Xavfsizlik va O'zbekiston bo'ylab sayohatlarning o'ziga xos jihatlari

BAAning yetakchi blogerlari tomonidan O‘zbekistonning turistik jozibadorligi keng targ‘ib etiladi

02.07.2024 757

Turizm qo‘mitasi va O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi bilan hamkorlikda joriy yilning 25-30-iyun kunlari umumiy obunachilari soni 5 milliondan ortiq bo‘lgan blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad arab davlatlarida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy hunarmandchiligi va gastronomiyasiga oid turkum kontentlar tayyorlash va mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini taniqli shaxslar ishtirokida targ‘ib qilish hamda ushbu davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishdir.

Shuningdek, tashrif davomida ishtirokchilar Jizzax viloyatining Zomin tumanida “II Xalqaro Maqom” anjumaniga hamda hududlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan Butunjahon yoshlar festivali tadbirlariga tashrif buyurib, ushbu tadbirlarning keng yoritdilar.

Izoh

0

Fikr qoldiring

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali tizimga kirishingiz kerak:


Avtorizatsiyadan o'tib, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirasiz shaxsiy ma'lumotlar