Foto va Video

Ohangaron tumanining sayyohlik yo‘nalishlari

3618

Ohangaron Toshkent viloyatining mash’hur sanoat tumanlaridan sanaladi. Aslini olganda, Toshkent vohasi ikki daryo – Ohangaron hamda Chirchiq daryolari tutashishi hisobiga paydo bo‘lgan. Mintaqa o‘zining uzoq o‘tmishiga ega. Avvaliga Toshkent vohasi Shosh-Ilak deb nomlangan. Ilak – Ohangaron daryosining qadimiy nomi. Mazkur hududning Tuyabug‘uz suv ombori tomonlarida Burgulik madaniyati(eramizdan avvalgi XI-VII asrlar)ga tegishli dehqonchilikka ixtisoslashgan dastlabki qishloqlar topilgan. Ilk o‘rta asrlarda Ilakli tog‘idan tog‘ rudalarini qazib olishda keng foydalanilgan. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining bitta tarmog‘i Ohangaron orqali o‘tgan bo‘lib, u Farg‘ona vodiysi(Davon davlati)ning qadimiy shaharlariga olib chiqqan.


Водохранилище в Ахангаранском районе

Mintaqa o‘zining noyob tabiiy imkoniyatlari: ko‘m-ko‘k tog‘ tizmalari, Arashananing billur ko‘llari va sanoqsiz o‘zbek qishloqlarini o‘rab olgan salqin soylari bilan dong taratgan. Bu yerda shuningdek, Hazrati Ali va Ertashsoy Jome masjidi kabi ziyoratgohga aylangan qadimiy ob’yektlar saqlanib qolgan.

Bugun biz Siz bilan Ohangaron tumanining asosiy sayyohlik yo‘nalishlari bo‘yicha kichik bir sayohat uyushtiramiz, shinam tog‘li qishloqlarda to‘xtaymiz, joylashish va dam olish uchun imkoniyatlar xususida suhbatlashamiz.


Ovjasoy qishlog‘i
Ovjasoy - Ohangaron tumanining xushmanzara tog‘li qishlog‘I, Sanam mahallasida joylashgan, hududi bo‘yicha Namangan viloyati va shimoliy Tojikistonning tog‘li hududlarigacha tutashib ketadi. Bu yoy o‘zining quyuq archazorlarga qurshalgan ko‘m-ko‘k tog‘ tizmalari bilan mash’hur. Hudud toza havosi, ko‘plab buloqlari, shuningdek, ajoyib o‘simlik hamda hayvonot dunyosi bilan tanilgan.


Qishloqning diqqatga sazovor joylari

Hazrati Ali ziyoratgohiAjoyib maskan Payg‘ambarimiz Muhammad(s.a.v.)ning ushbu joylarga kelib qolgan avlodi Hazrati Ali to‘g‘risidagi rivoyat bilan bog‘lanadi. Rivoyatga ko‘ra, bu hududda katta qonli jang sodir bo‘ladi. Payg‘ambarning askarlari jangda g‘olib bo‘lgandan so‘ng Hazrati Ali hazil tariqasida minnatdorchilik sifatida tahorat qilish uchun suv so‘rab samoga murojaat etadi. Shunda unga vahiy keladi – shundan so‘ng uning qo‘li tekkan joydan buloq otilib chiqqan. Hozirda avliyoning aynan qayerda dafn etilgani to‘g‘risida aniq bir ma’lumot yo‘q. Hazrati Alining qo‘li tekkan joyda buloq paydo bo‘lgan. Faqat yetti avliyo to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lib, ulardan biri Ovjasoy qishlog‘ida joylashgan.

Ovjasoy qishlog‘idagi agroturizm

Ovjasoy qoshlog‘ida agroturizm jadal rivojlanmoqda. Uddaburon mahalliy aholi sayyohlar uchun mehmon uylari ochishmoqda, uylardan birida hatto hayvonot bog‘I ham mavjud. Bu yerda tovus, qora burgut va boshqa yovvoyi qushlarni ko‘paytirishadi. Qichqa qilib aytganda, qishloqda 7 ta oilaviy mehmon uyi faoliyat olib boradi va sayyohlarni joylashrish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.


Ertoshsoy sayyohlik qishlog‘i
Ertoshsoy Ohangaron tumanidagi yana bir yirik tog‘li qishloqlardan hisoblanib, Ko‘ksaroy mahallasida joylashgan. Ertosh qishlog‘i Toshkent va Namangan viloyatlarini bog‘lovchi tog‘ tuzilmalari markazidan joy olgan.
Hozirda Ertposhsoy qishlog‘ida 15 dan ortiq oilaviy mehmon uylari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hudud ma’muriyati tomonidan shunga o‘xshash joylarni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qishloqda Ertoshsoy jome masjidi faoliyat olib boradi. Biroq hayratlanishga loyiq asosiy tabiat ob’yektlaridan biri sifatida yirik Arashan ko‘l tizmasini alohida ta’kidlash lozim.

Аrashan ko‘li

Ohangaron daryosining irmog‘i hisoblangan Kunjulning yuqori qismida, Namangan viloyatining pop tumanini Toshkent viloyati bilan ajratib turgan hududda Arashan ko‘li yastangan.

Ko‘l tizmasida 4 ta: Arashan, Xo‘ja Arashan, Katta va Kichik Arashan ko‘llari mavjud. Ularning hammasi baland tog‘dagi ko‘llar hisoblanadi va dengiz sathidan 2774 metrdan 3365 metrgacha balandlikda joylashgan.

Ko‘llardan uzoq bo‘lmagan joyda suvining harorati butun yil davomida 36,7 gradusgacha saqlanib turadigan termal buloq bor. Rivoyatlarga ko‘ra, suv havzasi bu yerga davolanish uchun tez-tez kelib turadigan hukmdorlardan birining buyrug‘i bilan qurilgan. Tog‘ yonbag‘irlab bir necha metr tepaga ko‘tarilsangiz, tog‘ echkisi shoxlari bilan bezatilgan so‘fiylar qabriga ko‘zingiz tushadi. Aytishlaricha, aynan mana shu joyda Arashanning muqaddas himoyachisi qabri joylashgan.


Ohangaronning bu va yana boshqa mu’jizalari Sini kutmoqda! Tumanining tog‘li manzaralari, yovvoyi vodiysi, ajoyib qadamjolari, daryolari va osmono‘par tog‘largadi ko‘llarini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, bahra olay desangiz, Ohangaronga keling.

Broshyura⬇️

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring