Aydarko‘l – betakror go‘zal voha

1975

Suv sayyohligi yo‘nalishlari ro‘yxatida bepoyon Qizilqum cho‘lida joylashgan Aydarko‘l turg‘un ko‘li munosib o‘rin egallaydi.

Suvning go‘zal rangi va taʼsirchan kattaligi tufayli, xushmanzara ko‘l ko‘pincha “qumlikdagi firuza dengiz” deb nomlanadi. Aydarko‘l bo‘yida ikki mingdan ortiq bo‘lmagan odam yashaganligi sababli, ko‘l atrofidagi tabiat yovvoyi va inson oyog‘i tegmagan bo‘lib qolmoqda.

Ko‘lning qirg‘oqlari Navoiy viloyatining Nurota tumanidan Jizzax viloyatining Forish va Mirzacho‘l tumanlarigacha cho‘zilgan.

 Aydarkul - an oasis of pristine beauty

Ko‘lda suv osti oqimlari yo‘q va undagi tuz miqdori ham unchalik yuqori emas, bu esa ushbu hududda nabotot va hayvonot olamining rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Baliq ovlash mavsumini rivojlantirish va muvaffaqiyatli ovlashda oddiy sazan, sudak, oqqayroq, laqqa baliq, chexon kabi ko‘plab baliq turlari mavjudligi qulaylik tug‘diradi.

Ko‘lning tepasida tez-tez ko‘tarilib turadigan pushti pelikanlarni, nafis oqqushlarni ko‘rish mumkin. Bu yerda Qizil kitobga kiritilgan qushlar ham boshpana topgan – jingalak pelikan, kichkina baqlan, qizil bo‘yinli kazarka, kul rang o‘rdak-piskulka, oq ko‘zli botqaldoq, dasht bo‘ktargi, oq dumli suvburgut, qora kalxat.

Ko‘lning nabotot va hayvonot olamining xilma-xilligidan tashqari, Aydarko‘l dam olish uchun eng yaxshi joylardan biri hisoblanadi. Sohillari ajablanarli darajada yumshoq va toza qum bilan qoplangan ko‘p kilometrlik plyajlar, qirg‘oq atrofida zich o‘sgan suvli o‘t-o‘lanlarning tozaligi, shuningdek, qirg‘oq zonasidagi tinchlik va osoyishtalik ko‘plab ijobiy taassurotlar va unutilmas daqiqalarni his qilishda yordam beradi.

Sayohatlar va o‘lkashunoslik muxlislari Aydarko‘l bo‘yidagi o‘tov oromgohlariga etnografik ekskursiyalarda zavq bilan qatnashadilar.

 Aydarkul Xarita

Sharxlar

0

O‘z fikringizni qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Kirish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz

Shuningdek ko‘ring