagi Sangi Oyna taʼrifini eshitib, Samarqandga qilinajak yurish natijasini bilib berish to‘g‘risida odam yuboradi. Uning vakili juda xunuk oqibat haqida habar bergach, Sulton ortiga qaytib ketadi. So‘xliklar esa, bu yerdla uning nomiga maqbara tiklashadi.
62. Hazrat Ali ziyoratgohi So‘x tumani, Saxovat MFY 39°56'25,42"С 71°8'6,95"В Mazkur joy Hazrat Alining boshidan kechirgan sarguzashtlari va uning sirli taqdiri bilan bog‘liq bo‘lib, fakat bu yerda mahalliy rivoyat versiyasi mavjud. Unga ko‘ra, ikki tog‘ orasidagi eng mustahkam tabiiy qo‘rg‘on faqat So‘xda mavjud ekanligi bilan izohlanadi.
63. Rovon ziyoratgohi So‘x tumani, Istiqlol MFY N39°58'18,1097" E71°07'53,4593" Ziyoratgoh 1960-1965 yillarda barpo qilingan. milliy uslubda qurilgan Maqbara xotira lavxi, binolardan iborat.Hozirgi vaqtda aholiga dam olish maskani sifatida xizmat qilib kelmoqda.
64. Erhubbiy (Yigitpirim) yodgorligi ziyoratgohi Toshloq tumani, Qo‘rg‘oncha MFY N40°29'59,9702" 71°44'31"E Erhubbiy Yigitpirim XVII asr boshlarida yashab o‘tgan Sulton Erhubbiy valiy nomi bilan bog‘liq deyiladi. Uning kelib chiqishi, nasl nasabi haqida aniq maʼlumot keltirilmaydi. Mahalliy aholi uni suv va dehqonchilik piri sifatida eʼzozlaydi.
65. Akkosha ziyoratgohi Toshloq tumani, Axshak MFY 40°31'7"N 71°47'51"E Hazrat Akkasho (yoki Ukkosha) maqbarasi arab sarkardasi Ukkosha ibn Mihsan nomi bilan bog‘liq. Bu ziyoratgohdagi qabr toshida kelib chiqishi saxobalardan bo‘lgan Ahmad ibn Muhammad ismli zot (ehtimol, Ukkosha ibn Mihsan avlodlaridan biri) dafn etilgan.
66. Maxsim ota ziyoratgohi Toshloq tumani, Qipchoqariq MFY 40°32'47"N 71°44'41"E Mulla Xasanboy ota Varzak atrofini o‘zlashtirib, suv chiqargan va bog‘lar barpo qilganligi maʼlum. Bog‘lardan olingan xosilni yetim-yesirlarga, beva-bechora va kambag‘allarga beminnat ulashgan. 1933 yilda u vafot etgach, uning qabri ziyoratgohga aylana boshladi.
67. Oq mozor buva ziyoratgohi Toshloq tumani, Zarkent MFY 40°29'57"N 71°49'50"E Bu joy Ofoq xo‘janing qadamjoyi sifatida qarlanadi. Maqbara atrofida tabiiy buloq va qabr joylashgan. Faqat xozirda buloq ko‘zi berkilib qolgan. Qabrda esa kim dafn etilganligi nomaʼlum.
68. Ko‘kto‘nli ota ziyoratgohi Toshloq tumani, Chuqurqishloq MFY N40°31'38,4066" E71°49'32,9181" Maʼlumotlarga ko‘ra, bu yerda Xoja Kaxton ismli avliyo dafn etilgan. Aytishlaricha u doimo ko‘k beqasam to‘n kiyib yurganligi uchun shu nomni olgan (bu usulda to‘n kiyib yurish o‘rta asrlardan donishmandlik ramzi sifatida qaralgan).
69. Qilich Burhon ziyoratgohi Toshloq tumani, So‘filar MFY N40°31'37,8761" E71°45'08,5309" 2010 yili o‘tkazilgan dala tadqiqotlari davomida aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra Qo‘qonlik mahallasi qabristonidagi mazkur ziyoratgoh aslida XIII asrda yashab o‘tgan o‘zganlik mashhur avliyo Burhoniddin Qilich nomi bilan bog‘liq .
70. Xoja Muhammad Valiypirim ziyoratgohi Uchko‘prik tumani, Chorbog‘ MFY N40°32'40,6167" E71°05'43,2973" Akademik M.Ye.Masson mazkur ziyoratgohda o‘rta asrlarga mansub chirog‘donlar ham mavjud bo‘lganligini taʼkidlab o‘tgan. Katta qabriston mahalliy xalq tilida “Valiy pirim” mozori deb yuritiladi. Bu ziyoratgoh VIII asrga mansub deb qaraladi.
71. Yigitpirim ziyoratgohi Uchko‘prik tumani, Kichik Kenagas MFY, Olmurod mahallasi N40°29'49,5104" E71°00'04,2408" Rivoyatga ko‘ra, ziyoratgoh u zotning qadamjoylari yoki g‘oyib mozorlari bo‘lib, ziyoratgohga ayollar farzandlariga sog‘­ salomatlik, umr tilab boradilar. Ziyortagoh milliy uslubda qurilgan Maqbara, xonaqoh, binolardan iborat.
72. Saiid Jakbar G‘ozi ziyoratgohi (Shahid buva) Uchko‘prik tumani, Sariqo‘rg‘on MFY 40°20'07,21"N 71°01'18,99"E Tarixchilar ziyortagohni Rumda shahid bo‘lgan va dafn etilgan Sayyid Battol G‘oziy nomi bilan bog‘lashadi. Bu shaxs islom olamida o‘z qahramonliklari bilan mashhur bo‘lib, islomni tarqalishidagi xizmatlari bekiyos edi.
73. Asqar Mahmud ziyoratgohi Uchko‘prik tumani, Yangi qishloq MFY, Toshkentliguzar mahallasi N40°31'33,1170" E70°59'24,6486" Shayx xoja Asqar Maxmud tasavvuf tariqatining yirik namoyondasi, Naqshbandiya sulukining Farg‘ona vodiysi shayxlaridan biri sifatida tanilgan. Ziyoratgox hududida joylashgan maqbara 2004-2005 yillarda xashar yo‘li bilan qurilgan
74. Ziyovuddinxon Doniyolxon (Katta xoja) o‘g‘li Haziniyning ziyoratgohi Uchko‘prik tumani, Katta Kenagas MFY 40°30'30,70"N 71°5'10,46"E Ziyovuddin Haziniy (1867-1923) ziyoratgohida shoir avlodlarining xilxonasi, xususan, Haziniyning bobolaridan biri Nabiraxoja maqbarasi hamda chillaxona majmuasi joylashgan. Ziyoratgox 2018 yilda to‘liq taʼmirlangan.
75. Umarali Eshon ziyoratgohi Uchko‘prik tumani, Yakkatut MFY 40°34'16,34"N 71°03'03,43"E Qo‘qon xonligi davrida yashab o‘tgan karomatgoy shaxslardan bo‘lgan. U 83 yil umr ko‘rib, 1888 yilda vafot etgan. Xalq orasida uni kulfatlarni oldindan xis qiluvchi, balolarni dav qiluvchi karomatga ega bo‘lganligi to‘g‘risida rivoyatlar saqlanib qolgan.
76. Xizr buva qadamjolari ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Obod MFY N40°10'06,2531" E71°44'10,8726" Ko‘pgina qadamjolar qatorida Xizr buva bosib o‘tgan joy sifatida qadrlanadi. Odamlar bu yerda eʼtiqodining darajasiga qarab hazrati Hizr bilan uchrashishi, orzu-armonlarini ro‘yobga chiqrishlari mumkin, deb hisoblaydilar va duolar qili Allohdan iltijo qiladilar.
77. Hazrat Ali Shohimardon ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Yordon MFY N39°59'06,3595" E71°48'24,2148" Hazrat Ali Shohimardon ziyoratgohi XIX asrda qurilgan. “Shoximardon” o‘zbekcha “Mardlar shohi” demakdir. Mullalarni aytishicha bu nom ostida kuyovi to‘rtinchi xalifa Alining o‘zi yashiringan emish. Mullalarning fikrika ko‘ra hazrat Alining qabri yana yetti joyda mavjud ekan.
78. Xo‘jam Podshoh ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Birdamlik MFY N40°18'15,0456" E71°50'01,1678" Xo‘jam Podshoh ziyoratgohi Ofoq xojining qadamjosidir. Maqbara 20 asrning 40 yillarigacha mavjud bo‘lgan. Keyinchalik maʼlum sabablarga ko‘ra buzib yuborilgan. 1960 yillarga kelib, qabr ustiga kichikroq ko‘rinishdagi hujra qabr qilingan.
79. Shohi Tolib Sayyid Muhammad Ali Hujjatulloh ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Yordon MFY N39°59'07,2325" E71°48'27,3819" Rivoyatga ko‘ra, Shoh Tolib Farg‘onaga kelib, yettinchi mozorni bino qilgan vaqtida qabirdan bobosi Hazrati Alining ovozi kelibdi. Shundan so‘ng u buyerda shayx bo‘lib qolib, umrini oxirigacha yashabdi.
80. Qalbi Chin ota ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Gulshan MFY N40°13'00,7830" E71°36'46,5194" Qovunchi ota (Xoja Abdulxakim Termiziy) mozori”. Ziyoratgohda uchta qabr mavjud. Ulardan ikkitasiga (xotini va o‘ziga) yangitdan maqbara qilingan. Uchinchisi kiyovining qabri. Rivoyat qilishlaricha Abdulxaki Termiziy bu yerlarga kelib qolib qovun ekib tirik chilik qilgan.
81. Xuvaydo ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Chimyon MFY N40°15'15,1231" E71°34'44,4188" Ziyoratgoh o‘n ming misraga yaqin sheʼriy merosni qamragan XVIII asr o‘zbek badiy adabiyoti va tasavvuf falsafasining taniqli vakili bo‘lgan Xojanazar G‘oyibnazar o‘g‘li Xuvaydo nomi va u kishining avlodlari bilan bog‘liq.
82. Satkak azizlar ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Satkak MFY N40°24'26,03 E71°42'04,56 Mozorning 19 asrga oid qozilik xujjatlarida tilga olinishi uning ko‘hna ziyoratgohlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Maʼlumotlarga ko‘ra, sadkak ota ziyoratgohi ikki marotaba, yaʼni 1938 va 1986 yillarda buzib yuborilgan.
83. Xo‘ja Ahmad Valiy ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Vodil MFY N40°10'26,8888" E71°43'37,3526" Maʼlumotlarga ko‘ra Xoji Ahmad Valiy maqbarasi 1949 yil buzib yuboriladi, o‘rniga supa ko‘tarib qo‘yiladi. Istiqlol sharofati bilan 1992-1994 yillar davomida Xoji Ahmad Valiy maqbarasi qayta qurildi.
84. Oq ota ziyoratgohi Farg‘ona tumani, Oq oltin MFY N40°18'37,6994" E71°30'49,3822" Naql qilishlariga qaraganda, XIX asr boshi va XX asr boshlarida Ofoq ota ismli bir nuroniy avliyo o‘z kuchi bilan bu yerlarni o‘zlashtirib, suv olib kelgan.
85. Xoja Hasan Nuriy va Sulton Komoliddin (Xo‘ja Pista) ziyoratgohi O‘zbekiston tumani, Nursuh MFY N40°21'46,8041" E70°46'07,5553" Bu ziyoratgoh sahobalardan biri Xoja Hasan Nuriy nomi bilan bog‘liq. Rivoyatlarga ko‘ra, islom dinini targ‘ib qilib kelgan Hasan Nuriy dushmanlar bilan Makkadan olib kelgan tayoq bilan kurashgan. Tayoq singach, uning o‘zi shu yerda g‘oyib bo‘ladi.
86. Qorayoz bobo ziyoratgohi O‘zbekiston tumani, Qoriyoz bobo MFY N40°24'55,9323" E70°53'49,0546" Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu ziyoratgohga Hazrat Alining avlodi bo‘lgan Said Battolning o‘g‘li Asadulloh (Qorayozi bobo) dafn etilgan. Qo‘qon xonligi davrida 1723 yili ziyoratgoh qayta taʼmirlangan, atrofidan 10 gektar yer vaqf ajratilgan.
87. Muyi Muborak ziyoratgohi O‘zbekiston tumani, Ovchi MFY N40°30'13,9143" E70°56'59,9709" Muyi Muborak yodgorligi VI-VII asrlarga mansub arxeologik yodgorlik qoldiqlari ustiga qurilgan bo‘lib, Qo‘qon xoni Muhammad Alixon birinchi marta maqbara tiklagan, Xudoyorxon davrida maqbara qo‘rg‘on qilib o‘ralgan. Qo‘qon xonligi davrida xonlarning o‘rdasi vazifasini bajargan.
88. Abduqahhor ota ziyoratgohi Furqat tumani, Bekobod MFY N40°29'55,1777" E70°50'13,6103" Bu qishloqda so‘fiylik taʼlimoti namoyandalaridan biri, Hoja Ahmad Yassaviy asos solgan “Yassaviya” tariqati vakili shayx Abdulqahhor ota Abdulvaqqos o‘g‘li istiqomat qilganlar va dafn etilganlar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring