ATM-2021: BAAda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etildi

17.05.2021 630

Shu kunlarda, ya’ni 16-maydan 19- mayga qadar Dubay shahridagi Xalqaro savdo markazida Arabian Travel Market-2021 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi ish olib boradi va u yerda O‘zbekistonning Milliy stendi ham taqdim etilmoqda.Arabian Travel Market – Yaqin Sharqdagi yirik sayyohlik ko‘rgazmasi hisoblanib, unda BAA, Saudiya Arabistoni, Isroil, Italiya, Germaniya, Kipr, Misr, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Janubiy Koreya, Maldiv, Filippin, Tailand, Meksika kabi dunyoning 62 ta mamlakatining turistik tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan Stendni «Anur Tour», «Dolores Travel Services», «Bravo Tour» turistik kompaniyalari mutaxassislari va «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi taqdim etmoqda.

Stendda shuningdek, «Uzbekistan travel» jurnalining arab tilidagi maxsus sonida mamlakatning ziyorat sayohati kabi O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi «O‘zbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi» mavzusidagi reklama materiallari ko‘rgazma ishtirokchilarining e’tiborini tortdi.

Tadbir doirasida, O‘zbekiston Stendi tashkilotchilari tomonidan chet el turistik tashkilotlari vakillari ishtirokida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini ko‘tarish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan, «Head Group» kompaniyasi rahbari Karlos Kabez, «Meet and travel mag» fransuz jurnali bosh muharriri va boshqalar bilan muzokaralar olib borildi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz Markaziy Osiyodan alohida tarzda yagona stend taqdim etgan davlat hisoblanadi. Agar Dubayga yo‘lingiz tush’sa ko‘rgazmaga albatta tashrif buyurishni unutmang.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing