Foto va Video

BAAda o‘tkazilgan “Fujairah Open – 2022” chempionatida O‘zbekistonlik taekvondochilar 7ta medalni qo‘lga kiritdi

901

2022-yil, 6-8 fevral kunlari Fujayra shahrida (BAA) taekvondo WT bo'yicha Butunjahon turniri bo'lib o'tdi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov, Nikita Rafalovich, Jasurbek Jaysunov, Feruza Sadikova, Svetlana Osipova va boshqa o‘zbekistonlik sportchilar 4 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Bunday nufuzli sport anjumani jahon reytingida ancha mustahkam o‘rin egallagan yosh xalqaro sport yulduzlarini yana bir bor birlashtirdi.

Butunjahon taekvondo WT taqvim rejasiga muvofiq 2 ta reyting turniri davomida reyting ochkolari o'ynaladi. Ushbu turnirlarda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta tarkib bilan ishtirok etmoqda. Birinchi turnir “Fujairah Open-2022” edi.

Sportchilarimizga ulkan g'alabalarni qo'lga kiritishda omad tilab qolamiz!

Foto:  https://olympic.uz

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Yana ko'ring