Shu yil 21-31 may kunlari Toshkent shahrida ogʼir atletika boʼyicha jahon chempionati boʼlib oʼtadi. Mazkur musobaqa litsenzion turnirlar sirasiga kiritilgan boʼlib, Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolari taqdim etadi.
Poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida oʼtkaziladigan oʼsmirlar oʼrtasidagi jahon chempionati doirasida yosh atletlar oʼzaro musobaqalashadi.
Sport tadbiri xalqaro ekspertlar ishtirokida va Oʼzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi koʼmagida yuqori saviyada tashkil etilishi koʼzda tutilgan.
Yodingizda boʼlsa, joriy yil 16-25 aprelь kunlari Toshkentda ogʼir atletika boʼyicha kattalar oʼrtasida Osiyo chempionati boʼlib oʼtgandi. Musobaqada 180 nafardan ortiq ogʼir atletikachi ishtirok etdi.
Musobaqada hamyurtimiz, ogʼir atletika boʼyicha Olimpiya chempioni Ruslan Nurudinov siltab koʼtarish mashqida 241 kg ogʼirlikni oʼziga boʼysundirib, yangi jagʼon rekordini oʼrnatdi.
Shunday qilib, Osiyo chempionatida 109 kggacha vazn toifasida dastlabki ikki oʼrinni oʼzbekistonliklar – 241 kg natija bilan Ruslan Nurudinov hamda 234 kg koʼrsatkich bilan Аkbar Joʼraevlar egalladi.
Musobaqa yakunlariga koʼra, ogʼir atletika boʼyicha Oʼzbekiston erkaklar terma jamoasi Qozogʼiston jamoasiga imkoniyatni boy berib, 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi. 3-oʼrin esa xitoylik sportchilarga nasib etdi.
Umid qilamizki, oʼsmirlarimiz ham jahon chempionatida munosib ishtirok etishadi va yurtdoshlarimizni quvontirishadi.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Ju
Savollar uchun
Izoh