Andijon viloyatining tarixiy diqqatga sazovor joylariga ziyorat safari

6638

Andijon viloyati – O‘zbekistonning eng qadimiy mintaqasidir. Temurning buyuk avlodi, Mo‘g‘ul imperiyasining asoschisi, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur aynan shu erda tavallud topgan. Andijon viloyati nafaqat o‘zining diqqatga sazovor joylari, tabiiy go‘zalligi bilan, balki islomiy an’analarining noyob yodgorliklari va ziyorat uchun safar qilishga arziydigan ob’ektlari bilan ham mashhur.

Biz sizni, Andijon viloyatining hali o‘rganilmagan diqqatga sazovor joylariga, uning boy tarixi va madaniyati haqida hikoya qiluvchi, kichik sayohat qilishga taklif etamiz.

Sayyid Muhiddin Maxdum Madrasasi 

Andijon viloyatidagi bu yagona islomiy ma’naviy-ma’rifiy muassasa, Oltinko‘l tumanining Jalabek qishlog‘ida joylashgan. Farg‘ona vodiysidagi eng katta madrasalardan biri 1992 - yilda, Sayyid Muxiyiddin Maxdum (1874-1943) – o‘sha vaqtda Andijonning katta masjidida katta mudarris bo‘lib xizmat qilgan taniqli andijonlik ma’rifatparvar sharafiga barpo etilgan.

1925 - yilda hurmatli domla Sayyid Muhiddin Maxdum, Xitoy g‘arbida joylashgan sharqiy Turkistondagi Qashqar tumanida diniy arbob unvoniga sazovor bo‘ldi. Butun hayotini islom ilmiga bag‘ishlagan olim 63 yoshida Andijon viloyatida vafot etdi.

Yaratilishidan beri, bino 18 xonadan iborat tugallanmagan xonalardan iborat edi. 1996 - yilda bino mahalliy aholi kuchi bilan ta'mirlangan bu 2 qavatli bino, 13 o‘quv xonasi, 13 mahalliy yotoqxonadan iborat edi. 2001 - yilda ta‘lim muassasasi uchun zamonaviy uch qavatli bino qurilishi boshlandi va 2003 - yilda qurib bitkazildi. Bino, sharq va islomiy me’morchilik elementlari, zamonaviy infratuzilma, kompyuter laboratoriyalari, lingafon xonalari, kimyo va biologiya sinf xonalari, tantanalar uchun zal va zamonaviy yotoqxona, katta oshxona bilan qurilgan. 2004 yilda, qo‘shimcha bino qurilgan.

Madrasa, boy islomiy va dunyoviy kutubxona, shuningdek zamonaviy axborot markaziga ega. O‘quv va ma’naviy muassasada kichik masjid ham bor. Madrasadagi islomiy ta‘lim, islom asoslari - hadis, tafsir, fiqh, tajvid va boshqa islom fanlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

2017 - yilning mart oyida ushbu ta’lim muassasasini hozirgi kunda respublikadagi turli xil ma’naviy-ma’rifiy muassasalarda o‘qituvchi, mulla, imom-xatib, muhaddis bo‘lib ishlayotgan 1000 dan ortiq talabalar tamomladilar.

Sarbon - tepa me’morchilik yodgorligi (e.a. 8-6 asrlar)

Andijon viloyatining eng qadimiy me’morchilik yodgorliklaridan biri, Temir asri tegishli bo‘lgan, Sarbon-Tepa Andijon shahri markazining shimoliy-g‘arbiy qismida Tutzor va Sujaat ko‘chalari kesishmasida joylashgan.

Qadimgi manzilning dastlabki qazish ishlari XX asrning 60-70-yillarida amalga oshirildi. O‘sha eramizdan avvalgi V-VIII asrlarga oid dastlabki madaniy qatlamlar topildi.

2001 - yilda bu erda kichik bir guruh olimlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida madaniy qatlamlar va insoniyatining ibtidoiy davriga tegishli bo'lgan loy buyumlar va toshdan yasalgan qurollar topildi.

Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, Sarbon-Tepa maydoni, maydon bo‘yicha taxminan 1 gektarni tashkil etgan. Yodgorlik, temir davri boshlanishi oid (miloddan avvalgi 6-4 asrlar) bo‘lib Eylaton madaniy markazining bir qismi hisoblanadi. Sarbon-Tepa majmuasini o‘rganish, Farg‘ona vodiysi tarixini o‘rganishda juda muhimdir. Hozirda, qadimiy arxeologik yodgorlik hududi, devor bilan o‘ralgan va Andijon viloyatining qadimiy tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida muhofaza qilinadigan hududlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Andijondagi Xonaqo masjidi (XV-XVI a.a.)

