BAAlik taniqli sayohatchi-blogger O'zbekiston bo'ylab sayohat qilmoqda

23.06.2021 630

“Ezgulik kuchiga aylaning”-shunday hayotiy e’tiqod bilan butun dunyo bo‘ylab mashhur blogger-influencer Nuseir Yasin sayohat qilmoqda.

Endi uni O‘zbekiston bo‘ylab ajoyib sayohat kutmoqda !

21-iyun kuni, blogger Nuseir Yasin o‘z jamoasi bilan sport va turizm vazirligi va Milliy PR-markazining xodimlari bilan uchrashdi.

O‘zbekistondagi birinchi kuni Nuseyr Yasin “GM Powertrain Uzbekistan” korxonasida o‘tkazdi, u yerda bloggerga avtomobil dvigatellarini yaratishning texnologik jarayoni namoyish etildi va tez orada biz Nas Dailyning ijtimoiy tarmoqlarida ham ko‘rishimiz mumkin.

Bundan tashqari, Nuseyr Yasin “Navro‘z” bog‘ining etnografik shaharchasiga tashrif buyurdi, unda ijobiy his-tuyg‘ularni qo‘lga kiritib, obunachilar bilan xushxabarni bo‘lishdi: “bizda sizga namoyish etishni rejalashtirilayotgan, sizni hayajonga soluvchi video lavhalar bor. Ularni siz bilan tez kunlarda o‘rtoqlashamiz".

Nuseir Yasinning so‘nggi uch kun ichida tashrif buyurgan eng esda qolarli joylaridan biri bu bir vaqtlar to‘lib toshib oqqan Orol dengizi bo’ldi.

Mo‘ynoq shahrida blogger tabiatning barcha insonga taqdim etgan hadya va erkinliklarini qanday qilib berishi mumkinligini, keyin esa ularni yashin tezligi bilan tezda olib qo‘yishi mimkinligini guvohi bo‘ldi. Orolbo‘yidagi hayot zamon bilan hamnafas bo‘lib sekin astalik bilan oyoqqa turayotgani ta’kidlandi.

Videobloger Nuseir Yasin (Nas Daily) hali ham O‘zbekistonda, yangi va sirli yurtimizni o‘rganishda yangiliklarni izlashda davom etmoqda. Yaqinda biz uning yorqin va xilma-xil O‘zbekiston haqidagi yangi video lavhalarini ko‘rishimiz mumkin!

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing