Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.
Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 29-iyul – 6-avgust kunlari BAAning nufuzli blogerlari uchun press-tur tashkil etildi.
“Yalla Mishwar” taxallusi bilan tanilgan Yasin va Ola juftligi 25 davlatga sayohat qilib, mamlakatlarning tarixiy shaharlari, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasiga oid turkum kontentlar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad yurtimizning turizm salohiyati bilan arab davlatlari fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish hamda respublikamizning turizm sohasidagi imkoniyatlarini xorijiy OAVda keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Blogerlar Toshkent va Samarqanddagi diqqatga sazovor joylari, hamda Jizzax viloyati, Zomin tumanida barpo etilgan yangi turistik obektlar haqida qiziqarli kontentlar tayyorlashni reja qilishgan.
Ish vaqti: 9:00-18:00, Du-Sh
Har qanday savol uchun
Izoh