Xonaqo masjidi, islom me‘morchiligining yodgorligi bo‘lib, uning tarixi 15-16 - asrlarga, aniqrog‘i, 1560 - yilga taqaladi. Xonaqo masjidi Jalabek tumanida, Andijon shahri markazidan 5 km uzoqlikda joylashgan. Bino, bezatilgan gumbaz, xonaqoh, yopiq va ochiq ayvon va minoradan iborat.

Masjidning yuzi sharqqa, eski guzarda qarab qurilgan. Masjidning chap tarafida eski qabriston joylashgan bo‘lib uning ichida 15-16 metrlik naqshli minora joylashgan, u masjidning asosiy eshigi bilan yonma-yon turibdi. Masjidning ichki hovlisi 16-17 - asrlarga oid bezakli gullar va qizg‘aldoq naqshlari bilan bezatilgan ikki qavatli hujralardan iborat, yoz oylarida esa masjidga tashrif buyuruvchilar kichik hovuzdan salqinlikdan bahramand bo‘lishlari mumkin. Ichki ayvonlar, to‘rtburchakli xona va uchta yon qator ustunlardan iborat. Masjid ustunlarining poydevori sakkiz qirrali, chiroyli o‘ymakorlik va bezak naqshlari va mozaikalar bilan bezatilgan.

Majmua hududida, ziyorat-sayyohligi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, bulardan tashqari siz u yerda Jalabek viloyatida joylashgan eramizdan avvalgi 3-8-asrlarga taalluqli bo‘lgan “Qush-tepa” qadimgi me’morchilik yodgorligiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi (XVIII asr)

Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor maqbarasi Asaka shahrining markaziy parki hududida, Shahrixon soyi yaqinida joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, VII asrda bu yerda Qoraxoniylar davlati Yezgenning poytaxti joylashgan.

“Boburnoma” tarixiy asarida, payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V) dan kelib chiquvchi hurmatli saidlar oilasining vakili, Burxoniddin Qilich to‘g‘risida eslatib o‘tiladi. Uning oilasi ham Boburning o‘zi bilan bog‘liq edi. Qo‘qon xonligi tashkil etilgach, bu urug‘ avlodlari boshqa qo‘shni viloyat va qishloqlarga tarqatib yuborilgan. Ularning orasida, Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor ham bor edi. Asakaga kelib u yerda yashsay boshlagach u mahalliy aholi orasida islom falsafasini targ‘ib qila boshladi. Xo‘ja Abdulloh Tug‘dor, taxminan 1840 - yilda Asaka shahridagi Pista-mozor qabristonida dafn etilgan. Buyuk islom ma’rifatchisining noyob maqbarasi ham shu yerda joylashgan.

Otaqo‘zi madrasasi - suv ustidagi qadimiy masjid

Qadimiy Otaqo‘zi madrasasi Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida joylashgan. Muhtasham binoning yoshi 115 yilni tashkil etadi. Ushbu madrasaning o‘ziga xosligi shundaki, u deyarli suv ustida joylashgan, binoning devorlari ostidan kanal oqib o‘tadu. Madrasa, mahalliy hukmdor hoji Xo‘ja Ota-qo‘zi yoki Qo‘ziboy-Ota nomi bilan atalgan. Qo‘ziboy ota badavlat odam bo‘lgan bo‘lsada ma’rifatni islomning asoslaridan biri deb hisoblagan. Qo‘ziboy ota o‘z mablag‘iga katta madrasa qurishga qaror qilgan.

Bugungi kunda, madrasa binosi masjidga aylantirilgan. Ushbu ajoyib masjid tarixiy me’moriy yodgorlik maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, sayyohlar ushbu ob’ekt haqida kam ma’lumotga ega.

Qo‘qonning etnografik qishlog‘i va Qori Zokir muzeyi (XIX asr)

Surat manbasi: Minor Tour

Izoh

2

Я счастлива что все это есть на сайте не надо искать ,, спасибо большое вы мне помогли ,, но про Фергану мало информации и о мавзолеях

Светлана Барбашева | 25.07.2021

Светлана Барбашева благодарим вас за такой теплый отзыв!? Обязательно будем обновлять базу туристических объектов по Ферганской долине!

National PR-centre | 03.08.2021

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring