“ATM-2021”: O‘zbekistonning turoperatorlari Dubayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etishlari mumkin

25.03.2021 897

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Milliy PR-markazi” BAAning Dubay shahrida 16-19-may kunlari bo‘lib o‘tadigan “ATM-2021” xalqaro turizm ko‘rgazmasida yagona “O‘zbekiston” milliy stendi ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi – xorijiy sayyohlarga eng yuqori darajadagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi va yangi sayyohlik mahsulotlari (xizmatlari) hamda yo‘nalishlarini taqdim etuvchi turizm sohasidagi sub’yektlarni (keyingi o‘rinda – Kompaniya) tanlab olishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish uchun Kompaniyalar quyida qayd etilgan barcha hujjatlarni qog‘oz shaklida ushbu manzilga taqdim etishlari lozim: 100015, Тoshkent, Оybek ko‘chasi, 18-uy, “Milliy PR-markazi” DUK (murojaat uchun telefon: +998 95 193 21 02):

  • “ATM – 2021” Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etishiga yordam berish so‘rab, “Milliy PR markazi” DUK manziliga jo’natilgan xat;
  • Manbaga asoslanib to‘ldirilgan ariza;
  • Risola va kataloglardan namuna.

Hujjatlarni topshirish muddati – 2021-yil 10-aprel soat 12.00 ga qadar.

Kompaniyalarni tanlab olish maxsus komissiya tomonidan kompaniyalarning malakasini quyidagi toifalar bo‘yicha tabaqaviy baholash yo‘li orqali amalga oshirilib, natijalari Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy saytida e’lon qilinadi:

 

1-toifa

Ish tajribasiga ega sayyohlik operatorlari va agentlari:

4 ta kоmpaniya

3 yilgach bo‘lgan

1

3 yildan (+1 kun) 10 yilgacha bo‘lgan

1

10 yildan ortiq

2

2-toifa

Joylashtirish vositalari

1 ta kompaniya

Jami:

5 ta kompaniya

Izoh: 2-toifa bo’yicha nomzodlar mavjud bo’lmagan hollarda ularning o’rniga 1-toifadagi kompaniyalardan nomzod tanlab olinadi.



Tanlovda ishtirok etish maqsadida murojaat qilgan kompaniyalar to‘plagan ballari bo‘yicha quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:

Mezonlar

Ballar


I. Kompaniya faoliyatiga AKT (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari)ning joriy etilishi

1

Rasmiy veb-saytning mavjudligi (foydalanuvchilar uchun qulaylik darajasi va ma’lumotga boyligi)

0-3


2

Veb-sayt sahifasida to‘liq ishlovchi tillar soni

har bir til uchun 1 balldan (o‘zbek va rus tillaridan tashqari)


3

Rasmiy veb-saytda sayyohlik xizmatlari va mahsulotlarini onlayn ravishda bron qilish hamda sotish (internet acquiring) imkoniyatining mavjudligi

0-2


II. Sayyohlik xizmatlari va mahsulotlari*

1

Yo‘nalish bo‘yicha tur paketlar (klassik turizm): **

har bir sayyohlik to‘plami uchun 2 balldаn


Tur paketlar boshqa turlari: ***

Ekoturizm, agroturizm, ekstremal turizm, tibbyot turizmi, etnoturizm, MICE va boshqalar


2

Tur paketlar sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

har bir sayyohlik to‘plami uchun qo‘shimcha 1 balldan


3

“Turistik mahalla”, “Turistik qishloq” yoki “Turistik ovul” maqomida joylar bo‘yicha tur paketlar

har bir sayyohlik to’plami uchun qo’shimcha 1 balldan


III. Xodimlar va marketing faoliyati

1

Yo‘nalish bo‘yicha shtatdagi malakali va/yoki oliy ma‘lumotli xodimlar soni: ****

har bir xodim uchun 1 balldan


Turizm, marketing, gid tarjimonlar, mehmonxona biznesi, sayyohlik operatorlari va turizmga aloqador boshqa yo‘nalishlar


2

“Gid”, “ekskursovod”, “yo‘riqchi-boshlovchi” va turizmga aloqador boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha malaka sertifikatiga ega xodimlar soni ****

har bir xodim uchun 2 balldan


3

Kompaniyaning xalqaro turistik veb-platformalaridagi ishtiroki (Booking, Expedia, Trip.com, TakeTours va boshqa xalqaro veb-portallar)

har bir veb-portal uchun 1 balldan



4

Facebook, Instagram, YouTube, Twitter, WeChat va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi (mavjud ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilarning soni)

har 1000 nafar obunachi uchun 1 balldan


5

Illyustratsiya va matn yo‘nalishi (50/50) o‘rtasidagi (O’zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etuvchi risolalar/kataloglar) muvozanatga rioya qilgan holdagi tarqatma materiallarning mavjudligi

har bir tarqatma material uchun 1 balldan


* faqat turoperatorlar va turagentlar uchun;

** Samarqand viloyati, Buxoro viloyati, Xorazm viloyati va Toshkent shahri har bir klassik tur paketlar 30 % dan oshmasligi lozim (masalan: paketda Samarqand bo’ylab 2 kunlik sayohat, yuqorida bayon etilganlardan tashqari istalgan hududga 5 kunlik sayohat);

***har bir yo‘nalish bo’yicha qolgan tur paketlar (ekoturizm, agroturizm, etnoturizm va boshq.) har bir alohida sayohat uchun 70% dan kam bo’lmasligi (masalan, bitta to’plamda 3 kunlik agroturizm, 1 kun klassik yoki xohlagan boshqasi);

**** xodimning kompaniyadagi ish staji tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan vaqtda 6 oydan kam bo‘lmasligi lozim.

Yuqorida keltirilgan barcha mezonlar bo’yicha tasdiqlovchi hujjatlar qog‘oz shaklida taqdim etilishi lozim.

Qayd etilgan mezonlar bo‘yicha har bir toifadan eng yuqori ball to‘plagan kompaniyalar mazkur beg‘araz xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasidagi yagona “O‘zbekiston” stendida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, ya’ni ularning ko‘rgazma maydoni ijarasi va stend qurilishi uchun xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.

Kompaniya xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalariga yagona “O‘zbekiston” stendi ishtirokchilari tanlovida qatnashish uchun ariza berishi mumkin. Biroq aynan bitta kompaniya bir yil davomida tashkillashtiriladigan ko‘rgazmalarning faqat 30% da ishtirok etish uchun tanlab olinadi.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tanlov tartibiga o‘zgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi!


Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing